I bob davlat moliya statistikasi
F. Davlat kreditining kreditorlar bo‘yicha tasnifi
Download 261.68 Kb.
|
Davlat moliyasi statistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat kreditini to‘plash muddatlari 2
F. Davlat kreditining kreditorlar bo‘yicha tasnifi
Davlat moliya defitsitini qoplash uchun jalb qilingan qarzlar – qarz majburiyatlarining to‘lanmagan, qaytarilmagan qismlari yig‘indisi – davlat krediti deyiladi. Dunyoning barcha davlatlari o‘z iqtisodiy siyosatini o‘tkazishning muhim bir mexanizmi sifatida qarzlardan foydalanadi. XVF ning GFSY, 2000 ida keltirilgan 126 davlatning 98 tasida moliya defitsitlidir. Aktiv moliyaga ega bo‘lgan davlatlarda ham davlat qarzi mavjud. Davlat qarzlari mavjud bo‘lishining zaruriyati jamiyat ehtiyojlari darajasi bilan davlatning imkoniyatlari (davlat moliyaning daromadlari) o‘rtasidagi ziddiyatdan, ya’ni davlat moliyaning defitsitidan vujudga keladi. Davlat krediti (qarzi) to‘g‘risidagi hozirgi zamon ilmiy-amaliy qarashlari maktabining ishlanmalari asosida shakllangan. Bunda davlat krediti iqtisodiyotga yuklama bo‘lib, iqtisodiy muvozanatning buzilishiga olib keladi, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirishga to‘siq bo‘lishi bilan birga, davlat qarzlari iqtisodiyotni tartiblashning muhim mexanizmi sifatida xizmat qiladi. Davlat kreditining ko‘lamiga statistikada ikkiyoqlamalikni e’tiborga olgan holda baho bermoq zarur. Shuning uchun davlat krediti hajmini to‘g‘ri baholash lozim. XVFning davlat moliyasi to‘g‘risidagi standartining (F) davlat krediti tarkibiga faqat davlat boshqaruvi sektori bo‘yicha jami qarz, unga kiruvchi birliklar (kichik sektorlar) ning: markaziy hukumat (federal, respublika), shtatlar, mintaqalar yoki viloyatlar hamda mahalliy boshqaruv idoralarining rasman tan olingan, to‘g‘ri, to‘lanmagan (qaytarilmagan) qarzlari kiritiladi. Demak, quyidagilar davlat qarzi hajmiga qo‘shilmaydi: davlat boshqaruvi sektorining kichik sektorlari orasidagi o‘zaro qarzlar; davlatga qarashli korxonalarning ichki va tashqi qarzlari; davlat boshqaruvi sektorining moliyaviy muassasalar (pulkreditni tartiblashtiruvchi idoralar) vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lgan qarzlari; jismoniy shaxslarning ichki va tashqi qarzlari va hokazo. Demak, milliy iqtisodiyotning davlat boshqaruvi sektoridan boshqa sektorlarining rezidentlar va norezidentlardan qarzlari davlat qarzi tarkibiga kirmaydi. Statistikada davlat qarzi summasini brutto holida, ya’ni davlat boshqaruvi sektorining boshqa sektorlar va norezidentlarga bo‘lgan qarz talablari summasi ayrilmasdan ko‘rsatiladi. Davlatning qoplanmagan (to‘lanmagan) qarzlarini kreditorlar turi bo‘yicha tasnifining sxemasi: I. Jami summasi (II+III). II. Ichki qarz: Davlat boshqaruvi sektorining boshqa qismlariga1. Pul-kreditni tartiblashtiruvchi idoralarga. Depozitivli banklarga. Boshqa ichki qarzdorlik: Boshqa moliya muassasalariga. Davlat nomoliyaviy korxonalariga. Nomoliyaviy xususiy sektorga. 4.3.1.Korxonalarga. 4.3.2. Uy xo‘jaligiga. Boshqa kategoriyalarga kiritilmagan ichki qarzdorlik. Turlicha baholash bilan bog‘liq bo‘lgan korrektirovka. III. Tashqi qarz. Xalqaro rivojlanish tashkilotlariga Xorij boshqaruv boshqarmalariga Boshqa tashqi qarzdorlik Bank ssudalari va bo‘naklar. Ta’minlovchilarning kreditlari. Boshqa kategoriyalarga kiritilmagan boshqa tashqi qarzdorlik. Turlicha baholash bilan bog‘liq bo‘lgan korrektirovka.Ma’lumotnoma tariqasida moddalar. Xorij valutasida to‘lanadigan ichki qarz. Milliy valutada to‘lanadigan tashqi qarz. Davlat boshqaruvi sektorininng ichki tuzilmaviy qarzlari. To‘lanmagan majburiyatlar bo‘yicha joriy qarzlar. Davlat kreditining boshqa jihatlari: to‘lanishi muddati, davlat boshqaruvi sektorining birliklari (markaziy hukumat, shtatlar, regionlar yoki viloyatlar hamda mahalliy boshqaruv idoralari), daromadni to‘lash usuli, daromadlarni hisoblash usuli, bozorga murojaat qilish imkoni va boshqa jihatlari bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Davlat kreditini to‘lanishi muddati bo‘yicha tasnifi 4.8-jadvalda ko‘rsatilgan. Bu tasnif yordamida qarzlarni to‘lash borasida tadbirlarni rejalashtirish mumkin. Davlat moliya daromadi va xarajatlarini boshqa tasniflari ham mavjud. Masalan, xarajatlarni vazifa jihati bilan iqtisodiy turi bo‘yicha bir vaqtda tasniflash. Bunday shohmot usulida tasniflash davlat xarajatlarini tahlil qilish va boshqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Masalan, har bir vazifa bo‘yicha davlat xarajatlarida ish haqi, tovar va xizmatlar xaridi, transfertlar, kapital xarajatlar (rivojlanishi imkoniyati) va boshqa xarajatlarning hajmi va salmog‘ini baholash mumkin. 2.1-jadval Davlat kreditini to‘plash muddatlari2 O‘z o‘rnida ish haqi bo‘yicha xarajatlarni davlatning qaysi vazifasida berilganligini ham bilish mumkin. XVFning davlat moliyaning daromadlari va sarflarini tasniflash tizimi tarkibida shtat, mintaqa yoki viloyat, mahalliy hukumatga mo‘ljallangan «L»-(lokal) tasniflar (A, B, C, D, E, F) tizimi ham mavjud (GFSYga qarang). Jahon mamlakatlarida XVFning standart tasniflar tizimi bilan birga o‘zlarining milliy tasniflari tizimidan ham foydalaniladi. Masalan, Germaniya moliya statistikasida davlat moliya daromadlarining iqtisodiy, vazifa jihatlari va tashkiliy tasniflari mavjud. Xulosa va takliflar Mamlakatning moliya tizimida davlat moliyaning o‘rni va ahamiyati katta. Moliyachi iqtisodchilarning hisob-kitoblarga qaraganda, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat moliya moliya resurslari tarkibida 40%, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdagi mamlakatlarda 70% ni tashkil etadi. Moliya «Budget» chemodan, pul bilan to‘ldirilgan xalta va boshqa ma’nolarda ishlatilgan. Moliya – daromadlar va xarajatlar rejasi, ya’ni moliya rejasidir. Bu reja har bir shaxs, oila, xo‘jalik yurituvchi subyekt, tuman, shahar, viloyat va davlat miqyosida tuzilishi mumkin. Davlat moliya davlatning markaziy moliya rejasidir, hukumat ixtiyoridagi yirik markazlashtirilgan pul jamg‘armasidir. Davlat moliyada barcha asosiy moliya institutlari: xarajatlar, turli daromadlar, davlat krediti birlashgan. Davlat moliya davlatning moliya resurslarini vujudga keltirish, shakllantirish shakllari va usullarini, ulardan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadlarida foydalanishni belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Moliya tizimi to‘g‘risida»gi qonunida: «Davlat moliya – davlat pul mablag‘larini (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi», – deyilgan. O‘zbekiston Respublikasida yagona moliya tizimi shakllantirilgan. U ikki bo‘g‘indan iborat bo‘lib, davlat moliya respublika moliya, Qoraqalpog‘iston respublikasi va mahalliy moliyalar (viloyat, shahar, tuman) ni o‘z ichiga oladi. Davlat moliya tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi. O‘zbekiston Respublikasida barcha bo‘g‘inlardagi moliyalarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijrosini hisobga olish milliy valuta-so‘mda amalga oshiriladi Download 261.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling