I bob etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va ahamiyati
I BOB ETNOPSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA AXAMIYaTI
Download 96 Kb.
|
MUNDARIJA
I BOB ETNOPSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA AXAMIYaTI.
1.1. Etnopsixologiya - ilmining fanlararo urganish sohasi sifatida. Millat va millat bilan bog`liq bo`lgan ko`plab omillar ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim rol uynab kelgan va bundan keyin ham uzoq davrgacha o`z ahamiyatini yo`qotmaydi. Olimlarning ko`rsatishicha ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining turli bosqichlarida to`rgan turt mingga yaqin millat, ellat va turli xalqlar mavjud ekan. Ularning har birini o`z tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bor. Ularni o`rganish millatlararo munosabatlarini tashkil qilishda, turli iqtisodiy, madaniy aloqalarni urnatishda katta yordam beradi. Lekin yaqin davrgacha bizning ijtimoiy fanlar tizimida milliy masalalar va unda psixologik omillarning to`tgan urniga yetarlicha baxo berilmay kelindi. Ayrim xollarda esa asossiz ravishda inkor etildi. Hatto ba’zi bir tadqiqotchilar milliy xususiyatlar, etnopsixologiya masalalarini o`rganishga shubha bilan qarashdi. Bunda ular etnopsixologiya masalalarini o`rganish bir xalqni maktab, ikkinchisini kamsitishga olib kelishi, irqchilik, millatchilikni kelib chiqishiga sabab bo`ldi, deb Havotirlanishdi. Bu xadiksirashda ma’lum asos ham bor edi. Etnopsixologiyaga oid ayrim tadqiqotlarda mualliflar o`z millatlarni xaddan tashqari kuklarga ko`tarib yuborish,boshqa qo`shni xalqlardan ustun quyish xollari bo`lganki, bu tabiy turli noroziliklarni tugilishiga sabab bo`lgan. Shuning bilan birgalikda xalqlarning voqelik va tabiatni idrok qilish, kiyinish, avlodlar tarbiyasi, avlodlar o`rtasidagi munosabatlardagi o`ziga xosligini hisobga olmaslik ham mumkin emas. Etnik o`ziga xosligini inkor etish, milliy munosabatlarda hisobga olmaslik turli salbiy munosabatlarni, hatto etnik nizolarni keltinrib chiqaradi. “Etnopsixologiya” - etnologiya va psixologiya fanlarining qo`shilishidan tashkil topgan bo`lib, grekcha “etnos” xalq, qabila, “psixologiya”- ruh ilmi, degan ma’nolarni anglatadi. Bu fan ma’lum millat va etnik birlik vakillarining o`ziga xos ruhiy qiyofasi, xulq-atvorining, zamonaviy termin bilan aytsak, “mentalitetini”o`rganadi. Har bir xalqka xos bo`lgan milliy xarakter, urf-odat va an’analar, milliy to`yg`ular va did (ta’b), etnik ong va milliy o`zini o`zi anglashni vujudga kelishi, namoyon bo`lishi, o`zgarishi va rivojlanishi kabi masalalar ham etnopsixologiyani o`rganish obyekti hisoblanadi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling