11
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari,
shakllari qanday bo‘lishidan qat'iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo‘ysungan:
u ham bo‘lsa insoniyatning yashashi, ko‘payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit
yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib
borishdan iboratdir.
Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning
poydevorini tashkil etib, uning o‘zi
ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud
bo‘lmaydi va mazmunga ham ega emas.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati
bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
1)
ishlab chiqarish jarayoni;
2) taqsimlash jarayoni;
3) ayirboshlash jarayoni;
4) iste'mol qilish jarayoni.
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi
uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne'matlarni yaratish jarayoni. Barcha
tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab
chiqarishning eng asosiy va boshlang‘ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab
chiqarilmasa,
taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste'mol qilinadigan
narsalar bo‘lmaydi.
Misol uchun, odamlarning non mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
uchun eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin
maydonlarini haydash va ularga ishlov berish; erga urug‘ qadash va unib chiqib, to
hosil
etishguncha parvarishlash; g‘allani o‘rish va don omborlariga joylash; donni
tegirmondan chiqarib, un mahsuloti olish;
undan non zavodlari yoki
nonvoyxonalarda non tayyorlash. O‘z o‘rnida, har bir jarayon uchun kerakli
bo‘lgan mehnat vositalarini ham ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, ekin
maydonini haydash uchun traktorlar, omochlar; urug‘
qadash uchun seyalkalar;
g‘allani o‘rish uchun kombaynlar; omborga tashish uchun yuk mashinalari; donni
yanchish uchun tegirmonlar; non yopish uchun tandirlar va hokazo. Agar bu
vositalarning birortasi bo‘lmasa, yo ishlab chiqarish jarayoni to‘xtaydi yoki
samaradorligi pasayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: