I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana07.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1175414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
1.mavzu

Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning 
turli qism va sub'ektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni. Bu bosqichda, eng 
avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli 
tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan 
tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi 
ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu 
faoliyat sohasiga kerakli resurslar – traktorlar, omochlar, seyalkalar, kombaynlar, 
yuk mashinalari, tegirmonlar va tandirlar; ularni ishga soluvchi traktorchi, 


12 
haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoylar – barchasi taqsimot jarayonidan o‘tadi. 
Ular aynan mehnat taqsimoti va ixtisoslaShuv tufayli turli-tuman faoliyat va 
jarayonlar bo‘yicha o‘z o‘rnilarini topadilar.
Shuningdek , tayyor bo‘lgan non mahsulotini sotishdan olingan daromad ham 
turli kasb egalari – traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoy o‘rtasida, 
mulk egalari o‘rtasida taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi o‘z ulushlarini ish haqi 
yoki foyda, foiz, renta ko‘rinishida oladilar.
Taqsimot qancha adolatli va to‘g‘ri bo‘lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga 
Shuncha ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, uni rag‘batlantiradi. 
Ayirboshlash – jamiyat a'zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab 
chiqarish natijalari bo‘yicha ma'lum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori) 
asosida o‘zaro almashish jarayoni. Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh 
kishilar tovar va xizmatlarning ma'lum turlarini ishlab chiqarish va etkazib 
berishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib, 
o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning 
misolimizdagi nonvoy ham o‘z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan 
– go‘sht, dehqondan – sabzavotlar, do‘kondordan – kiyim-kechak va boshqa zarur 
tovarlarni sotib oladi.
Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat 
ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi 
jarayoni sodir bo‘ladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling