I bob. Jismoniy madaniyat darslarida pedagogik tahlil


O’quvchilar faoliyatining tahlili


Download 53.15 Kb.
bet4/11
Sana20.12.2022
Hajmi53.15 Kb.
#1036916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qo‘ziboyev Islom Shirinboy o‘g‘li

O’quvchilar faoliyatining tahlili.
-o’quvchilarni dars davomidagi intizomi, hulqi, o’zlarini tutishi va ularning faoliyatini tashkil qilish hamda o’zlashtirishining tahlili;
-jismoniy mashqlarni bajarishga o’quvchilarni munosabati, o’qituvchini o’quvchilarda o’quv matrealiga qiziqishlarini uyg’ota olishi masalalari;
- dars intizomi, uning buzilish ( sodir bo’lsa) sabablari;
- darsga o’qituvchining o’zini munosabati;
- o’qituvchining ko’rsatma va buyruqlarini o’quvchilar tomonidan ijrosi;
- darsdagi onglilik va o’quvchilarning faolligi darajasi;
- o’quvchilarni mashq bajarishlarini baholash texnologiyasi – harakatning ritmi, sur’at, temp, intensivligi me’yorini to’g’ri tanlanganligi;
- darsda o’quvchilarga jamoatchi yo’riqchi va hakamlik malakalarini berilishi, navbatchilik va guruhlarga bosh bo’lishdek majburiyatlarini bajarishga o’quvchilarning munosabatlari va boshqalar.

1.3. Darsda o’qituvchining rahbarlik roli, o’zini tutishi va dars davomidagi faoliyatining tahlili.
Rahbarlik roli: o’ziga ishonish, qat’iyat, tirishqoqligi, talabchanligi, o’quvchilar orasida obro’yi ular bilan muloqoti va ularga munosabati, sinfni boshqara olishi.
O’zini tutishi: bardamligi (emotsional holati), sustkashligi, o’zini tarbiyalashi, bolalarga nisbatan ziyrakligi, sezgirligi, ishchanligini namoyon bo’lishi.
Nutqi: ovozi, buyruqlarini, ko’rsatmalarini tog’riligi, muomila va nutq madaniyati, saviyasi, intelektual saloxiyati.
O’qituvchining tashqi qiyofasi: kiyim bosh (sport formasi), chapdastligi, qomati, tashqi ko’rinishi.
O’qituvchining o’quvchi bilan yakkama-yakka muloqoti: aktivligi, passivligi, ishonchi, dadilligi, qat’iyati, ulgurishi baholanadi.
Jismoniy madaniyat darsida tarbiyaviy ishni amalga oshirilishi. O’quvchilarning diqqatni tarbiyalnishi va mashqni bajarilishiga qiziqishni
uyg’ota olishi
-intizomni ushlay olishi, qattiq tura bilishi, fikrini o’tkaza olishi;
-o’rtoqlik, kollektivizm va boshqa sifatlarni tarbiyalash maxorati;
-ahloqiy tarbiyaning xilma-xil uslubiyotlaridan foydalana olishi ishontira olishi, ma’naviyat, qadriyatlardagi normalarga rioya qilishga o’rgata bilishi, rag’batlantirish va boshqalar) ularning maqsadga muofiqligi, samaradorligi tahlil qilinadi.
-o’quv predmetini o’qitish davomida o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish, harakat malakasi va ko’nikmasini boyitish bilan bog’liq bilimlarining zaxirasi ustida ishlash.
-dars jarayoni davomida sinfning jismoniy madaniyat faollarini tayyorlashi;
-mashg’ulotlaridan ozod qilingan o’quvchilar hamda sinfning maxsus tibbiy guruhi bilan ishlashi.

Download 53.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling