I-bob ilim yo'li variyativ dasturi mazmun mohiyati


Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda


Download 177.74 Kb.
bet7/14
Sana12.10.2023
Hajmi177.74 Kb.
#1700802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
ILIM YO\'LI VARIYATIV DASTURI MAZMUN MOHIYATI

Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda:
• istisnosiz barcha bolalarning ta’lim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega bo‘lishini ta’minlashga;
• amaliyotga bola yo‘naltirilgan yondashuvni, inklyuziv ta’lim tamoyillarini joriy etishga;
• oila va jamoalar bilan hamkorlik;
• ta’lim-tarbiyaning madaniy jihatdan maqbul uslublariga tayangan holda milliy qadriyat va ustuvorliklarni e’tiborga olish;
• qulay, do‘stona va xavfsiz rivojlanish muhitini shakllantirishga
yo‘naltirilgan.
Majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlardagi ta’lim jarayoni quyidagi tamoyillarga asoslangan:
• bolaga yo‘naltirilgan ta’limga yondashuvi;
• inklyuziv ta’lim haqida mushohada yuritish;
• bolani xolistik(yaxlit) rivojlanishini ta’minlaydigan ta’lim
muhitining xususiyatlarini belgilash;
• maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyatning yetakchi turi – o‘yin asosida
ta’lim berish;
• bola – ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi;
• rejalashtirish va baholash samaradorligi;
• bolani tarbiyalash va rivojlantirish jarayoniga ota-onalarni
• hamkorlik asosida jalb etish;
• interfaol ta’lim;
• integrativ o‘qitish.
Dasturda ko‘zda tutilgan vazifalar nafaqat rivojlanish markazlardagi faoliyat paytida, balki mustaqil, o‘yin jarayonida hamda pedagoglarning ota-onalar bilan birgalikdagi faoliyati jarayonida ham to‘liq bajarilishi lozim.



II-BOB BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA MULOQOT MASALALARI “ILM YO’LI” DASTURI MISOLIDA
2.1 Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli
Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni hissiyvositali (vaziyatliamaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. 6-7 yoshda bolaning qiziqishlari atrof-muhitga yo‘naltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu yoshda nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: –bolada kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch his-sini tarbiyalash; –uning o‘ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e’tibor talab qilishini qondirish;Maktabgacha yoshdagi bolalrning ta’lim olishiga faol yondashuvlar ularning erkin muloqoti kabi ko’rinishlari tashkil etishni talab etadi. Dastur rejasi bo’yich tashkil etilgan faoliyatlar da rivojlanish sohalari bo’yicha maqsadlar ifoda etilib unga ko’ra xar bir bola nutq qismlaridan to’g’ri foydalanishga o’rgatish, xar –xil turdagi jumlalarniu tuzish va ijobiy munosabat ,faol muloqot tashkil etiladi .Kun davomida o’tkazilgan ta’limiy faoliyatlar so’ngida xulosalovchi suhbatlar tashkil etilishi bolalrning maktabda o’qishlarida muloqotga kirishishda qiyinchiliklar kuzatilmasligiga sabab bo’ladi.Nutq va til markazida bolalar faoliyatlar davomida axloqiy va anglashga doir suhbatlar ,lug’at zaxirasini boyitish ,mantiqiy fikrlash va nutqni rivojhlantirish maqsadlarida didaktik o’yinlar tashkil etiladi,Jumladan ;‘Yerda va koinotda ‘, ‘Dunyo shaxarlari’ , Atrofimizdagi tabiat ‘’Kim qaerda yasheydi’’qani topchi kim chaqirdi ,’Qaxramonlar qaysi ertakdan‘,To’rtinchisi ortiqcha’, Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof olam haqidagi bilimlar mustahkamlanadi, lug‘at mustahkamlanadi, aniqlashtiriladi va faollashtiriladi . Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish, hikoya to‘qish va h.q.) qo‘llaniladi Bolalarni maktabda qiynalmasdan o’qishlari uchun muloqot va til masalalriga e’tibor berish talab etiladi‘Til qanchalik oldin egallab olinsa, bilimlar ham shunchalik oson va to‘liqroq o‘zlashtiriladi» (N.I.Jinkin)2 . Pedagog bolalar bilan kun davomida turli faoliyat turlarini tashkil etadi.Mashg’ulotlardan tashqari sayr va kuzatish , ovqatlanish davomida mulqoqotga kirishadi.Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalarning lug‘ati boyiydi . Agarda pedagog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi . Pedagog kun davomida olib borilgan ta’limiy faoliyatlarni xulosalash bo’yicha kun yakunida kun natijalari bo’yicha qisqacha suhbat o’tkazishi bolalarni xotirasini mustahkamlash va muloqot faolligiga erishishga sabab bo’ladi. Muloqot faolligiga erishish uchun “Ilm yo’li ‘ dasturida pedagogning ta’lim tarbiyaviy faoliyati va ertalabki doira suhbatlari ,rivojlanish sohalari bo’yicha maqsadlarning to’g’ri qo’yilishi bolalarni maktabga tayyorlashda muloqotni shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi . Ta’lim va tarbiya faoliyatida didaktik o’yinlar orqali bolalarning lug’ati faollashtiriladi ,to’gri va chiroyli tilda o’z fikrlarini ifoda etishga o’rgatiladi.xulosa qilib aytganda “Ilm yo’li ‘variativ dasturi orqali inklyuzif tamoyillarga tayanilib ta’lim tarbiya jarayonlari tashkil etiladi Muloqotda tashabbuskorlik , sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik va emotsiyalar shakllanib boradi.



Download 177.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling