I bob. Ilk o`rta asrlarda Xitoyning siyosiy tarqoqligi va ilim fan rivojlanishi


Download 167.3 Kb.
bet15/16
Sana02.05.2023
Hajmi167.3 Kb.
#1421078
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ilik O`rta Asrlarda Xitoy ilim fan, madaniyati

Xulosa:
Qadimgi Xitoy haqida xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, qadimgi Sharq madaniyati, davlatchilik tarixini u davlatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki qadimgi Xitoy alohida ahamiyat kasb etgan o‘ziga xos madaniyatni o‘zida mujassam etgan. Qadimgi Xitoy davri dastlabki davlat birlashmalari bo‘lgan o‘sha qadimgi Shan davlati, undan so‘ng Chjou davlati, Sin sulolasi va Xan sulolalari davlati yashagan davrlarni o‘z ichiga oladi ya‘ni mil. avv uchinchi mingyillik o‘rtalaridan boshlab to milodiy 220-yilgacha, Xan davlati uchta davlatga bo‘lib ketgungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu katta davr ichida Xitoyda ancha o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Uning sivilizatsiyasi ham boshqa Sharq davlatlari singari daryo bo‘yida boshlangan. Daryodan oqib keluvchi serunum tuproq sun‘iy sug‘orma dehqonchilik uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Rivojlangan sun‘iy sug‘orma dehqonchilk keyinchalik o‘ziga xos madaniyat yutuqlariga erishishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu davrda xitoyliklar dunyo ahamiyatiga molik kashfiyotlar qilishgan. Bularga misol tariqasida mil. avv 5 asrda kashf qilingan ipak, mil. avv 1 asrda qog‘ozni, yer qimirlashini avvaldan biluvchi seysmograf, dunyo tomonlarini aniqlab beruvchi kompas( u har doim janubni ko‘rsatib turgan), iyerogliflardan iborat yozuv ( keyinchlik bu yozuv koreys, yapon hamda vetnam yozuvlariga asos bo‘lib xizmat qilgan)ni va boshqa ixtirolarni keltirishimiz mumkin. Xan sulolasini buyuk imperatori U Di (mil. avv 140-87 yy) hukumronligi davrida nafaqat Sharqda balki butun Osiyo va Yevropada katta ahamiyatga ega bo‘lgan Buyuk ipak yo‘lini ochilishi savdo-sotiq, madaniy aloqalarni almashishiga xizmat qilgan. Buyuk ipak yo‘li orqali sharqiy Osiyodagi Sariq dengizi bo‘yidagi davlatlar Xitoy hududidan o‘tib, sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Old Osiyo, Kichik Osiyo hududidan o‘tib Yevropa hududlarigacha borgan. Uni yo‘nalishidagi davlatlar ancha rivojlangan, bir-birlari bilan doimo aloqalar qilib turishgan.
Birinchi devor "Xitoy zaminini birlashtiruvchi" deb ataluvchi imperator Tsin Shi Xuan nomi bilan bog`liq. Uning qurilishiga 500 ming odam jalb qilingan. Minglab olimlar ham devor qurilishiga o`z hissalarini qo`shishgan. Devor o`z vaqtida muhim harbiy-strategik ahamiyatga ega bo`lgan. Qurilishga jalb qilinganlarning ahvoli nihoyatda og`ir bo`lgan. Holsizlikdan yoki biror boshqa sabab bilan o`lganlar to`g`ridan-to`g`ri devorga "qalab" ketaverilgan. Shuning uchun bu "Buyuk qurilish" xalq tilida "Qayg`u devori" deb ham nom olgan. Ikkinchi devor Tsin Shi Xuan tomonidan qurilgan devorni buzib, xitoyliklar ustiga muntazam hujum uyushtirib turgan xunnlardan himoya qilish uchun qurilgan. Uchinchi devor qurilishida 1 millionga yaqin odam ishtirok etgan. Qurilishda har bir minora ikki tomondagi minoradan ko`rinib turishiga katta ahamiyat berilgan. Bu turli xabarlarni tutun yoki nog`ora ovozi yordamida bir-biriga yetkazish uchun kerak bo`lgan. Bundan tashqari xabarchi markaziy shaharga axborotni o`z vaqtida yetkazishi uchun otlarni almashtiruvchi tayanch nuqtalari qurilgan. Pekin atrofida devorning bir qancha qismi sayyohlar uchun ochib qo`yilgan. Bu yerda ta`mirlanmagan Simatay qismi ancha qiziqarli. Devorning ta`mirlangan, ya`ni bo`yalgan qismlarini ko`rib, uni ming yillardan beri yashab kelayotganligiga ishongingiz kelmaydi. Simatay qismida esa o`zingizni huddi mo`jizaga duch kelganday his qilasiz.


Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. «Tarixiy xotirasiz kelajak yuk» T., 1998 y.
2.Gulomov Ya.G. «Xorazmning sugorilish tarixi» T., 1959 y.
3 Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Tuzuvchi B. V. Lunin. T., 1984 y.
4.Jabborov I.M. «Uzbek xalki etnografiyasi». T., 1994 y.
5 Sa’dullaev A.S. «Kultura yuga Sredney Azii 7-4 vv. do n.e.» T., 1987 y.
6.Kabirov J., Sa’dullaev A. «Urta Osiyo arxeologiyasi» T., 1990 y.
7.Uzbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. 1997 y.



Download 167.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling