I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Insonning Shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana07.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1175414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
1.mavzu

Insonning Shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab 
qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar Yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar 
deyiladi. Ularga ovqatlanish, kiyinish kabilarni misol qilish mumkin. Xatto 
ovqatlanish jarayoni birgalikda (oilaviy yoki bir necha kishilar bilan) amalga 
oshirilgan taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo‘lgan ehtiyoji alohida, Yakka 
tarzda qondiriladi.
Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat 
fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar 
birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi. Masalan, ta'lim olish binolari, 
kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va 
ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini 
saqlash kabilar Shular jumlasidandir. 
Birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi 
nisbatan yuqori bo‘lgan va, Shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan 
ehtiyoj. Inson hali bilim olishi, san'at bilan Shug‘ullanishi, madaniy hordiq 
chiqarishidan ilgari oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini 
qondirishi lozim. 
Ikkilamchi ehtiyoj – bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo‘lgandan so‘ng 
namoyon bo‘ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Bu turdagi ehtiyojlar odatda 
ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, malaka oshirish, san'at bilan 
Shug‘ullanish, dam olish va h.k.larni kiritish mumkin.
Yakka ehtiyoj – bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, 
dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta'sirida shakllanuvchi ehtiyoji. 
Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular o‘z ehtiyojlarining tarkibi, 
darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko‘pmi farqlanadilar. Masalan, 
katta yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma'lumotlilar va 
ma'lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolarning 
Yakka ehtiyojlari tarkibi o‘zaro farq qiladi. Xattoki, bir jinsdagi, o‘zaro teng va 


15 
boshqa belgilari bo‘yicha o‘xshash insonlarning Yakka ehtiyojlari ba'zi bir jihatdan 
farq qilishi mumkin. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling