I-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Yirik bо‘lakli yarim tayyor mahsulotlar


Download 0.59 Mb.
bet9/34
Sana04.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1425323
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
GO\'SHDAN TAOMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

Yirik bо‘lakli yarim tayyor mahsulotlar. R o s tb i f —- paylardan tozalangan pushtimag‘izning lahm joyidan tayyorlanadi. Bu yarim tayyor mahsulot yо‘g‘on yoki ingichka taliqdan tayyorlanadigan bо‘lsa, bir necha yeridan paylari va pardalari yuzaki kesilishi kerak.
Pishiriladigan gо‘sht— sonning son, tashqi, yon qismidan, qо‘l, qо‘l osti, tо‘sh, qovurg‘a qismlaridan 1,5—2,5 kg dan tayyorlanadi.
Porsiyalangan yarim tayyor mahsulotlar. Bifshteks— pushti mag‘izning bosh qismidan tо‘g‘ri burchak ostida, porsiyasiga bir bо‘lakdan qalinligi 2—3 sm shayba shaklida qilib kesiladi. Bir oz tо‘qmoqchada uriladi.
Bir oz yumshatilgan bifshteks sonning yuqori yoki ichki qismidan kesilib ikki yoqlama yuzaki paychoqlari chopiladi yoki yumshatuvchi mashinadan о‘tkaziladi.
File pushtimag‘izning о‘rta qismidan, porsiyasig‘a bir bо‘lakdan, qalinligi 4—5 sm. qilib, tо‘g‘ri burchak ostida kesilib, silindr shakli beriladi.
Langet. Pushtimag‘izning ingichka qismidan 40—45° burchak ostida, qalinligi 1,0—1,5 sm qilib oval shaklida kesiladi. Tо‘qmoqchada bir oz uriladi. Porsiyasiga 2 bо‘lakdan ishlatiladi.
Antrekot. Yо‘g‘on yoki ingichka taliq qismidan 1,5—2 sm qalinlikda kesilib, tо‘qmoqchada bir oz uri­ladi, paylari va pardalari' kesilib, uzunroq oval shaklida tayyorlanadi.
Tо‘qmoqlab tayyorlangan zrazi. Son­ning yon va tashqi qismidan 1,0—1,5 sm qalinlikda kesilib tо‘qmoqchada uriladi, bir chetdan qiyma qо‘yib о‘ralib, mayda kolbasa shakli berilib, arqon yoki ip yordamida bog‘lanadi. Qiyma sifatida tо‘la pishirib, tozalanib mayda chopilgan tuxum yoki pishirib chopilgan qо‘ziqorin, qovurilgan piyoz, urvoq, kо‘kat, tuz, murch aralashmasi ishlatiladi.
Duxovkada pishirishga mо‘ljallangan mol gо‘shti. Sonning yon va tashqi qismidan 1,5—2,0 sm qalinlikda kesilgan, tо‘qmoqchada bir oz urilib, 1—2 dona hisobida tayyorlanadi.
Romshteks. Sonning ichki yoki yuqori qismidan, qalin yoki yupqa taliq qismidan 1,5—2 sm qalinlikda doyra shaklida kesilib tо‘qmoqchada bir oz uriladi, paylari kesiladi tuz va murch sepiladi, lyezonga botirilib,qizil urvoqqa belanadi va shakl beriladi. .

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling