I bob etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va ahamiyati


II BOB ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARNI ShAKLLANTIRUVChI OMILLAR


Download 96 Kb.
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi96 Kb.
#200242
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUNDARIJA

II BOB ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARNI ShAKLLANTIRUVChI OMILLAR.

2.1. Siyosiy- iktisodiy va jamiyatdagi ijtimoiy omillarni roli.

Yuqorida ko`rdikki, ayrim tadqiqotchilar va mualliflar etnopsixologik xususiyatlarning real mavjudligini inkor etdilar yoki uni tekshirish uchun qiyin obyekt ekanligidan zorlandilar. To`g`ri, etnopsixologik xususiyatlarni o`rganishdagi qiyinchi-liklarni inkor etib bo`lmaydi. Lekin shu bilan birga u real mavjudmi yoki yo`qmi, degan savolni quyilishi ortiqcha, deb o`ylaymiz.

Etnopsixologik xususiyatlar o’zining kelib chiqishi jihatidan xalqning butun o’tmishi, hayot tarzi va tarixi bilan bog’lanib ketgan bo’lib, bu xususiyatlar millat shakllanmasdan avvalroq vujudga kela boshlagan bo’ladi. Ma’lumki, millat etnik birlik taraqqiyotining eng yuqori bosqichida vujudga keladi. Etnopsixologik xususiyatlarning ayrim belgilari kishilar birligining hamma tarixiy davrlariga ya’ni urug`, qabila, ellatlarga ham xosdir. Etnopsixologik xususiyatlar ayrim tadqiqotchilar ko`rsatganidek, faqat bir omil-tabiiy muhit ta’siri bilangina vujudga kelib qolmay, uning vujudga kelishida uchta omil ta’sir ko`rsatadi.

Birinchi omil bu - siyosiy-iqtisodiy va jamiyat hayotida bo`layotgan ijtimoiy jarayonlar tizimi bo`lsa, ikkinchisiga , shu etnik birlik yashab to`rgan tabiiy-geografik muhitning xususiyatlari kiradi. Uchinchi omilga esa xalq hayotida bo`lib o`tgan muhim tarixiy hodisa va voqealar kiradi.

Lekin shuni aytish kerakki, etnopsixologik xususiyatlar tizimida kishilar ruhiyatining mazmunini, avvalo birinchi omil-siyosiy-iqtisodiy, o`zgarishlar belgilab beradi. Tabiiy-geografik omil esa asosan etnopsixologik qiyofaning tashqi ifodalarini belgilaydi. Shuning uchun ham bu omil ko`zatayotgan kishi nazariga birinchi omilga qaraganda yaqqol namoyon bo`ladi.

Xalq hayotida bo`lib o`tgan muhim tarixiy voqealar so`zsiz uning psixologik qiyofasida uchmas iz qoldiradi.

Tabiatdagi ayni bir voqeliklarning doimiy ta’siri natijasida kishilar bu voqelikdagi xususiyatlarni boshqa sharoitda yashayotgan etnik guruh vakillariga qaraganda chuko`rrok idrok qilishga o`rganib qoladilar. Chunki tashqi muhit bizning sezgi a’zolarimizga behisob informasiyalar, ya’ni xilma-xil taassurotlar yuborib turadi. Natijada evolyusion taraqqiyot davomida, tanamizda shu tashqi muhit bilan adekvat (mutanosib) munosabatni ta’min ettiruvchi neyro-fiziologik mexanizm shakllanadi. U kishilarning sezgi va idroklarida namoyon bo`ladi. Shuning uchun u yoki bu xalqka xos stereotip xatti-harakatlarni, idrok xususiyatlarini tashqi muhitga moslashuvining oliy ko`rinishi, deb hisoblash kerak.

Tashqi muhitning doimiy ta’sirida vujudga kelgan ruhiy xususiyatlar bu taassurotlarning butun sistemasi (tizimi) ni emas, balki uning uchun muhim bo`lgan va utmish tajribasida sinalgan, mustahkamlanib q`olgan tomonlarnigina aks ettiradi.

Tashqi olam ta’siri kishi miyasida urnashib hislar, fikrlar, hohish, irodani namoyon bo`lishi... xullas, ideal orzu-tilak tarzida aks etadi va xuddu shu ko`rinishda, ideal kuchlar bo`lib qoladi, deb ko`rsatgan edi E.Fridrix.

S.I.Korolevning yozishicha, shakllangan etnopsixologik xususiyatlar ma’lum darajada muxofaza qiluvchi mexanizm rolini uynaydi. U xuddi galvirdek, yot narsalarni ajratib, uni yo kabo`l qiladi yoki shu xalqda mavjud bo`lgan normalar asosida qayta ishlab beradi, yoxud uni inkor etadi (S.I.Korolev. Voprosu etnopsixologii...98-bet).

Atrofdagi voqelikni, hodisalarni o`ziga xos ravishda idrok qilish, tasavvur va fikr qilish va ularni tab va to`yg`ular, urf-odat va an’analar, xarakter tarzida namoyon bo`lishi etnopsixologiyaning qaytarilmas, betakror xususiyatlari hisoblanadi.

“Yaponiyaga birinchi marta kelib q`olgan yevropalikni, - deb o`zadi I.S.Kon, - Yaponiyalikning faqat xursand bo`lgandagina emas, Hatto unga tanbeh berganda ham, yoki sizga biror kayguli narsa, masalan, ulim to`g`risida gapirayotganda ham qo`limsirab gapirishi, taajjubga, Hatto xijolatga tushurib qo`yadi. Tajribasiz odam buni beorlik, surbetlik yoki raxmsizlik, deb hisoblaydi. Aslida qo`limsirash bu yerda boshqacha ramziy mazmunga ega: bu bilan u ogir vaziyatni yengillashtirish, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishlikka tayyor ekanligini ta’kidlash va shu kabi mazmunni bildiradi”. (I.S.Kon. K probleme nas. har. v. kn. Ist. i psixologii, 130 s).



Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling