I bob. Ijtimoiy soha va aholini qo’llab-quvvatlash xarajatlari
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi
Download 211.89 Kb.
|
BYUDJET TAQCHILLIGI
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi.
Davlat byudjetining xarajatlarining tashkiliy tasnifini tahlil qiladigan bo’lsak, dastlab turmush farovonligini oshirish bilan bog’liq xarajatlar,18 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga har oylik nafaqa tayinlash,bolalari 2 yoshga to’lgunicha onalarga to’lanadigan nafaqalar,kam daromadli oilalarga beriladigan har oylik yordam puli,tabiiy ofatdan talofat ko’rgan oilalarga moddiy yordam nilan taminlanadi.Bugungi kunga kelib mamlakatimizda juda kuchli ijtimoiy himoya taminlangan bo’lib uning asosida qonunlar va moddiy taminlanganlik yotadi.Ijtimoiy himoya davlat dasturi ishlab chiqilib uning ijrosini taminlash va nazorat qilish eng muhum vazifadir. Davlat byudjetining xarajatlariga qaraydigan bo’lsak yillar davomida ijtimoiy xartajatlar oshib kelmoqda buning asosiy sababi mamlakatda aholining farovon hayot kechirishi,rivoj topishi va yuksalishi turadi.Ijtimoiy soha xarajatlari ichida eng ko’p mablag’ ajratiladigan soha bu xalq talimi bo’lib bu ko’rsatkich 2020-yilda jami ijtimoiy xarajatlarning 34 foizdan ortiqni tashkil qilgan.Sog’liqni saqlash xarajatlari esa 14.5 foizni tashkil etgan.Yurtimizda sportni, avvalambor, bolalar sportini rivojlantirishga doimiy ravishda katta e’tibor qaratayotganimiz ham, hech shubhasiz, aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 2020-yilda 108 ta bolalar sporti ob’ekti, jumladan, 16 ta suzish havzasi, Navoiy shahrida 10 ming o‘rinli yangi stadion, Nukus shahrida tennis maktabi, mamlakatimiz hududlarida 12 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi foydalanishga topshirildi Ayni paytda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan qariyb 1 million 600 ming bola yoki yurtimizdagi bolalarning 35,6 foizi turli sport turlari bilan muntazam shug‘ullanmoqda. «Nuroniy» jаmg`аrmаsi O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining 1996 yil 4 dekаbrdаgi Fаrmoni аsosidа tаshkil etilgаn. Jаmg`аrmа o`zini-o`zi mustаqil boshqаruvchi, mаblаg` bilаn tа’minlovchi vа mustаqil fаoliyat ko`rsаtuvchi nohukumаt jаmoаt birlаshmаsi hisoblаnаdi. Jаmg`аrmаning asosiy maqsad va vazifalari: respublikаdа o`tkаzilаyotgаn kuchli ijtimoiy siyosаtni аmаlgа oshirishdа,аyniqsа urush vа mehnаt fаxriylаri, nogironlаrni e’zozlаsh, ulаrning аtrofidа ehtiromli muhit hosil qilish, g`urur, moddiy, mа’nаviy, tibbiy yordаm ko`rsаtish chorаlаrini ko`rishdа fаol qаtnаshish; mustаqil O`zbekistonni yangilаsh vа rivojlаntirishning mа’nаviy-аxloqiynegizlаrini mustаhkаmlаsh, fаxriylаrning ijtimoiy-siyosiy hаyotdа fаol ishtirok etishlаri, bor bilim vа sаlohiyatlаrini istiqlol ishigа sаfаrbаr etishlаri, mustаbid sovet tuzumining xаlqimiz, o`lkаmiz tаrаqqiyotigа etkаzgаn zаrаrini chuqur tаhlil qilish hаmdа jаmoаtchilikkа etkаzishlаri uchun zаrur shаrt-shаroitlаr yarаtish; milliy qаdriyatlаrimiz, o`zbekonа erksevаrlik, vаtаnpаrlik, mehnаtsevаrlik, totuvlik, boshqаlаrgа izzаt-ikrom hislаrini аvloddаn-аvlodgа o`tib yanаdа boyishigа hissа qo`shish, yoshlаrni onа Vаtаngа, xаlqimizgа, istiqlol ishigа sаdoqаt, buyuk kelаjаk uchun kurаshchаnlik ruhidа tаrbiyalаshdа sаmаrаli fаoliyat ko`rsаtish; fаxriylаr vа nogironlаrning moddiy shаroitini yaxshilаsh, ulаr uchunbelgilаngаn imtiyozlаrning, nаfаqа to`g`risidаgi qonunchilikning to`lа vа o`z vаqtidа аmаlgа oshirilishidа rаhnаmolik qilish, bu borаdа ijrochi hokimiyat orgаnlаrigа ko`mаklаshish, keksаlаr, yordаmgа muhtoj vа boshqа turli tаbаqаlаrgа sаvdo, mаdаniy-mаishiy, tibbiy yordаmlаr ko`rsаtish, shu mаqsаdgа yo`nаltirilgаn ishlаb chiqаrish, tijorаt, noshirlik, xаyriya ishlаrini аmаlgа oshirish, ommаviy tаdbirlаr o`tkаzish. Yangi qonun hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish 2013 yil uchun byudjet siyosatining konsepsiyasida qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishi, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati yaxshilanishini izchil davom ettirish, shu bilan birga, byudjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini kuchaytirish alohida e’tiborga olingan. Kam ta’minlangan va moddiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash nafaqalari uchun 2013 yilda ajratilishi taklif qilinayotgan mablag‘lar 2016 yildagiga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir. Tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va to‘liq ta’mirlash hamda ularni jihozlash Dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lardan tashqari, ushbu tizimni yanada rivojlantirish va sog‘lom avlodni voyaga yetkazish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarda nazarda tutilgan barcha tadbirlarning moliyalashtirilishi ijobiy hol sifatida baholandi. 2013 yilgi Davlat byudjeti loyhasida sog‘liqni saqlash muassasalari uchun dori-darmonlar va oziq-ovqat xarajatlarini 2020 yil uchun tasdiqlangan parametrlarga nisbatan 1,15 barobarga ko‘paytirish nazarda tutilgani aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamdir Download 211.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling