I bob davlat moliya statistikasi
D. Moliya defitsitini moliyalashtirishning kreditorlar turi bo‘yicha tasnifi
Download 261.68 Kb.
|
Davlat moliyasi statistikasi
D. Moliya defitsitini moliyalashtirishning kreditorlar turi bo‘yicha tasnifi
Davlat moliya defitsitini moliyalashtirish, uni mablag‘ bilan ta’minlash (qoplash) uchun hukumat tomonidan qarz mablag‘larini jalb etishdir. Moliyalashtirish davlat boshqaruvi sektori birliklarining barcha qaytariladigan operatsiyalari sifatida qaraladi. Bu tasnif qarz egalari – kreditor (boshqacha aytganda, qarz majburiyatlarining egalari) ning iqtisodiy muomalasi o‘xshashligiga qarab guruhlash asosida ishlangan. Oldin qayd qilingandek, moliyalashtirish hajmi davlat moliyaning defitsiti (profitsiti) ning teskari ishorali hajmiga teng. Masalan, 1999-yilda AQSHda profitsit +158,3 mlrd. dollar, moliyalashtirish –158,3 mlrd. dollar. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Moliya defitsitini moliyalashtirish tasnifi quyidagicha (kreditorlar turi bo‘yicha): Jami moliyalashtirish (II+III). Ichki moliyalashtirish: Davlat boshqaruvi sektorining boshqa qismlari tomonidan. Pul-kreditni tartibga solish idoralari tomonidan. Depozitli banklar tomonidan. Boshqa ichki moliyalashtirish. Korrektirovka (tuzatishlar kiritilishi). III. Tashqi moliyalashtirish: Xalqaro iqtisodiy rivojlanish tashkilotlaridan. Xorij boshqaruvi muassasalaridan. Boshqa chetdan jalb qilishlar. Likvidlikni boshqarish uchun ko‘zda tutilgan naqd pul mablag‘lari, depozitlar va qimmatli qog‘ozlar hajmining o‘zgarishi. Davlat moliya defitsitini moliyalashtirish davlat boshqaruvi idoralarining majburiyatlar hajmini o‘zgartiradi (mablag‘ jalb qilish minus qoplanishi) va davlat boshqaruvi idoralaridagi likvid moliya mablag‘lari qoldig‘ini o‘zgartiradi. Xalqaro standartlarda mablag‘ jalb qilinishi minus qoplanishi (sof kreditlash) davlat moliyaning daromadi sifatida qaralmaydi, u defitsitni moliyalashtirish manbasi tariqasida qaraladi. Defitsit = Mablag‘ jalb – Qoplanishi + Likvid qilinishi moliya mablag‘lari qoldig‘ining kamayishi Bu o‘rinda Davlat moliya defitsitini moliyalashtirish davlatning ichki va tashqi qarz majburiyatlarini ko‘paytiradi, natijada davlatning ichki va tashqi krediti hajmini oshiradi. Ichki manbalar: davlat boshqaruvi sektoriga qarashli boshqa qismlari, milliy iqtisodiyotning boshqa sektorlari (nomoliyaviy korporatsiyalar, moliyaviy korporatsiyalar, uy xo‘jaligi) mablag‘larining jalb qilinishidir. Tashqi manbalar: xalqaro tashkilotlar (W. Bank, IMF va boshqalar), xorijiy davlatlar, banklar va xususiy shaxslar mablag‘larining jalb qilinishidir. Davlat moliya profitsitida likvid moliya mablag‘lari zaxirasi ko‘payadi, davlat kreditining hajmi kamayadi. Xalqaro valuta fondining davlat moliya defitsitini moliyalashtirishning boshqa tasnifida qarz (jalb qilish) majburiyatlari turlari ko‘rsatiladi. Download 261.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling