I bob. Inson huquqlarining himoyalash omillari


Download 398.58 Kb.
bet10/12
Sana31.01.2024
Hajmi398.58 Kb.
#1818277
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
bmi hayotxon 12.06

XULOSA VA TAKLIFLAR
O’zbekistonda istiqlolning dastlabki yillaridanoq huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyati barpo etish bosh maqsad qilib qo’yildi. Mamalakatimizda o’tgan davr mobaynida ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik ta’minlandi. Fuqarolarning qonun oldida tengligini va qonun ustuvorligini ta’minlovchi huquqiy davlatning shakllantirishning poydevori qo’yildi. O’zbekiston Respublikasini demokratik huquqiy davlat sifatida baholashga barcha asoslar yetarli. O’zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishning nazariy, qonunchilik, xalqaro huquqiy va konstitutsiyaviy asoslari yaratildi. O`zbekistonning demokratik, insonparvar, adolatli fuqarolar jamiyati va huquqiy davlat qurish yo`lidagi asosiy maqsadi, vazifasi, yo`nalishi inson huquqlarini himoya qilish va ularni to`la amalga oshirishga qaratilgan. Inson huquq va erkinliklarini butun choralar bilan rivojlantirish va takomillashtirish respublika hayotining asosiy tamoyillaridandir. Konstitutsiyaviy mustaqil o`zbek davlati va fuqarolarning o`zaro munosabatlarini qonuniy ifoda etadi. Haqiqiy xalq hokimiyati, bozor iqtisodiga o`tish, mulkchilikning yangi shakllari joriy etilishi jamiyatimizda haqiqiy shaxs ozodligining qaror topishiga olib keldi. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, O`zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishning birinchidan, qonuniy, ikkinchidan, tashkiliy, uchinchidan, tarbiyaviy va to`rtinchidan, xalqaro - huquqiy asoslari yaratilgan va bu huquqlar kafolatlarini davlat o`z zimmasiga olgan. Yuqoridagilarga tayanadigan bo’lsak, inson huquqlarining jahon miqyosida rivojlanishini ham o’ziga xos tarixi bor. U o’z navbatida uch katta davrni o’z ichiga oladi. Bular quyidagilar: Birinchi bosqich 1789-yilgi Inson va fuqaro huquqlari to’g’risidagi fransuz deklaratsiyasidan XX asrning boshlari – Birinchi jahon urushigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda insonning shaxsiy va siyosiy huquqlari to’g’risida qonunchilik rivojlangan.

Ikkinchi bosqich XX asrning birinchi yarmiga (1914-1950-yillar) to’g’ri keladi. Bu bosqich ostida insonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlari sotsialistik g’oyalar ta’siri rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Uchinchi bosqich XX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi kunlargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ushbu bosqichda ba’zan “jamoa huquqlari” deb ham yuritiladigan inson huquqlarining yangi toifasi ham vujudga keldi. Inson huquqlari – huquqiy davlatchilikning insoniylik mezonidir. Inson huquqlarining ta’minlashning realligiga qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatining sa’y-harakatlarini baholovchi, jamiyatning axloqiyligini va davlatning maqbulligini ko’rsatib beruvchi alomat sifatida qaralmog’i zarur. Inson himoyasini ishonchli tarzda ta’minlamay turib, huquqiy davlatchilikning huquq ustuvorligi, hokimiyatning huquq bilan cheklab qo’yilishi va tiyib turish kabi asosiy tamoyillarini amalga oshirish mantiqsizdir. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga oid islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bu islohotlarning ilk yorqin misoli 1997 – yilning Prezident I.Karimov tomonidan “Inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi va bu bilan O`zbekistonda huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish strategiyasini belgilab berdi. O’zbekiston Respublikasi Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan institutlar inson huquqlari bo`yicha xalqaro andozalar va ilg’or xorijiy tajriba asosida tashkil etilgan bo’lib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.Shunday ekan ularning huquqiy maqomi va faoliyatiga to’xtalish maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Jamiyatimizda huquqiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari, hokimiyat, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, jamoat tashkilotlari, o`z-o`zini boshqarish organlarining rahbarlari va davlatimizning har bir fuqarosi yuksak huquqiy madaniyatga ega bo`lsalar, qonuniylikni ta'minlash va inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish mexanizmi samarali ishlaydi.


Xullas, inson huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish jamiyatimizdagi davlat va jamoat tashkilotlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining, har bir mansabdor shaxsning oldida turgan yuksak vazifasidir. Biz o`tgan yillar mobaynida inson huquqlarini himoya qilishni sifat jihatdan yangi pog`onaga ko`tarishga imkon beruvchi zarur zaminni, poydevor, barqaror asosnigina yarata oldik. Yangi Konstitutsiyamizning 19-moddasida
O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart kabi jumlalar bejizga aytilmagan.
Biz yuqoridagilarni o’rganib chiqqan holda quyidagi tavsiyalarni berishni joiz deb topdik:
1. O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda ijobiy va samarali natijalarga erishish uchun aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish kerak. Zero, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish inson huquqlarining amalda to`la ta'min etilishining muhim shartidir.
2. Ta`lim muassasalarida dasturdagi bu mavzuga oid darslarni soatini ko’paytirish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Biz bor sa'y-harakatimiz, amaliy ishlarimiz bilan odamlarni o`z huquq va erkinliklarini himoya qilinishiga muntazam ishontirib bormog`imiz kerakki, islohotlar jarayonida faqat ularning o`zlari faol ishtirok etgan taqdirda, belgilangan maqsadlarga yetish uchun jamiyatning har bir a'zosi astoydil harakat qilgan taqdirda inson huquqlarini himoya qilishning ko`zlangan maqsadiga erishish mumkin.

Download 398.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling