I bob. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari va moliyaviy manbalari


Download 269.52 Kb.
bet3/13
Sana07.04.2023
Hajmi269.52 Kb.
#1337152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
AHOLINI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASHGA BERILAYOTGAN E’TIBORNI KUCHAYTIRISH MASALALARI.

Kurs ishini nazariy-amaliy ahamiyati. Ushbu mavzu iqtisodiy adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan, lekin mazkur kurs ishda mavzunnig kompleks o‘rganilganligi hamda bir butun nazariy ishlanma yaratishga urinish bo‘lganligi uning nazariy ahamiyatini belgilab beradi. Ishimizning amaliy ahamiyatini izlanishlarimiz asosida aholi ijtimoiy muhofazasini moliyaviy qo‘llab- quvvatlashning byudjet mexanizmlarini yaxshilashga va pensiya ta’minoti dastaklarini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqarilganligi bilan izohlash mumkin.
Kurs ishi hajmi: Kirish, Ikki bob, To’rtta paragrif, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Xulosa qismida aholi ijtimoiy muhofazasining moliyaviy manbalarini mustahkamlashga qaratilgan ayrim fikrlar, xulosalar va amaliy tavsiyalar berilgan.

1-BOB.

AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI VA MOLIYAVIY MANBALARI

1.1.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning zarurligi, shakllari va tashkiliy-huquqiy asoslari

Bugungi kunda mamlakatimizda inson omilining hal qiluvchi kuch sifatida amal qilishi va izchil ravishda rivojlanib borishi uchun real shart-sharoitlarni yaratadigan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ahamiyatga molik ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Oldimizga qo‘yayotgan maqsad esa – olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir2. Ushbu maqsadga erishish uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish ko‘zda tutilgan. Ushbu yo‘nalish, jumladan “ fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash; aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish”3 chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Hukumat mamlakatimizda kam ta’minlangan toifadagi aholi sonini kamaytirish va jamiyatimiz hayotida insonparvarlik printsiplarining yanada rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida Mingyillik rivojlanish maqsadlari borasida ma’lum bir majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan. Bugungi kunda mamlakatimizda aholining samarali ijtimoiy muhofazasiga yo‘naltirilgan maqsadli

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh. Manba: http://www.uza.uz.

chora-tadbirlar, shu bilan birga, barqaror iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda.


Mustaqillik yillarida aholi turmush farovonligini oshirish quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib borildi:


      1. Download 269.52 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling