Legal reaksiyasi, asosan tarkibida 5 a’zoli to’yingan lakton (butenolid)
halqasi bo’lgan yurak glikozidlariga kardenolidlarga xosdir.
2.
Raymond
reaksiyasi.
Glikozidlarning
spirtlar
eritmasiga
dinitrobenzolning spirtdagi 10% li va natriy gidroksidning metil spirtdagi 10% li
eritmalari aralashmasidan bir necha tomchi qo’shilsa, tezda ko’k ranga o’tuvchi
binafsha rang hosil bo’ladi. Bu reaksiya ham asosan, kardenolidlarga (butenolid
halqasi bo’lgan yurak glikozidlari) xosdir.
3. Rozengeym reaksiyasi. Glikozidlarning xloroformdagi eritmasiga 90%
li trixlorsirka kislotadan bir necha tomchi qo’shib qizdirilsa, ko’k yoki qizg’ish
binafsha rang hosil bo’ladi. Bu reaksiya ko’pincha tarkibida 6 a’zoli to’yinmagan
lakton (kumolin) halqasi bo’lgan glikozidlar – bufadiyenolidlarga xosdir.
4. Bale – Neyman (yoki Balljet) reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi
eritmasiga natriy pikratning spirtdagi 1% li va ishqorning 10% li eritmasidan
48
qo’shilsa, to’q sariq rang hosil bo’ladi. Bu reaksiya yordamida tarkibida
to’yinmagan lakton halqasi bo’lgan barcha yurak glikozidlarini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |