I bob. Abdulla qodiriyning hayoti va ijodiy faoliyati
II BOB. ABDULLA QODIRIYNING ASARLARIDA OBRAZ YARATISH
Download 57.64 Kb.
|
Abdulla Qodiriyning satirik asarlarida obraz yaratish
II BOB. ABDULLA QODIRIYNING ASARLARIDA OBRAZ YARATISH
2.1. “Kalvak maxzumning xotira daftaridan” romanida yozuvchining estetik ideali O’zbek romanchilik maktabininng asoschisi Abdulla Qodiriy estetikasida ideal tushunchasi g‘oyat ko‘p qirrali, serma’no, serqatlam. San’at, axloq, siyosat masalalari adiblarning estetik ideali bilan bog‘liq ravishda tajassum topadi. Zero, har qanday jamiyatni fuqarolar orzu-idealisiz, har qanday chinakam adabiyotni esa san’atkorlarning ijtimoiy estetik idealisiz tasavvur qilish mumkin emas. Haqiqiy san’at asarlari insoniyat qalbida boqiy yashashligining boisi ham shunda. So’z san’ati atalmish badiiy adabiyotimizning shunday nodir sarchashmalari borki, ulardan xalqimiz hamisha bahramand bo’lib kelmoqda. Adabiyotimizning ulkan siymosi Abdulla Qodiriy o’zbek romanchiligiga asos solib, milliy nasr uchun yangi davrni boshlab bergan, adabiyotimizni zamonaviy jahon badiiyati yuksakliklariga yaqinlashtirgan ijodkordir. Akademik Izzat Sultonov: “Abdulla Qodiriyning asarlari badiiy mahorat namunasidir. Bu asarlarda asosiy g’oya doimo yaqqol ifoda qilinadi, odamlar va ularning hayot sharoiti hissi “ko’z oldimizda turgandek” tasvir etiladi, bu asarlarning syujeti doimo qiziqarli, tili boy va shirali. Bu asarlarning xalqqa manzur bo’lgani bejiz emas”2, –deb yozgan edi. O’zbek romanchiligi maktabiga asos solgan Abdulla Qodiriy XX asr o’zbek madaniyatida, umuman, go’zallik, ezgulik, estetik idealining badiiy talqiniga ko’ra o’zbek ijtimoiy-badiiy tafakkurida yangi sahifalar ochdi. «Kalvak Mahzumning xotira daftaridan» asari. Bu asar 1923-27 yillar orasida yozilgan. Unda «ko‘bdan haqiqiy hayot bilan aloqasi uzilgan, madrasa xurafoti bilan miyasi g‘ovlag‘on» mahalla imomi Kalvakning kulgili sarguzashtlarnni hikoya qilib bermoqchi bo‘lgan. Asarda ulug‘lardan biri vafot etganda Maxzum kechasi maxfiy ravishda marhumga janoza o‘qishga boradi. Ertasi esa partiyalilar kelib yangichasiga aroqxo‘rlik bilan marhumni ko‘mishga hozirlik ko‘radilar... Asardagi «Qavoidul-umaro» bobida adib saltanatni boshqarishda podshoh va amirlar, sulton va salotinlar, Xudoyorxonning bek va bekzodalari, Nikolay oq podshoh mansabdorlarining amal qilgan «ko‘hna va lekin puxta qoidalar» ushbu «hurriyat, mardikor, saradehqon zamona hukumatdorlari orasida ham» davom etayotganidan kuladi. «Kalvak Maxzum» asarining «Odamzodning aqli yetmaydir», «Qishloqqa yuzingni o‘gir!», «Bachima’ni?», «Qishloqqa qoningni o‘gir», boblari olib borilgan siyosatning ko‘ngilsiz oqibatlarini dangal ko‘rsatadi, xalqning dindan uzib qo‘yilgani tasvirlanadi. «Toshpo‘lat tajang nima deydi?» asari. Muallif bu asar bosh qahramoni sarguzashtlari orqali bizni 20-yillar hayotining ziddiyatli dramatik hodisalariga, davrning o‘tkir muammolariga ro‘para qiladi. Asar qahramoni Toshpo‘lat - bolaligida yaxshi tarbiya ko‘rmagan, maktabda yolchitib bilim olmagan, savodsiz-omi, ma’rifatdan yiroq, hayotda yo‘lini topa olmagan, omadsiz, ishsiz, biri ikki, biti sirka bo‘lmagan va shu faqirlik orqasida yomon yo‘llarga kirib qolib tajanglangan chapani. U dehqonchilik qilib, «non o‘rniga kesak tishlab, yoz bo‘yi suv ichib ishlab, oyog‘ida bitta chilim qovoqqa ega» bo‘ladi. Xullas u, o‘zi ayttaniday, «odamizod farzandining g‘aribi». Toshpo‘latning o‘ziga o‘xshash faqir do‘sti, soddadil, besh norasida go‘dakning otasi Salim so‘takdir. Yozuvchining hajviy-yumoristik mahorati, «xarakter kulgisi» yaratish san’ati yirik asarlarida, «O’tkan kunlar» romanidagi O’zbek oyim, Xushro‘y, «Mehrobdan chayon» dagi Solih mahdum, «Obid ketmon»dagi Xatib domla va mulla Muhsin obrazlarida yorqin namoyon bo‘lgan. “O’tkan kunlar” romani o’zbek adabiyotida olamshumul adabiy hodisa bo’ldi. Adib shu asari bilan milliy adabiyotimiz tarixida o’zbek romanchilik maktabining asoschisi, degan nomga sazovor bo’ldi. Ushbu asar nafaqat o’zbek, balki O’rta Osiyo xalqlari romanchiligi ibtidosidir. Taniqli sharqshunos olim E.Y.Bertels Abdulla Qodiriyning bu xizmatini qadrlab: “Dunyoda beshta: ya’ni fransuz, ingliz, rus, nemis va hind romanchiligi maktablari bor edi. Endi oltinchisi, ya’ni o’zbek romanchiligi maktabi paydo bo’ldi, bu maktabni Abdulla Qodiriy boshlab berdi”3,–degan edi. “O’tkan kunlar”da o’tmish hayot haqiqati o’quvchi ko’z o’ngida ochiq-oydin gavdalantirib berilgan. Yozuvchining ustaligi shundaki, u voqealarni chetdan turib quruq bayon etib qo’ymaydi. Aksincha, o’tmishning yorqin manzaralarini yaratish yo’li bilan kitobxonni tasvirlanayotgan olam ichiga olib kiradi. Shu tariqa asar g’oyasini romanning umumiy ruhiga singdirib yuboradi. Otabek bilan Kumushbibi o’rtasidagi muhabbat qissasi roman syujetining asosini tashkil qiladi. Biroq yozuvchi bu ishqiy sarguzashtni tasvirlash bilan kifoyalanib qolmaydi. Balki bu ikki yoshning sevgisini tasvirlash fonida o’sha davr mamlakat hayotining tavsifnomasini yaratdi. Abdulla Qodiriy romanda jonli obrazlar yaratishda juda katta mahorat ko’rsatdi. Romandagi har bir obraz har bir epizod asar mexanizmining uzviy qismini tashkil qiladi. Ularning har biri asar syujeti taraqqiyotida o’ziga xos o’rin egallaydi. Asardagi Otabek, Kumushbibi, Yusufbek hoji, zaynab, O’zbek oyim, Hasanali, Oftob oyim, Mirzakarim Qutidor, Homid kabi asosiy obrazlargina emas, balki Xuro’ybibi, To’ybeka, Oybodoq, Jannat kampir, Saodat, usta Alim, Nusratbek singari epizodik siymolar ham mohirlik bilan yaratilgan. Shu bois har bir obrazning tabiati, o’ziga xos ma’naviy qiyofasi, xatti-harakati, xulq-atvori va tashqi ko’rinishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Romanning bosh qahramoni Otabek obrazi orqali o’sha davrning ilg’or g’oyalari olg’a surilgan. Otabek yangi davrda ish bermay qo’ygan eskicha tuzumni isloh qilish, unga o’zi ko’rib kelgan idora tartibini joriy etishni orzu qiladi. Otabek o’z vatanini sevadi, uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishini istaydi. Shunday o’rinlarda Qodiriy jadidchilik g’oyalarini doim har bir asariga singdirib borganligi anglashiladi. Biroq ushbu romanda sof badiiy g’oyalar aks ettirilgan. Yozuvchi Otabek bilan Kumushbibi, Otabek bilan Zaynab, Kumushbibi bilan Zaynab o’rtasidagi munosabatlarni tasvirlash orqali burch va hissiyotga, sevgi va havasga doir chuqur falsafiy xulosalar chiqaradi. Qodiriy, ayniqsa, Kumushbibi obrazini katta muhabbat bilan yaratadi. Adabiyot paydo bo’libdiki, uning ezgulikka xizmat qilish vazifasi o’zgarmay keladi. Estetik ideal muammosi nafaqat adabiyotshunoslik, balki san’atshunoslik, estetika va falsafaning hamma sohasi hisoblanadi. Demak, barcha sohalar uchun hayotda va madaniyatining turli ko’rinishlaridagi oliy uyg’unlik va takomillikni o’zida mujassam etuvchi tasavvurlar olamini; inson yashashi va ijod qilishidagi yuksak orzu ifodasi bo’lgan tushunchalarni, insonlarni olijanoblik sari boshlovchi ezgu maqsadlarni estetik idealning umumiy mezoni sifatida ko’rsatish mumkin. Bevosita go’zallik qonuniyatlariga doir bo’lgan bu xususdagi tasavvurni quyidagi mulohazalar yanada teranlashtiradi:”…obrazning yozuvchi tasavvuridagi ko’rinishi, uning konkret namoyon bo’lishi estetik ideal tushunchasining asosiy mohiyatini belgilaydi. Ijodkor har bir obrazni estetik normalar asosida badiiy jihatdan mukammal yaratibgina qolmay, ayni bir vaqtning o’zida shu obrazga o’zining munosabatini ham bildiradi, ya’ni uni yo tasdiqlaydi, yo inkor etadi”4 Barcha adabiyotshunoslar estetik idealsiz badiiy adabiyot mavjud emasligini bir ovozdan tasdiqlashadi. Ijodkor estetik ideali san’at va adabiyot namunalari qamrovida namoyon bo’ladi. Ushbu qamrovda o’quvchi his-tuyg’ulariga, ongiga ta’sir qiladi va tasavvur olamining kengayishiga asos bo’ladi. Badiiy asardagi estetik ideal hayotda har bir inson ko’nglidagi idealning taranglashuviga yordam beradi. Aksariyat hollarda idealning badiiy shaklda reallashuvi insonning o’z hayotidagi maqsadiga yetishida kuch-quvvat bag’ishlaydi. Aks holda, asarning yozilishi va o’qilishidan muddao hosil bo’lmas edi. Demak, estetik ideal san’at va adabiyotning yashashida, jamiyatda o’rnini topishida eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Adabiyotshunos A.Akopova estetik ideal nazariyasi xususida bildirilgan fikr-mulohazalarni umumlashtirib, shunday yozadi: “estetik ideal yaxlit obrazning pog’onalari va taraqqiyotining barcha shakllanish bosqichlarida ishtirok etadi. Biroq bu uning estetik ideali haqida tasavvur qilishni bildirmaydi, estetik idealning to’la voqe bo’lishi muallif butun ijodi tizimida ro’y beradi, ya’ni, estetik idealga bir asar doirasida chegaralanadigan kategoriya tarzida emas, balki unga ijodkor shaxsining yaxlit olami sifatida qarash lozim”.5 Demak, u yoki bu ijodkorning estetik ideali haqida so’ z ketganda, quyidagi jihatlarni e’tiborga olish kerak: Yozuvchi yashab ijod etgan davrning g’oyaviy, mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy talab va ehtiyojlari bilan bog’liq holatlar. Masalan, XX asrning avvali, 30-yillar, 50-60-yillar yoki 60-70-yilar, mustaqillik davridagi estetik idealning o’zbek adabiyotidagi badiiy talqini o’zaro qiyoslanganda kuzatiladi. Zero, bu holat obyektiv ravishda ayrim ijodkorlar, jumladan, Abdulla Qodiriy ijodida ham aniq ko’rinadi. Estetik idealdagi o’zgarishlar adabiyotdagi ifoda usuli hamda adabiy janrlarning yangilanishiga zamin yaratadi; –estetik idealning ijodkor shaxsi, dunyoqarashi, hayotiy qiziqishlari va poetik salohiyatiga bog’liqligi, Abdulla Qodiriy ijodida o’ziga xos ravishda namoyon bo’lishi fikrimizni tasdiqlaydi; Milliy uyg’onish davri adabiyoti namoyandalari ijodida estetik idealning namoyon bo’lishi bu alohida adabiy-estetik hodisa. Badiiy ijod jamiyat hayotiga yaqinlashdi, insonning erki va ozodligi Vatan obodligi g’oyalarini obrazli tarzda tasvirlash kuchaydi. Bunday milliy dardning umuminsoniy mohiyati ijod ahlini ma’nan yuksakka ko’tardi. Bundagi estetik idealning miqyosi adabiy janrlararo tafovutni bartaraf etib, fikrda uyg’unlikni ta’minladi. O’zbek mumtoz adabiyotida esa estetik ideal–komil inson obrazi sifatida ko’rinib, barcha tasvir va ifodalar mohiyatan ushbu maqsadga yo’naltirilgan edi. Layli, Majnun, Farhod, Shirin va boshqa ideal obrazlar orqali tasvirlangan majoziy ma’nolar ana shu estetik idealning timsolariga aylanishdi. XX asr adabiyotidagi qahramonlar afsonaviy liboslarini yechib, real yer odamlariga aylanishdi. Chunki, zamon, jamiyat, xalq hayoti, ijtimiy turmushi, dunyoqarashi shuni talab etardi. Kumushbibi–oqila, fozila, “malaksiymo” go’zal, sevgiga sodiq ma’shuqa, ota-ona hurmatini bajo keltirishni yuksak burch deb biladigan mehribon farzand. “Yozuvchi Kumush portreti va uning nafis xarakterini qizning psixologiyasiga mos holda tasvirlaydi. Bir vaqtning o’zida romanning umumestetik ruhiga to’la bo’ysundiriladi”.6 “O‘tkan kunlar” romanining ma’no-mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yo‘liga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. «O‘tgan kunlar» bamisoli ulkan va tiniq ko‘zgu, unda o‘zbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, bo‘y-basti, qiyofasi keng ko‘lamda aniq-ravshan gavdalantirilgan. «O‘tkan kunlar», bir qarashda, an’anaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi juda katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni hayajonga soladi, Otabek bilan Kumushning go‘zal baxtini barbod etgan omillar kishini chuqur o‘yga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni — Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini ko‘z oldimizda gavdalantiradi. Qodiriy ishqiy sarguzashtlar ko‘rinishida o‘lkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va o‘zaro ichki nizolardir, degan fikrni g‘oyat ustalik bilan aytadi. Garchi romanda adib shaxs xarakteri va qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy muammolar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvir va tahlil etsada, inson shaxsining muhit va sharoitga bog‘liq bo‘lmagan tug‘ma, sirli-sehrli g‘aroyib shevalariga ham e’tiborni tortadi. Bu jihatdan bir oila, bir xil sharoitda tug‘ilib voyaga yetgan sajiya-xarakter, surat va siymo vajidan ikki olam — egachi-singil Zaynab va Xushro‘ybibi obrazlarining talqini g‘oyat ibratlidir. Biri mute, itoatkor, nuqul o‘zgalar izni bilan ish ko‘radi? ikkinchisi esa dadil, mustaqil, o‘z baxti va taqdiri uchun faol kurash olib boradi. Yozuvchi bu ikki shaxs xarakteriga xos tug‘ma xususiyatlarni sharhlash bilangina cheklanmaydi, bunday xislatlarning o‘sha kimsalar, qolaversa, o‘zgalar taqdiriga ko‘rsatgan ta’siri, fojeiy oqibatlarini ham ifoda etadi. O‘zini boshqalar ixtiyoriga topshirib qo‘ygan Zaynab shu ojizligi tufayli o‘z baxtiga zomin bo‘libgina qolmay, yana o‘sha ojizligi tufayli o‘zgalar qutqusi orqasida beixtiyor jinoyatga qo‘l uradi — Kumushga zahar beradi. Mustaqillik, dadillik — yaxshi xislat, biroq unga xudbinlik aralashsa baloi azimga aylanishi mumkin. Xushro‘ybibi o‘z baxti uchun kurashadi? shaxsiy manfaatlari yo‘lida hech narsadan qaytmaydi? birovlarning ko‘z yoshlari hisobiga, o‘zgalarning baxtiqaroligi evaziga o‘z baxtini tiklaydi. Romandagi O‘zbek oyim obrazi ham nihoyatda tabiiy va go‘zal siymolardan biridir. Dumbul tabiat bu ayol o‘g‘li Otabek, qolaversa kelinlari — Kumush, Zaynab taqdirlarining chigallashib ketishi, oxiri fojiaga yuz tutishida bosh sababchi ekani ayon. Biroq har qancha gunohkor bo‘lmasin, o‘ta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Nima bo‘lganda ham, O‘zbek oyim, baribir ona. . . Ayni paytda rostgo‘y, realist yozuvchi onaning pala-partish, dovdir xatti-harakatlaridan, tabiatidagi ayrim kamchiliklaridan ko‘z yumib o‘tolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qo‘l keladi. Bu obraz tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo — ham kinoya-kesatiqlarga, ham ardoq-mehrga to‘la yumor bilan yo‘g‘rilgan. Xullas, “O‘tgan kunlar” romani to‘qima qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uyg‘unligi jihatidan ham, mujassamot butunligi va tilidagi nafosati jihatidan ham o‘zbek adabiyoti xazinasidagi durdonalar qatoridan o‘rin olgandir. “O‘tgan kunlar” o‘zbek adabiyotida ilk roman bo‘lishining o‘zi bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi. Unda realizmning asosiy tamoyillari yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi. Roman, umuman, o‘zbek adabiyotida yetuk realizmga asos soluvchilik rolini o‘ynadi. Kumushbibi - Abdulla Qodiriyning "O’tkan kunlar" romanidagi yetakchi obrazlardan biri sifatida muallifning estetik idealini ham ifodalaydi. Darvoqe, Kumush Otabek yoqtirib qolgan mahbubagina emas, o’z davri ayol-qizlarining ham ezgu ideali bo’lib gavdalandi. U afsonaviy To’maris, Shirin-u Layli, Barchin va Qaldirg’ochlarga nisbatan real va haqqoniy tasvirlangan. Download 57.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling