I bob davlat moliya statistikasi


B. Sarflarning vazifa jihatidan tasnifi


Download 261.68 Kb.
bet7/12
Sana08.03.2023
Hajmi261.68 Kb.
#1253624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat moliyasi statistikasi

B. Sarflarning vazifa jihatidan tasnifi
Hozirda davlatning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati ancha oshdi. Davlat bajaradigan vazifalar: ichki (huquqiy – huquq-tartibotni saqlash, jamoa xavfsizligi; iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy, ekologik va boshqalar), tashqi (tashqi xavfdan himoya, xorijda faoliyat ko‘rsatadigan jamiyat va uning a’zolari manfaatini himoyalash, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlik qilish va boshqalar) vazifalardir. Iqtisodiy, moliya statistikasida va boshqa fanlarda davlatning ko‘p qirrali vazifalarini 4, 8, 21 va boshqa katta guruhga ajratish qabul qilingan.

  1. Umumiy tusdagi davlat xizmatlari. Bu umummoliya faoliyati,kadrlar siyosati, tovar va xizmatlarni markazlashgan holda xarid qilish va ta’minoti, tashqi munosabatlar, mudofaa, jamoat tartibi va davlat xavfsizligi.

  2. Ijtimoiy xizmatlar. Bularga bilim olish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta va ta’minot, uy-joy va kommunal xizmat, sanitariya xizmati, madaniy va dam olish faoliyatini tashkil etish kiradi.

  3. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi. Bu vazifa oldingilar (1-2) bilan bevosita bog‘langan holda ulkan va ko‘p qirralidir. Hozirgi bozor tizimi ko‘p hollarda ziddiyatlarga boy. Bozor kuchli yaratuvchanlik imkoniyatiga ega bo‘lib, xo‘jalik yuritishni samarali olib borishga iqtisodiy undaydi. Ammo 20-30-yillarning tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bozor to‘laligicha o‘zini-o‘zi tartibga solish qobiliyatini birmuncha yo‘qotdi, bozor bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan «ijtimoiy-xarajatlar» ham mavjud (ishsizlik, moliyaviy va iqtisodiy inqiroz, aholini daromad va mulkiy tabaqalashuvining kuchayishi va boshqalar). Bundan tashqari, davlat bozor mexanizmining o‘rnini olishi yoki to‘ldirishini taqozo qiladigan xo‘jalik faoliyatining sohalari (fundamental fan, maorif, sog‘liqni saqlash) ham mavjud.

Bunday holatlarning mavjudligi bozor va davlat mexanizmlaridan birgalikda foydalanishni taqozo etadi. Tajribalar va nazariy ishlanmalar natijasida yaratilgan qoidaga e’tiborsizlik yomon oqibatlarga olib kelishini Rossiya iqtisodiyotini 1992-1998-yillardagi isloh qilinishida ko‘rish mumkin. Bu yerda iqtisodiyotni tartiblashtirishda davlat o‘rnini uyushgan jinoyatchilik egalladi, chunki bu davrda davlat iqtisodiyotga deyarli aralashmay qo‘ygandi.
Davlatning iqtisodiyotdagi o‘rnini yanada oshib borishini quyidagi statistika raqamlarida ham ko‘rish mumkin. Agar XIX asrning oxirlarida davlat xarajatlarining YaIMdagi salmog‘i jahon bo‘yicha o‘rtacha 8,3% (AQSHda 4,0%) bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik bu daraja XX asrning 20-yillarida rivojlangan davlatlarda 15,4%, 60-yillarda 27,9%, 80-yillar boshida 42,6% ga teng bo‘lgan. Londonda nashr qilinadigan «Ekonomist» jurnalida chop etilgan «Davlatning kelajagi» nomli ilmiy maqolada jahon bo‘yicha davlat sarfi YaIMga nisbatan kelajakda o‘rtacha 50,0% atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Davlat boshqaruvi sektorida millionlab xodimlar band, nomoliyaviy va moliyaviy aktivlarning ko‘lami va shu sektorda hosil qilinayotgan YaIMning salmog‘i yildan yilga oshib bormoqda.
Demak, davlatni iqtisodiyotga faol aralashuvisiz hozirgi bozor iqtisodiyoti na yashay oladi, na normal harakat qiladi va rivojlanadi.

  1. Davlatning boshqa vazifalari. Bu vazifalar ham iqtisodiyotbilan bevosita bog‘liq: davlat kreditini boshqarish, transfertlarni amalga oshirish va boshqalar.

XVFning 1986-yildagi qo‘llanmasida davlat boshqaruvi sektorining asosiy vazifalari tasnifi BMTning 1993-yilgi MHT-93 idagi KFOGU (davlat boshqaruvining maqsadlar bo‘yicha umumiy vazifalari tasnifi) ga mos tushadi. BMTdagi OESR yetakchiligida maxsus xalqaro ishchi guruhi (unda XVF ham qatnashmoqda) bu tasnifga biroz o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida maslahatlarni o‘tkazmoqda. Qayta ko‘rib chiqiladigan tasnifnomada moddalar (kategoriyalar) MHT-93 bilan to‘la mos tushadigan bo‘ladi. Bunda amaldagi moddalar ichida tarkibida «Ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlanmalari» bo‘limining alohida hisobini yuritish va yangi modda «atrofmuhitni muhofaza qilish» ni kiritish ko‘zda tutilmoqda.

Download 261.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling