I bob davlat moliya statistikasi


Davlat moliya ko‘rsatkichlari


Download 261.68 Kb.
bet3/12
Sana08.03.2023
Hajmi261.68 Kb.
#1253624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat moliyasi statistikasi






1.2. Davlat moliya ko‘rsatkichlari


Respublika davlat moliya statistikasi ko‘rsatkichlari moliya daromadlari, moliya xarajatlari moliyani moliyalashtirish ko‘rsatkichlari, davlat qarzi, moliya muassasalari soni va shtatlari ko‘rsatkichlari, moliyadan tashqari fondlar ko‘rsatkichlaridan tashkil topadi.
Davlat moliyaning daromadlari turli belgilarga ko‘ra tasniflanadi. Hozirgi vaqtda ularni to‘rt asosiy belgisiga ko‘ra tasniflash keng qo‘llaniladi.
Davlat moliyaning daromadlari tashkil topish manbalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar;

  2. aholidan olinadigan soliqlar;

  3. hukumatning qimmatli qog‘ozlarini sotishdan olingan daro-madlar;

  4. bank tizimining kreditlari;

  5. davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar;

  6. xorijiy mamlakatlardan va xalqaro tashkilotlardan olingan

kreditlar va moliyaviy yordamlar;
j) boshqa daromadlar.
Davlat moliyaning daromadlari undirish usuliga ko‘ra 2 ga bo‘linadi:

  1. soliqli daromadlar;

  2. soliqsiz daromadlar.

Davlat moliyaning daromadlari soliq turlariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

  1. korxonalar daromadi (foydasi) dan olinadigan soliq;

  2. jismoniy shaxslardan olinadigan soliq;

  3. qo‘shilgan qiymat solig‘i;

  4. aksiz;

  5. ekologiya solig‘i;

  6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

j) yerosti boyliklaridan foydlanganlik uchun soliq;
g) mol-mulk solig‘i;
i) yer solig‘i va boshqa soliqlar.
Davlat moliyaning daromadlari mamlakatning davlat tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Unitar davlatlarda:

  1. markaziy moliyaning daromadlari;

  2. mahalliy moliyalarning daromadlari.

2. Federal davlatlarda:

  1. markaziy moliyaning daromadlari;

  2. subyektlarning daromadlari;

  3. mahalliy moliyalarning daromadlari.

Davlat moliya daromadlari tasnifi O‘zbekistonda ham xalqaro standartlarga deyarli moslashtirilgan va quyidagilarga bo‘linadi (4.1rasm).
Davlat moliya daromadlari joriy va kapital turlarga ajratiladi.
Joriy daromadlar soliqli va soliqsiz daromadlardan tashkil topadi.

Download 261.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling