I bob davlat moliya statistikasi


Download 261.68 Kb.
bet4/12
Sana08.03.2023
Hajmi261.68 Kb.
#1253624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat moliyasi statistikasi

Soliqli daromadlar – bu davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlat organlari tomonidan undirib olinadigan majburiy, qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan to‘lovlardir. Soliq tushumlariga fiskal, import va eksport monopoliyalari tomonidan o‘tkaziladigan foyda, aksiz tipidagi daromadlar, soliq qonunchiligini buzgani uchun to‘langan jarima, penyalar ham kiritiladi.

1.1-rasm. Xalqaro moliya statistikasi bo‘yicha davlat moliya daromadlari va olingan rasmiy transfertlar
Soliqqa tortishning iqtisodiy tabiatiga asoslangan moliya tushumlari tasnifidan bozor tizimi uchun foydalanish juda muhim, chunki iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar tushumlarga ta’sir o‘tkazadi, soliqlar esa soliq olinadigan operatsiyalarga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Joriy soliqsiz daromadlar – bu qoplanadigan, lekin qaytarilmaydigan tushumlar (mulkdan va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad, ma’muriy yig‘imlar va to‘lovlar, notijorat va yordamchi sotishlardan olingan daromad) va ayrim qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan tushumlar (jarimalar – soliq qonunchiligini buzish bilan bog‘liq bo‘lmagan), joriy shaxsiy sadaqalardir.
Rasmiy transfertlar – bu qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan nomajburiy tushumlardir. Ular subvensiya, sovg‘alar, reparitsiya shaklida va bir paytli, nodoimiy, ixtiyoriy bo‘ladi.
Kapital daromadlar – bu kapital aktivlarni sotishdan (asosiy fondlar, davlat zaxiralari va foydalanilmayotgan omillar, yer) olingan daromadlar hamda nodavlat manbalardan kapital transfertlardir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat moliya daromadlari soliqlar, resurs to‘lovlari, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, boshqa soliq va tushumlardan tashkil topadi 1.1-jadval).

1.1-jadval


O ‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaning daromadlari dinamikasi (mlrd.so‘m)

Bevosita soliqlar summasi 2009-yilga kelib 2941,5 mlrd. so‘mni tashkil qilgan va u 2000-yilga nisbatan 12,2 marta oshgan. Bilvosita soliqlar bo‘yicha esa tegishli ravishda – 4574,3 va 10,7. Jami daromadlarda soliqlar hissasi 2009-yilda 76,0% ni tashkil qildi, bu esa 2000-yilga nisbatan 13,0 punktga pasayganligini bildiradi. Mulk solig‘i, yer solig‘i, suv, ekologiya va boshqa resurs to‘lovlari summasi 20002007-yillarda 18,6 martaga oshgan va 2009- yilga kelib 1683,2 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Ularning hissasi esa 9,9% dan 18,3% ga yetdi yoki 8,4 punktga oshdi. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i summasi tahlil davrida 12,3 marta oshgan, uning umumiy daromadlardagi hissasi esa bir foizdan 2,2% ga, ya’ni bir punktga ortgan. Soliqlar summasining o‘zgarishi bilan bir qatorda ularning tarkibida ancha o‘zgarishlar ro‘y bergan. Masalan, soliqlar hissasi (82,4 % – 2000-yilda) pasaygan (76,0 – 2009-yilda). Resurs to‘lovlari hissasi esa deyarli ikki barobar oshgan. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va boshqa soliqlarning ulushi bo‘yicha ham tendensiya o‘sish xarakteriga ega.


Davlat moliya xarajatlarining tasnifi quyidagi belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi: funksional tayinlanishi; iqtisodiy tayinlanishi; idoraviy tayinlanishi.
O‘zbekiston Respublikasida xarajatlarning quyidagi funksional tasnifi amalda: umumdavlat xarajatlari, milliy xavfsizlik, huquq va xavfsizlikni ta’minlash, milliy iqtisodiyot, atrof-muhitni himoyasi, turar joy va kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va madaniyat, maorif, ijtimoiy siyosat.
Iqtisodiy tayinlanishi bo‘yicha moliya xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi.
Moliya xarajatlari yo‘naltirilishiga qarab moddiy ishlab chiqarishni va nomoddiy sohani saqlash hamda rivojlantirish xarajatlariga bo‘linishi mumkin.
4.2-jadvalO‘zbekiston Respublikasi Davlat moliya xarajatlari 3 guruhga bo‘linadi (4.2-jadval): ijtimoiy soha va aholini qo‘llab-quvvatlash; iqtisodiyot va markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, sud organlari hamda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xarajatlari; Moliya vazirligi huzuridagi moliyadan tashqari maktab ta’limi jamg‘armasi xarajatlari; davlatning maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari va boshqa xarajatlarga bo‘linadi. Tahlil qilinadigan davrda davlatning maqsadli jamg‘armalarisiz xarajatlar summasi 4.5 marta oshgan bo‘lsa, maqsadli jamg‘armalar bo‘yicha xarajatlar 5.0 marta oshgan, jami xarajatlar esa 4.8 barobarga oshib, 2009-yilda 15 trln. so‘mga yetgan. 4.2-jadval ma’lumotlari asosida barcha xarajatlar summasi ichida ro‘y bergan tarkibiy siljishlarni hisoblash mumkin. Masalan, ikki katta guruh (davlatning maqsadli jamg‘armalarisiz xarajatlar va davlatning maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari) o‘rtasidagi nisbatda ancha ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan.
Davlat moliya daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish ularning nisbatini o‘rganish bilan davom ettiriladi.
Ma’lumki, har qanday balansga o‘xshash davlat moliyada ham xarajatlar va daromadlar tengligiga rioya qilish kerak. Afsuski, bu faqat nazariyada, amaliyotda esa bunga doimo erishib bo‘lmaydi. Davlat moliyaning daromadlar va xarajatlar qismlarining bog‘liqligini o‘rganish maqsadida davlat moliya saldosi va moliya defitsitini (profitsitini) nisbiy darajasi ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Davlat moliya saldosi daromadlari (D) va xarajatlarning (X) farqi bilan hisoblanadi:
S = D – X
Agar davlat moliyaning saldosi ijobiy bo‘lsa, moliya profitsitli deyiladi va aksincha salbiy bo‘lsa – defitsitli. Ayrim adabiyotlarda profitsit va defitsit atamalari aktiv va passiv saldo so‘zi bilan almashtiriladi. Bu xato emas.
Xalqaro taqqoslashlarda davlat moliyaning defitsiti mutlaq miqdorlarda emas, nisbiy daraja orqali baholanadi.
Moliya defitsitini aniqlashda quyidagilardan foydalanish mumkin.
Fiskal va pul siyosatining samaradorligini baholash hamda operativ maqsadlar uchun quyidagi formula qo‘llaniladi:
Y = D - P 100
P
Davlat moliya defitsiti darajasi moliya saldosi summasining yalpi ichki mahsulotga nisbati, ya’ni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Y = D - P 100
YAIM
Xalqaro valuta fondi davlat moliya defitsitini quyidagi formula bilan hisobalshni tavsiya etadi:
D=(DD+Dotatsya)-(DX +Dк),
bu yerda: D– defitsit summasi; DD – davlat daromadlari; DX – davlat xarajatlari; Dk – berilgan va qoplangan kredit farqi.
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan hisoblangan defitsit darajasi 3% dan oshmasa, mamlakat iqtisodiyotining holati qoniqarli hisoblanadi. Yevropa Ittifoqiga kirishda ushbu qoidaga rioya qilinadi. Masalan, valuta ittifoqiga davlat moliya defitsiti 3% dan oshmagan mamlakatlar kiritiladi.
Davlat moliya dinamikasini o‘rganish statistikaning muhim vazifalaridan biridir. Moliya daromadlari va xarajatlari dinamikasini o‘rganishda dinamikaning nisbiy miqdoridan va dinamika qatorining analitik va o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi davlat moliya daromadlari dinamikasini tavsiflovchi analitik ko‘rsatkichlar 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval

Download 261.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling