I bob etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va ahamiyati
Download 96 Kb.
|
MUNDARIJA
1.2. Etnopsixologiyaning predmeti;
Tadqiqotchilar tomonidan etnopsixologiya masalalarini o`rganishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishilgan bo`lsa ham, lekin uning ko`p muammolari xali o`zining yechimini to`la topgan emas. Shulardan biri - milliylik va baynalminallik xususiyatlarining o`zaro munosabatidir. Millat, sinflar va turli ijtimoiy guruhlarni o`rganishda faylasuflar, sotsialog va tarixchilar, asosan, ularning moddiy va ma’naviy madaniyati, tarkibi, ijtimoiy munosabatlariga etiborni qaratgan bo`lsalar, psixologlar esa, shaxs psixologiyasini o`rganish bilan cheklanib qolishgan. Ayrim psixologlar esa (S.L.Rubinshteyn) umuman ijtimoiy va etnopsixologiya fanlarining mavjud bo`lishligini shubha ostida olgan. Etnopsixologik muammolarni tadqiq etuvchi jaxon olimlarining juda ko`pchiligi, bu muammolarni o`rganish qiyin ekanligini, bu sohada uchraydigan murakkabliklarni takidlashadi. Chunki etnopsixologik xususiyatlari empirik tadqiq etish qiyin. Barcha murakkabliklarni kamrab oluvchi metodlar yaratilmagan. Boz ustiga bir mamlakatda, boshqa bir madaniyatni o`rganish uchun yaratilgan metodlar, ikkinchi bir xalqlarni o`rganishda natija bermasligini, Hatto, qarama-qarshi ko`rsatkich berishi mumkin. Bu sohadagi muammo yana shundaki, bir etnos ichidagi turli sinflar, sotsial guruhlarda milliy xususiyatlarning namoyon bo`lishi ma’lum darajada bir biridan farqlandi. Shuning bilan birgalikda, tadqiqotchi etnik psixologiyadagi o`ziga xoslik, boshqa etnik guruhlardan farq qiluvchi maxsuslik va umumiylik tomonlarni ochib bera olishi kerak. Va nixoyat, etnopsixologik xususiyatlar qotib q`olgan, o`zgarmaydigan narsa emas. Ular ma’lum bir ijtimoiy o`zgarishlar natijasida, ayrim bir xususiyatlarini o`zgartirishi, yangi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi hislatlarni xosil qilishi mumkin. Konkret odam ruhiyatining etnik xususiyatlarini o`rganishga qadim vaqtlardan buyon katta diqqat-e’tibor berib kelishgan. Bu qiziqish, ayniqsa, keyingi yillarda xududiy, turli milliy, etnik nizolar va tuknashuvlarning kuchayib ketayotganligi bois yanada ortdi. Boshqa xalqlarga, etnik guruhlarga xos bo`lgan ruhiy xususiyatlarni, qo`shni qabilalarning yashash tarzini o`rganishga bo`lgan qiziqish qadim vaqtlardayok bir qancha amaliy ehtiyojlar, avvalo iqtisodiy, savdo-sotiq va harbiy maqsadlar natijasida vujudga kelgan. Antik dunyo sayyox va savdogarlari uzoq yurtlarga qilgan safarlardan qaytgach, xo`rijiy xalqlarning yashash sharoitlari, urf-odatlari,kishilar o`rtasidagi munosabatlar, ularning kiyinishi, qanday Ovqatlar tanovvul qilishi, bu mamlakatdagi ijtimoiy- siysiy to`zum, xayvonot olami va boshqa narsalar haqida o`z vatandoshlariga ajoyib va garoyib narsalardek so`zlab berishgan. Qadimgi dunyo mutafakkirlari Aristotel, Gerodot, Gippokrat, Demokrit, Pifagor va boshqalar barcha ijtimoiy va psixologik hodisalarni tushuntirib berish uchun yagona bo’lgan umumiy tamoyillarni, nazariyalarni qidirib topishga, xususan, xalqlarning turli psixologik xususiyatlariga ega bo’lishining sabablarini tushuntirib berishga harakat qiladilar. Etnopsixologik xususiyatlarning vujudga kelishini ular asosan, tabiy-geografik muhitning ta’siri bilan bog`lab tushuntirdilar. Masalan, qadimgi dunyoning buyo`q mutafakkiri Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-375) o`zining “Havo, suv va quruqlik”, degan asarida xalqlarning turli ruhiy va jismoniy xususiyatlarni bevosita iqlim sharoiti bilan bog`lagan xolda tushuntirib berdi. Xalqlarning xarakter va temperament xususiyatlarining vujudga kelishini ular iste’mol qilayotgan ozik-Ovqatlar bilan bog`lab tushuntirishga ham urinishlari bo`lgan. Mashhur matematik va faylasuf Pifagor (eramizdan avvalgi 570-500) ning tushuntirishiga qaraganda, xayvon gushti va yogini ko`p iste’mol qilinishi, xalqlarda qattiqqo`llik va dagallikni vujudga keltiradi. Aksincha, usimlik mevalari va sabzavotlarni mutassil iste’mol qilinishi esa tana faoliyatini suslashtirib, odamlar tabiatini muloyimlashtiradi. Antik dunyoning buyo`q aql egasi Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 y) , xaddan ortiqcha issik yoki sovuq iqlim sharoitida yashaydigan xalqlar qattiqqo`l, shafkatsiz bo`lishadi, deb ishongan. Buyuq bobomiz A.R.Beruniy “Osori boqiya” (Abadiy qadriyatlar) asarida turli xalqlar: qadimgi greklar, eroniylar, sugdlar, xo`razmliklar, xristianlar va dinlar, yaxudiylar, musulmonlarning ruhiy xususiyatlari va ularning eralarini boshlanish sabablarini ko`rsatib bergan. U bu xalqlarning ma’lum davrlar ish vaqtlarga to`g`ri keladigan mashhur bayramlari, xotira kunlari, hamda bir xalqni ikkinchisidan farqlantiradigan urf-odatlari, turli xalqlar qo`llayotgan yil hisoblash usullari, oy va yillarning farqi kabi masalalarni bayon qilib bergan. Turli xalqlarga xos xususiyatlarni o`rganish uchun Beruniy o`ziga xos ilmiy metod yaratadi. Buning uchun, deb ko`rsatadi u, qadimgi xalqlar rivoyatlarini hamda utmish avlodlar to`g`risidagi ma’lumotlarni bilishi lozim. Shuning uchun “Muqaddas kitob” larga amal qiluvchi xalqlar, muayyan aqidalarga rioya etuvchi dinlar, mazxablarga e`tiqod kuyganlar izidan borishga to`g`ri kelishligini ko`rsatadi. Bunda ularning turli qarashlari asos qilib olinadi va isbot qilish maqsadida keltirilgan so`z, fikrlarni va faktlarni bir-biri bilan solishtirib ko`rish lozim. Shu yo`l bilan olingan ma’lumotlarni, ularga qo`shilib ketgan afsonalardan tozalash kerak bo`ladi, deydi. Beruniy o`zining mashhur “Xindiston” asarida xindlarning dini va tafakkurqilish xususiyatlari, diniy va dunyoviy hayoti bilan bog`liq bo`lgan urf-odatlari, ularning xudolarga ishonishlari, materiya va shakl, jonning kuchib yurishi, do`zax va jannat haqidagi tasavvurlari bayon qilingan. Xalqlarning psixologik xususiyatlarni iqlim va boshqa tabiiy omillar bilan bog`lab tushuntirish keyingi davrlarda yashab ijod qilgan XVII-XIX asr mutafakkirlari-Monteskye, J.J,Russo, Didro, Gumboldt, shuningdek, Hozirgi davrdagi ayrim tadqiqotchilar faoliyatida ham uchraydi. Sotsialogiyadagi “geografik determinizm” oqimining asoschilaridan biri-fransuz ma’rifatparvari Sh.Monteskye (1689-1755 y) ham xalqlar o`rtasidagi ruhiy tafovutlarni asosan, kishilar tanasiga doimiy ta’sir etadigan turli-tuman tabiiy-iqlim natijasi, deb tushuntiradi. Uning fikricha, iqlim va zamin xalqlarning axloq normalarigagina ta’sir etib qolmasdan, shuning bilan birga davlat siyosatiga, madaniy taraqqiyot darajasiga “psixologik qiyofa” siga ham kuchli ta’sir ko`rsatar ekan. Iqlimning rolini xaddan tashqari oshirib yuborish natijasida Monteskye sovuq iqlimda yashaydigan xalqlar chidamli, bakuvvat, issik iqlimda yashaydigan xalqlar esa jismoniy jihatdan zaif va oniz bo`lishida, degan xulosaga keladi Iqlim sharoiti ta’sirida inson tanasida bo`ladigan fiziologik jarayonlarni ijtimoiy-siyosiy hodisalar va axloq normalari vujudga kelishi uchun moddiy asos qilib olinishi, biologik va sotsial konuniyatlarni bir-biri bilan chalkashtirib yuborish hisoblanadi. Bu esa oxir oqibatda ijtimoiy-tarixiy hodisalarni tushurib berishda noto`g`ri xulosalar qilishga olib keladi. Iqlimiy omillarning rolini oshirib yuborish etnik xususiyatlarni o`zgarmaydigan va doimiy bo`lgan hodisa, degan xulosa qilishga olib keladi. Vaxolanki, ko`rramiz iqlimida keyingi yuzyilda deyarli keskin o`zgarishlar sodir bo`lmagan bo`lsa ham, insonlar hayotida katta ijtimoiy-tarixiy o`zgarishlar bo`lib utdi, bu o`zgarishlar o`z navbatida xalqlarning psixologik qiyofasida ham katta o`zgarishlar bo`lishiga olib keldi. Shuning bilan birgalikda etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishida tabiy-geografik muhitning rolini ham butunlay inkor etib bo`lmaydi. Geografik joylashish urni va iqlim sharoiti xalqning yashashi uchun zarur bo`lgan shart-sharoit sifatida uning iqtisodiy rivojlanishida, psixologiyasining shakllanishida ma’lum rol uynaydi. U yoki bu mamlakatdagi ishlab chiqarishning rivojlanishi, xo`jflik yuritish xususiyatlari va hayot tarzi ko`p jihatdan tabiy-iqlim sharoitlari bilan belgilanadi. Lekin ijtimoiy tizim va tarixiy o`zgarishlar mamlakatning geografik joylashishiga, tabiy sharoitlariga bog`liq xolda vujudga kelmaydi. XX asrda Yevropada yangi bir g’oya-”xalq ruhi” keng tarqala boshlandi. Bu g’oyaga ko`ra har bir xalq, etnik guruh avvaldan instintiv ravishda berilgan o`z “ruhi” ga ega ekan. Har bir irq, xalq ma’lum anatomik tuzilishiga ega bo`lgani kabi o`z ruhiga ham ega bo`lib, u xalq takdiri va kelajagini belgilab turadi. Bu ruh xalqning siyosiy to`zumini, e`tiqod va ishonchni, diniy qarashlarini boshqarib turadi. “Xalq ruhi” nazariyasining to`la bayoni, ayniqsa, Gegel falsafasida o`z aksini topdi. Gegel har bir xalqning utmishi va kelajagini mana shu “Mutloq ruh” bilan bog`lab tushuntiradi. Turli xalqlarning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, Hatto irqiy tafovutlarining asosini ham shu “ruh” tashkil etadi, deb ko`rsatadi. Shunga ko`ra u ayrim Osiyo xalqlari to`g`risida bo`lmagur fikrlar bayon etgan xolda, nemis millatini eng oliy irq va tarixiy utmishga ega bo`lgan millat, deb davo qilib chiqadi. Xitoy xalqi to`g`risida “ular hamma ma’naviy narsalar - erkin aqlok-odob, yksak to`yg`u, diniy e`tiqod va haqiqiy san’at hislatlaridan maxrum”, deb yozadi (Gegel. Soch., t. 8. M., 1935, s.131). Nemis faylasufi M.Losarus va tilshunosi G.Shteyntallar 1859 yilda “Xalq psixologiyasi va lingvistikasi jurnali” ni chop eta boshladilar va birinchi marta “Xalq psixologiyasi”, degan terminni muomalaga kiritib, xaqli ravishda etnopsixologiya fanining asoschilari bo`lib qolishdi. Etnopsixologiya masalalarini tadqiq etishda nemis psixologi V.Vundtning katta xizmatlari bor. 1900 yilda uning “Xalqlar psixologiyasi”, degan 10 tomlik asari bosilib chiqdi. V.Vundt qarashlarining muhim tomoni shundaki, u etnopsixologik xususiyat-larning shakllanishi va rivojlanishini tarixiy jarayonlar, ijtimoiy hodisalar asosida tushuntirib berishga harakat qildi. Masalan, u nemis xalqining psixologik xususiyatlarini tahlil qilganda, ular xarakterida tadbirqorlik, har bir ishni hisob-kitob bilan qilishlik, batartiblik va Vatan oldidagi burchni yaxshi his qilish kabi ijobiy hislatlar bilan birgalikda boshqalarga ko`r-ko`rona ergashish va taqlid qilishlik ham borligini ko`rsatib o`tadi. Bu kamchilikning vujudga kelishida Germaniyaning siyosiy faoliyatida Yevropadagi boshqa mamlakatlarga qaraganda keyinrok maydonga chiqishi va Germaniyada o`rta asrchilik diniy mutaasiblik bilan yangi davr o`rtasidagi uzoq yillar mobaynida davom etgan ko`rash natijasi bo`lib, bu tarixiy jarayon nemislarning psixologik qiyofasiga o`z ta’sirini ko`rsatgan, deb yozadi. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanib borishi natijasida tashqi bozorga ehtiyoj va ijtimoiy hayotda ro`y berayotgan katta o`zgarishlar sotsialoglar, etnograflar va psixologlar oldiga turli xalqlar, sinflar, ijtimoiy qatlamlar psixologiyasini, omma va olomonga xos bo`lgan ruhiy xususiyatlarni atroflicha o`rganish vazifasini qo`ydi. Natijada bu davrga kelib etnopsixologiya muammolarini o`rganish ancha rivojlandi.
Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling