I bob davlat moliya statistikasi


O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaning daromadlari dinamikasi ko‘rsatkichlari


Download 261.68 Kb.
bet5/12
Sana08.03.2023
Hajmi261.68 Kb.
#1253624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat moliyasi statistikasi

O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaning daromadlari dinamikasi ko‘rsatkichlari

Yillar

Daromad, mlrd.so‘m

Mutlaq o‘zgarish, mln.so‘m

o‘zgarish sur’ati

Qo‘shimcha o‘zgarish sur’ati

2000-yilga nisbatan

o‘zidan
oldingi yilga nisbatan

2000-yilga nisbatan, marta

o‘zidan
oldingi yilga nisbatan,
%

2000-yilga nisbatan, marta

o‘zidan oldingi
yilga nisbatan, %

2000
2001
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
2009

910,9
1266,9
1864,2
2342,1
2742,0
3310,9
4042,5
5100,9
8760,8
10985,0

-
356,0
953,3
1431,2
1831,1
2400,0
3131,6
4190,0
7849,9
10074,1

-
356,0
597,3
477,9
399,9
568,9
731,6
1058,4
3659,9
2224,2

1,00
1,39
2,05
2,57 3,1
3,64
4,44
5,60
9,62
12,03

-
139,1
147,1
125,6
117,1
120,7
122,1
126,2
171,7
125,4

1,00
1,39
2,05
2,57
3,00
3,64
4,44
5,60
9,62
12,06

-
39,1
47,1
25,6
17,1
20,7
22,1
26,2
71,7
25,4

1.2-jadval ma’lumotlaridan ma’lumki, respublikada moliya daromadlari keyingi 8 yilda yuqori darajalarda oshib borgan va o‘sish tendensiyasiga ega. Masalan, 2007-yilda 2000-yilga nisbatan moliya daromadlari 4,2 mlrd. so‘mga yoki 4,6 marta oshgan. Bu ko‘rsatkich bazis usulda hisoblaganda juda yuqori darajalarga erishilgandek tuyuladi. Aslida esa O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi 2003-yildan boshlab barqaror rivojlanish tendensiyasiga ega.

II BOB XALQARO MOLIYA TASNIFLARI

2.1 Xalqaro moliya tasniflari


Statistika tadqiqotlarida keng qo‘llanadigan usullardan biri guruhlashdir. Guruhlashda o‘rganilayotgan statistika to‘plamidagi ko‘p sonli birliklar muhim belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Tasniflash esa guruhlashdan farq qiladi. Bunda to‘plamdagi birliklar sifat belgisi asosida oldindan belgilangan (ko‘p hollarda qonunda tasdiqlangan) guruh, toifa, razryad (turkum) ga guruhlanadi. Toifalar soni va nomi standart hamda barqaror bo‘ladi. Statistikada tasniflash iyerarxiya (quyi guruhning yuqori guruhga bosqichma-bosqich bo‘ysundirilishi) va fasset (ro‘yxatli) usulda amalga oshiriladi. Fasset usulida axborot obyekti parallel, bir-biriga bo‘ysundirilmagan fassetlar yordamida tasnifli guruhlarga ajratiladi. Masalan, aholi to‘g‘risidagi axborot klassifikatorida quyidagi fassetlar qo‘llaniladi: jinsi, yoshi, fuqaroligi, millati, tili va boshqa belgilari.
Moliya tasnifi – iyerarxik tasniflash, asosiy huquqiy va uslubiy hujjat bo‘lib, davlat moliyani tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijrosini nazorat qilish maqsadida davlat moliya tuzilmasiga kiruvchi moliyalar daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirilgan holda guruhlashdir. U milliy moliya ma’lumotlarini xalqaro standart tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslashni ta’minlaydi. XVF bir necha yil oldin moliyaviy ma’lumotlarni tarqatish hamda xalqaro tashkilotlarga taqdim qilishning prinsiplari va qoidalari ko‘rsatilgan xalqaro standartni qabul qilgan edi. Jahonning barcha davlatlariga mo‘ljallangan boshqa maxsus standartda jahon kapital bozoriga kirgan yoki kirish istagi bo‘lgan davlatlar moliyaviy va iqtisodiy ma’lumotlarni e’lon qilishda bir necha prinsiplarga rioya qilishi zarurligi ham ko‘rsatilgan .Bunda moliya-moliya ma’lumotlarining asosiy o‘lchamlari: ko‘lami, davriyligi va vaqti, jamoatchilik uchun tushunarli, ishonchli va sifatli bo‘lishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining jahon bozorlariga (ayniqsa, kapital bozoriga) kirishi, uning imkoniyatlaridan foydalanish va samarali tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish moliya-moliya sohasida ham xalqaro tasniflardagi prinsip va qoidalarga rioya qilishni taqozo etadi. XVF tomonidan tavsiya qilingan davlat moliyaning tasniflari tizimiga quyidagilar kiradi (markaziy hukumat uchun):

  1. daromadlar va grantlar tasnifi;

  2. xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi;

  3. xarajatlar va sof kreditlashning iqtisodiy tasnifi;

  4. moliya defitsitini moliyalashtirishning kreditorlar turi bo‘yichatasnifi;

  5. moliya defitsitini moliyalashtirishning qarz majburiyatlarituri bo‘yicha tasnifi;

  6. davlat kreditining kreditorlar (qarz egalari) turi bo‘yichatasnifi.

Markaziy hukumat (federal, respublika) moliya tasniflaridan tashqari XVF shtat, mintaqa yoki viloyat va mahalliy hukumat moliyaning tasniflari (A, B, C, D, E, F turlari) ni ham tavsiya etgan. O‘zbekiston Respublikasining «Moliya tizimi to‘g‘risida»gi qonunida 5 ta tasnif keltirilgan: Moliya daromadlari tasnifi; Moliya xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifi; Davlat moliya taqchilligini moliyalash manbalari tasnifi (Rossiyada 8 ta tasnif bor). Ko‘rinib turibdiki, XVFning davlat moliya tasniflar tizimidan soni va turlari bo‘yicha biroz farqlanadi. Bundan tashqari, mahalliy moliyalar uchun alohida tasniflar tizimi ko‘rsatilmagan XVF tasnifi tizimida davlat moliya (hamda mahalliy moliyalar) xarajatlarining tashkiliy tasnifi yo‘q, chunki barcha davlatlar bo‘yicha bunday tasnifni tavsiya qilish mumkin emas. XVFning amaldagi tasniflarini yanada batafsilroq ko‘rishga o‘tamiz.

Download 261.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling