I bob etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va ahamiyati
Tabiiy geografik muxit va uning etnik xususiyatlariga ta’siri
Download 96 Kb.
|
MUNDARIJA
2.2. Tabiiy geografik muxit va uning etnik xususiyatlariga ta’siri.
Ma’lum bir millat vakillarining o`ziga xos idrok etishi fikrlashi va orzu-istaqlarini, ya’ni oliy ruhiy xususiyatlarini tushunish va tushuntirish, uning namoyon bo`lish sabablarini organizmning, miyaning tuzilishidan emas, balki yuqorida aytganimizdek, xalqning tarixiy taraqqiyoti, uni urab to`rgan tabiiy muhitning shart-sharoitlaridan kidirish kerak. Turli ijtimoiy tizim va iqtisodiy ukladlar taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lgan amaliy faoliyat shakllari turli ruhiy jarayonlar tizimining shakllanishini belgilab beradi. Shuning uchun ham turli tarixiy davrlarda, ijtimoiy to`zumda yashayotgan xalqlar bir-biridan faqat ongning mazmuni bilangina farqlanib qolmasdn, shuningdek, faoliyat shaklining tuzilishi jihatidan ham farqlanadilar. Ko`p sonli ijtimoiy psixologik eksperimentlarda mashhur psixolog A.R.Luriya ko`p ruhiy jarayonlar, ayniqsa, oliy ruhiy faoliyat jarayonlari-tasavvur va mavxumlash, ijodiy xayol insonlarning biologik xususiyatlari bilan bog`liq bo`lmay, balki ancha taraqqiy etgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli ekanligini ko`rsatib berdi. Amaliy ko`rgazmalik ustun bo`lgan xatti-harakatlar bir muncha sodda ijtimoiy-iqtisodiy uklad sharoitlarida tafakkurham sodda amaliy faoliyatni aks ettirish xarakteriga ega ekanligini ko`rsatib berdi. O’tkazilgan ko`plab tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, faqat murakkab bilish jarayonlari bilan bog`liq bo`lgan ruhiy jarayonlargina emas, balki nisbatan oddiy jarayonlar va funksiyalar ham hayotiy tajribalar va ijtimoiy-tarixiy jarayonlar asosida vujudga kelar edi. Miya o`z-o`zidan, tashqaridan kelayotgan informasiyalarsiz fikrlay olmaydi. Psixolog P.P.Blonekiy aytganidek, “Bum-bush boshda fikr bo`lmaydi”. Ijtimoiy-tarixiy, iqtisodiy shart-sharoitlar inson faoliyatini belgilaydi. U esa o`z navbatida ruhiy jarayonlar va ongning mazmun va mohiyatiini belgilaydi. Turli davrlarda, zamonlarda yaratilgan mehnat mahsulotlarida usha davr va zamon odamlarining bilimlari va imkoniyatlari o`z aksini topgan bo`ladi. Zero, mehnat jarayonida subyekt obyektga kuchadi, insonning kuch va qobiliyatlari u yaratayotgan narsalarda gavdalanadi. Shuning uchun ham psixologlar turli tarixiy davrlarda yashagan kishilarning ruhiy xususiyatlarini, davr ruhini, ular yaratib qoldirgan faoliyat mahsulotlarini o`rganish orqali bilib olishi mumkin. Nemis xalqi tarixining ma’lum bir davrida, deb yozgan edi F.Engels - amaliy faoliyat bilan shugullanish uchun obyektiv shart-sharoitning yo`qligi, millatning ukimishli kishilarini o`z kuch va qobiliyatlarini falsafa sohasiga burib yuborishiga olib keldi va shuning uchun ham XVIII-XIX asrlarda mavxumiy (abstrakt) fikrlashga moyillik nemis xalqi xarakterining tipik xususiyati bo`lib q`olgan. Demak, millatning ukimishli kishilari faoliyat turini ham mamlakat hayotidagi tarixiy jarayonlar belgilar ekan. Har bir xalqning tarixi va takdiri o`ziga xos kechadi. Agar xalq tarixini va uning psixologik xususiyatlarini bir-biriga solishtirsak, biz etnopsixologik xususiyatlar xalq tarixini chuko`r aks ettirishni ko`ramiz. Yuqorida zikr qilganimizdek, etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishida tabiiy muhit ham ma’lum ta’sir ko`rsatadi. Geografik va iqtisodiy sharoitlarning o`xshash bo`lmasligi, etnik jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan ikki qo`shni va qardosh xalq-o`zbeklar bilan qozoqlarning psixologik qiyofasida ma’lum tafovutlarni vujudga keltirib chiqardi. Ma’lumki, o`zbeklarning asosiy q`ismi dehqonchilik va bogdorchilik bilan shugullanish imkoniyati mavjud bo`lgan voxalarda joylashganlar. Yerga xususiy mulkning vujudga kelishi, yerdan intensiv ravishda foydalanish, dehqonchilik mahsulotlarini ko`plab yetishtirishga olib keldi. Bundan tashqari o`zbeklar yashaydigan yirik shaharlarning garbdan sharkka, janubdan shimolga utuvchi katta qarvon yo`llarida joylashgan bo`lishligi, bu yerlarda faqat dehqonchilikni emas, shuningdek, pul-tovar munosabatlarini, turli xil xunarmandchilikni, qo`shni xalqlar bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlanishga olib keldi. XV-XVI asrdayok Buxo`ro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Qo`qon, Xo`jand kabi yirik shaharlar Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya, Arabiston kabi mamlakatlar bilan keng savdo-sotiq ishlarini olib borishar edi. Bo`larning hammasi o`zbek xalqining hayot tarziga va psixologiyasiga o`z aksini tushirgan edi. qo`shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq va boshqa iqtisodiy-madaniy aloqalarni qizg`in olib borilishligi, ulardan xushmuomilalik, xushtabiatlik, Hozirjavoblik, tadbirqorlik kabi xususiyatlarni talab etadi. O`zbek xalqining hayoti va turmush tarzini o`rgangan tadqiqotchilarning barchasi o`zbeklarga xos bo`lgan ochiqyuzlik va xushmuomilalikni ta’kidlab ko`rsatishgan edi. O`zbeklarga xos bu xususiyatni qozoq adabiyotining klassigi Abay ham ta’kidlab ko`rsatib, iltifotlilik, xushmuomilalik-bo`larning hammasi sartlardadir, deb yozgan edi. O`zbeklarning bir necha asrlar dehqonchilik bilan shugullanib kelishi, ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo`lgan yerga nisbatan ularda tejamkorlik va omilkorlikni vujudga keltirdi. N.Jondildin qozoq xalqiga xos bo`lgan ayrim vazminlik, kamsukumlikni xo`jalik yurgizish xususiyatlari bilan bog`liq, deb ko`rsatadi. Ular butun umr bo`yi chorvachilik bilan shugullanib, bu ularning xo`jflik hayotining deyarli butun q`ismini tashkil qilib qoldi. Axolini tarkok xolda joylashishi, ular o`rtasida aloqa urnatishni qiyinlashtirar, ular Hatto uzoq-vaqt davomida yolgiz yashashlikka majbur bo`lardi. Bu esa ularda yuqorida aytilganidek, o`zaro muomalada kamgaplik, hatto o`zining eng nozik va qaynoq to`yg`ularini bayon etishda vazminlikni ko`rsatishni vujudga keltirdi. Shunday qilib ikki qardosh va qo`shni xalq-o`zbeklar va qozoqlar o`zlarning uzoq iqtisodiy va madaniy aloqalariga, etnik jihatdan yaqinligiga, tilining o`xshashligiga qaramay, yuqoridagi sabablar orqali butun xususiyatlari bilan farq qiluvchi ikki millat bo`lib shakllandi. Tabiiy-geografik omillarning obyektiv ta’sirlarini xolislik bilan o`rganish, hech qanday irqchilik va millatchilik nazariyalarni keltirib chiqarmaydi. Shu narsa ma’lumki, serunum yer, mo`tadil iqlim va boshqa qulay tabiiy sharoitlar, ko`p jihatdan ishlab chiqarishning rivojiga, axoli sonining usib borishiga ta’sir ko`rsatadi. Aksincha, masalan, shimoldagi va tropik mamlakatlardagi elatlar va xalqlar tarixiy taraqqiyotda nisbatan mo`tadil iqlim sharoitlariga ega bo`lgan xalqlardan orqada qolib ketishgan. Agar shimolning qattiq sovuq tabiati dehqonchilik qilishga va sanoatni rivojlanishiga monelik qilgan bo`lsa, tropik iqlimdagi zaminning sermahsulligi kishilarni dangasa va tarallabedodchi qilib, bir etnograf so`zi bilan aytganda, kishini xuddi bolalarga o`xshash ojiz, nomustaqil qilib, uning taraqqiy etishini tabiy zarurat qilib kuymaydi. Shu narsani paykash qiyin emaski, deb yozadi etnograf Yu.V.Bromley-sotsial-iqtisodiy, geografik va boshqa shart-sharoitlarni ta’siri natijasida mehnatsevarlik kabi xususiyat hamma xalqlarda ham bir xil namoyon bo`lavermaydi. Tabiiy muhitning o`ziga xosligiga ko`ra, kishilar yashashi uchun zarur bo`lgan narsalarga erishishda uchraydigan qiyinchiliklarni turlicha yengib o`tadilar. Psixolog I.S.Konning yozishicha, Yangi Gvineyaning ichqarisida va nisbatan Yevropa ta’siri kam yetib borgan joylarda yashaydigan papuaslar qulay iqlim sharoitlariga va tabiatning mul-qo`l ne’matiga ega bo`lganligi uchun ham ba’zi qiyin sharoitda yashaydigan kishilarga o`xshab, ertaning tashvishi bilan yashashga o`rganmaganlar. Shuning uchun ham ular faqat kundalik ehtiyojlarini qondirish uchungicha mehnat qilishadi. Ko`plab narsa ishlab chiqishga va gamlab quyishga harakat ham qilishmaydi. Ularning nazdida kim qo`yib pishib ko`p ishlasa, ochko`z va yomon odam hisoblanadi. Shunga ko`ra ularning iqtisodiy, madaniy rivojlanishi ham ishlariga yarasha va darajada. Qayerda ishlab chiqarish yuqori saviyada tashkil qilinmagan bo`lsa, mehnatkashlik bo`lmasa, u yerda ijtimoiy, tarixiy rivojlanish ham bo`lmaydi. Rivojlangan qaysi bir mamlakatni olib ko`rmang, shu yerda mehnatga munosabat, mehnatkashlik juda yuqori darajada ekanligini ko`ramiz. Tabiiy-geografik muhitni ta’siri qanchalik sezilarlik bo`lmasin, biroq etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishida uning yetakchi omil qilib quyish to`g`ri emas. Shuning bilan birga, uning rolini mutloq inkor etish, yoxud ortiqcha oshirib yuborish ham noto`g`ri xulosalar qilishga olib keladi. Psixolog S.L.Rubinshteyn ko`rsatganidek, “ruhiy xususiyatlarning shakllanishini birgina tabiy sharoitlar, yoki ijtimoiy muhit bilangina asoslab tushuntirish mumkin emas. Bo`larning qaysi birini bo`lmasin mutloqlashtirish masalasini barbod bo`lishga maxkum etadi” (S.L.Rubinshteyn. Butiye soznaniye. V kn. “Xrestomatiya po psixologii. M., 1977, str.49).
Bola hayotining birinchi kunidan boshlabok ixtiyorsiz xolda o`zi dunyoga kelgan muhitdaga turli-tuman ta’sirlar va taassurotlar ostida shaklana boshlaydi. Bolaning biologik va ruhiy jihatdan rivojlanishi uchun ta’sir etayotgan bu informasiyalar, turli sotsial muhit va geografik sharoitlarda bir xil bo`lmaydi. Mana shu turli xil muhit va informasiyalarining turfa xilligi bir-biriga o`xshamaydigan xalqlarni yaratadi. Garchi har bir inson ma’lum darajada mustaqil yashash va faollik ko`rsatishiga ega bo`lsa ham, lekin hayotda u faqat o`z hohishi va tushunchasi bilan yashab qolmay, shuning bilan birgalikda o`zi yashab to`rgan sotsial muhit va o`zi mansub bo`lgan xalqning tajriba, bilim va e`tiqodlarini ham o`zlashtirib boradi. Chunki odam o`zi yashab to`rgan sotsial muhitdan butunlay chiqib ketib yashay olmaydi. Bola faqat milliy muhitda yashab to`rgandagina shu millat va elatga xos bo`lgan xususiyatlarni egallab, ayni millat vakili bo`la oladi. Bolaning ontogenetik taraqqiyoti davrida tashqi xatti-harakatlarni botiniy ya’ni, “Aqliy” xususiyatlarga aylanishi davrida unda milliy psixologik qiyofa asoslari shakllana boshlaydi. Individning ijtimoiylashishi, milliylashishi ona tilini o`zlashtirish bilan boshlanadi. Milliy tilni bilmaslik, etnik muhitdagi jarayonlarni, tilda ifodalanayotgan holat va hodisalarning mohiyatlarini anglab olishga tusqinlik qiladi. Chunki fikr ifodasi uchun ishlatiladigan so’zlarda milliy o’ziga xoslik bo’ladi. Tafakkurbilan til va nutq o’zaro bog’lik bo’lganligi uchun, ruscha tili chiqqan bolalarning fikrlash malakasi ham ruscha bo`lib o’zbeklarnikidan farqlanadi. Chunki insonning tafakkur tarzi nutqida, tilda reallashadi, moddiylashadi. Ular o`zbekcha gaplashishga o`rganganlaridan keyin ham, ruscha fikrlab, o`zbekcha gapirishga harakat qiladi. Ruscha tafakkurtarzi bilan o`zbekcha gapirish juda qiyin. Boshqa millat vakili voqelikni o`zbekning ko`zi bilan ko`rib o`zbekona tafakkurtarzi bilan idrok eta olgandagina, u chinakamiga o`zbekcha fikr yuritib, o`zbekcha gapira boshlaydi. Yuqorida aytib o`tkanimizdek, ko`rgan narsalarni idrok etish va mazmunini tushunib yetish miyaning tugma xususiyati bo`lmay, bu xususiyatni u turmush tajribasi asosida xosil qiladi. Shuning uchun ham turli tabiiy sharoitlarda va sotsial muhitda yashab voyaga yetgan kishilar, turli hodisa va voqealarni idrok etishda o`ziga xos sotsial-psixologik xususiyatlarga ega bo`lishadi. Olib borilgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki Afrika kit’asidagi ijtimoiy taraqqiyotda qolib ketgan ba’zi qabila bolalari tajriba bilan bog`liq bo`lgan, amaliy ahamiyatga ega bo`lgan narsalarni, hodisalarni esda olib qolishda ajoyib xotira namunalarini ko`rsatishgan. Ular ov qilinadigan sukmoklarni topish, yovvoyi xayvonlar izini farqlash, urmon ichida oriyenirovka qila olishlik kabi vazifalarni bajarishda yevropalik tengdoshlariga qaraganda bir muncha ustunlik qilgan xolda, geometrik shakllarni deyarli farqlay olmaganlar. Inson sotsial zot sifatida ma’lum milliy muhitda shakllanib borar ekan, shu sotsial muhitda mavjud bo`lgan munosabatlarni, milliy xususiyatlarni o`z-o`zidan stixiyali ravishda o`zlashtirmasdan, balki shu jamiyatda kabo`l qilingan ma’lum ta’lim-tarbiya tizimi orqali, sekin-asta o`zlashtirib boradi. Har bir avlod vakillari ajdodlaring turmush tajribalarini, til va madaniy xususiyatlarini o`zlashtirib, millat uchun umumiy bo`lgan shart-sharoitlar ostida usib, tarbiyalanib borishi natijasida ularning barchasida shu millatga xos bo`lgan umumiy psixologik hislatlar shakllanadi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling