I bob. Jahon sanoati va uning tarmoqlari


Download 1.18 Mb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1579083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAHLIYO

Kurs ishining vazifasi. Jahon yengil sanoatining mohiyati va shakllanishini ko’rib chiqish ,tahlil qilish va unga qo’shimcha ma’lumotlar kiritish.

  • Yengil sanoatning xususiyatlarini o’rganish:

  • Sanoat mahsulotlari odamlarning turmush darajasiga ta'sir qilishini o’rganish;

Kurs ishining obyekti. Jahon yengil sanoati va unging tarmoqlari.
Kurs ishining predmeti. Jahon yengil sanoatining rivojlanishi uchun zarur munosabatlar. Davlatlararo o’zaro munosabatlar yengil sanoat tarmoqlari va ularni joylashishi .
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Kirish qismida kurs ishi maqsadi vazifasi,kurs ishi obyekti va predmeti,shuningdek bir qator ma’lumotlar keltirib o’tilgan. 2 bob rejalardan iborat va ularda jahon yengil sanoati uning asosiy yo’nalishlari, uning rivojlanishidagi ijobiy va salbiy jihatlar munosabatlari shakllanishi yoritib berilgan.


I BOB. JAHON SANOATI VA UNING TARMOQLARI

    1. O'g'ir sanoat va uning rivojlanishi

Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar (zavod, fabrika, kon, shaxta, elektr stansiya, ferma va hk) majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xoʻjaligining muhim sohasidir.


Sanoat, industriya — xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial oʻsishni taʼminlaydi. 20-asrning 80yillarida qabul qilingan tasniflashga koʻra, Sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa boʻlinadi: elektroenergetika; yoqilgʻi Sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi Sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyulozaqogʻoz Sanoati; qurilish materiallari Sanoati; qurilishkonstruksiyalari va detallari Sanoati; oyna va chinnifayans Sanoati; yengil S; oziq-ovqat Sanoati; mikrobiologiya Sanoati; unyorma va aralash yem Sanoati; tibbiyot Sanoati; poligrafiya Sanoati sanoat tarmoqlari ham oʻz navbatida — ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi.
Sanoatning ijtimoiy ishlab chiqarishning mustaqil tarmogʻi sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqishi — ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti bilan bogʻliq. Kapitalistik Sanoat Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 14—15-asrlarda paydo boʻddi va oddiy kapitalistik kooperatsiya, manufaktura va yirik mashina industriyasi — fabrika bosqichlarini bosib oʻtdi, 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida manufakturadan mashina industriyasiga oʻtish dastlab Angliyada, keyinroq boshqa Yevropa mamlakatlarida sanoat toʻntarishi tusini oldi. Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlarda Sanoat 18-asr boshidan manufaktura koʻrinishida rivojlandi, 19-asrning 2-yarmidan mashina industriyasi taraqqiy etdi.
Ogʻir sanoat — ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari guruhi. Ogʻir sanoat undirma sanoat tarmoqlarining barchasini va ishlov beruvchi sanoatning bir qismini oʻz ichiga oladi. Unga elektroenergetika, yoqilgʻi sa-noati, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz-sellyuloza, qurilish materiallari sanoati va boshqa kiradi. Ogʻir sanoat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi, xalq xoʻjaligini kengaytirilgan ishlab chiqarish, texnika bilan qurollantirish, mamlakat mudofaa qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oʻstirishning negizi hisoblanadi.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling