I bob davlat moliya statistikasi


A. Daromadlar va grantlar tasnifi


Download 261.68 Kb.
bet6/12
Sana08.03.2023
Hajmi261.68 Kb.
#1253624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat moliyasi statistikasi

A. Daromadlar va grantlar tasnifi
I. Jami daromadlar va olingan grantlar (II+VII).
II.Jami daromadlar (III+VI). III. Joriy daromadlar (IV+V).
IV. Soliq daromadlari:

  1. Daromad solig‘i, foyda solig‘i, kapitalning bozor bahosio‘sishiga solingan soliqlar.

  2. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar.

  3. Ish haqi fondi va ishchi kuchiga solingan soliqlar.

  4. Mulk solig‘i.

  5. Tovar va xizmatlarga solingan ichki soliqlar.

  6. Xalqaro savdoga va tashqi harakatlarga solingan soliqlar.

  7. Boshqa soliqlar.

  1. Nosoliq tushumlar.

  2. Kapital bilan qilingan harakatlardan olingan daromadlar.

  3. Grantlar (olingani).

Tasniflarda (A) Markaziy hukumat (Federal, Respublika) moliyaning barcha daromadlarining tarkibi ko‘rsatilgan. Shu ma’lumotlar asosida barcha daromadlarning tarkibini hisoblash va uni davlatlararo qiyoslash mumkin. Daromadlar joriy (soliq va soliqsiz tushumlar) va kapital turiga ajratiladi. Olingan grantlar alohida qatorda ko‘rsatiladi. Tasnifda, avvalo, soliq daromadlari va ularning tarkibi ko‘rsatiladi. Bunda soliq bazasining xarakteri yoki faoliyat turi bo‘yicha olinadigan soliqlar guruhlangan. GFSY (DMS yilnoma) da daromadlar va grantning tarkibi barcha xarajatlar va sof kreditlash summasiga nisbatan (%) hisoblanadi. Turli daromadlarning salmog‘i ham alohida aniqlanadi. Xalqaro standartning IV.I. punkti kichik punktlarga: individual, korporatsiyalar va boshqalarga ajratiladi. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar punkti ham 4 ta (yollangan xodimlar, ish beruvchilar, erkin band bo‘lganlar va ishlamayotganlar, boshqa ixtiyoriy ijtimoiy ajratmalar) kichik punktlariga ajratiladi. Tovar va xizmatlarga solingan ichki soliqlar: sotish solig‘i, aylanma solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, fiskal monopoliyalar foydasi va boshqalardan iborat. Tashqi savdo va tashqi operatsiyalarga solingan soliqlar tarkibiga bojxona va import bojlari, eksport boji, eksportimport monopoliyalari foydasi, chet el valutalari bilan qilingan operatsiyalarga soliqlar va tashqi savdo hamda tashqi harakatlarga boshqa soliqlar kiradi. Joriy soliqsiz daromadlari: tadbirkorlik daromadi va mulk daromadlari (foizlar, dividendlar), kvazikorporatsiyalar daromadlaridan olib qo‘yish, yer ijarasi, ma’muriy yig‘imlar, jarimalar, strategik zaxiralarni sotish va boshqa nosoliq daromadlaridan iborat. Kapital daromadlarning salmog‘i Eron, Hindiston va Singapurda ancha yuqori. Xalqaro standartda kapital soliq daromadlari (mulkka soliq, meros va sovg‘aga soliq) va kapital nosoliq (ishlab chiqarilgan aktivlarni sotish, ishlab chiqarilmagan aktivlarni sotish, beg‘araz bo‘lmagan kapital transfertlar va boshqa nosoliq kapital daromadlar) daromadlarga guruhlanadi.

Download 261.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling