17 – ish. ACHCHIQ BODOM URUG’IDA AMIGDALIN BORLIGINI
ANIQLASH VA ACHCHIQ BODOM SUVINI TAYYORLASH
Kerakli asbob va reaktivlar: chinni hovoncha, suv bug’i bilan haydash
asbobi, konsentrlangan sulfat kislota, achchiq bodom yoki shaftoli urug’i.
I SH N I N G B O R I SH I
Achchiq bodom yoki shaftoli urug’i tarkibida amigdalin borligini quyidagi
reaksiyalari yordamida aniqlash mumkin:
1. Achchiq bodom yoki shaftoli urug’i mag’zini 2 – 3 tomchi suv bilan
chinni
hovonchada
ezilsa
amigdalinning
emulsin
fermenti
ta’sirida
parchalanishidan hosil bo’lgan sianid kislotasi va benzol aldegidning o’ziga xos
hidini sezish mumkin. Gidroliz jarayoni quyidagi reaksiya yordamida ifodalanadi.
CN O
C
6
H
5
– C – H
fermenti
Emul
O
H
t
sin
,
2
0
2C
6
H
12
O
6
+ C
6
H
5
– C + HCN
OC
6
H
10
*O – C
6
H
11
O
5
H
2. Achchiq bodom yoki shaftoli urug’i 1 – 2 tomchi konsentrlangan sulfat
kislota bilan chinni hovonchada ezilsa, pushti rang hosil bo’ladi.
Tibbiyotda ishlatish uchun bodom urug’idan achchiq bodom suvi
quyidagicha tayyorlanadi:
Bodom urug’i tarkibidagi amigdalinni emulsin fermenti ta’sirida parchalash
maqsadida 10 g maydalangan urug’ga 10 ml iliq suv solib, 2 – 3 soat issiq joyga
(40 – 50
0
C li termostatda) qo’yiladi. So’ngra glikozidning parchalangan
mahsulotlari suv bug’i yordamida haydab olinadi. Distillyatga o’tgan sianid kislota
va benzoy aldegid o’zaro birlashib, benzaldegidsiangidrin hosil qiladi (achchiq
bodom suvi tarkibidagi sianid kislotaning 80% ga yaqini benzoy aldegid bilan
birlashgan, qolgan qismi esa sof holda bo’ladi).
49
Do'stlaringiz bilan baham: |