I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
II BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR
1. Velosiрed tekis harakatlanib, 10 minutda 3 km yo‘lni bosib o‘tdi. Velosiрedning tezligini m/s va km/soat birliklarida toping. 2. 80 km/soat tezlik bilan ketayotgan avtomobil 45 minutda qancha yo‘lni bosib o‘tadi? 3. O‘quvchining uyidan maktabgacha bo‘lgan masofa 500 m ga teng. O‘quvchi 2,5 km/soat tezlik bilan yursa, maktabga necha minutda yetib boradi? 4. Mototsiklning tezligi 72 km/soat, uning harakatiga qarshi esayotgan shamolning tezligi esa 5 m/s. Mototsiklga nisbatan shamol tezligi qancha? Shamol mototsikl harakati yo‘nalishida bo‘lsa-chi? 5. Ikki poyezd bir-biriga tomon 90 km/soat va 72 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Ikkinchi poyezddagi yo‘lovchi birinchi poyezd uning yonidan 6 s davomida o‘tganligini aniqladi. Birinchi poyezddagi yo‘lovchining yonidan esa ikkinchi poyezd 8 s davomida o‘tganligi ma’lum bo‘ldi. Har ikki poyezdning uzunligini toping. 6. Qayiqning suvga nisbatan tezligi daryo oqimining tezligidan 3 marta katta. Ikki punkt orasidagi masofani qayiqda oqimga qarshi suzib o‘tish uchun oqim bo‘yicha o‘tishga qaraganda necha marta ko‘p vaqt ketadi? 7. Avtomobil dastlabki 10 s da 150 m, keyingi 20 s da 500 m va oxirgi 5 s da 50 m yo‘l yurdi. Yo‘lning har qaysi qismidagi va butun yo‘ldagi o‘rtacha tezliklarni km/soat hisobida toping. 8. Poyezd harakatlana boshlagandan keyin 10 s o‘tganda 36 km/soat tezlikka erishdi. Shunday tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan poyezdning tezligi qancha vaqt o‘tgach 72 km/soat ga yetadi? 9. Qiya novdan tinch holatidan boshlab dumalab tushayotgan sharcha birinchi sekundda 8 sm yo‘l o‘tdi. Sharcha 3 sekund davomida qancha yo‘l o‘tadi? 10. 34-rasmda tasvirlangan υ 0 > 0 uchun tezlik grafigidan jismning t = 5 s da bosib o‘tgan yo‘lini hisoblang. 11. Avtomobil tinch holatidan 5 m/s 2 tezlanish bilan harakatlana boshlab, 4 s davomida qancha yo‘lni bosib o‘tadi? Shu vaqtda u qanday tezlikka erishadi? 54 Kinematika asoslari 12. 34-rasmda tasvirlangan υ 0 = 0 uchun tezlik grafigidan jismning t = 5 s da bosib o‘tgan yo‘lini hisoblang. 13. Ma’lum balandlikdan qo‘yib yuborilgan jism yerga erkin tushmoqda, deylik. U qancha vaqtda 80 m/s tezlikka erishadi? Ushbu va keyingi masalalar da g = 10 m/s 2 deb olinsin. 14. Jism ma’lum balandlikdan 5 m/s tezlik bilan pastga tik otildi. 5 s dan keyin jism qanday tezlikka erishadi? 15. Tinch holatda turgan vertolyotdan tashlangan yuk 12 s da yerga tushdi. Yuk qanday balandlikdan tashlangan va u qanday tezlik bilan yerga urilgan? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin? 16. Avtomobil 30 km masofani 15 m/s tezlikda, 40 km masofani 1 soatda bosib o‘tdi. Avtomobil butun yo‘l davomida qanday o‘rtacha tezlik bilan harakat qilgan? 17. Quyidagi rasmda keltirilgan grafiklarni tahlil qilib, ikki xil harakatni o‘zaro taqqoslang. Undan harakat haqida qanday ma’lumotlarni aniqlay olasiz (harakat turi, boshlang‘ich tezlik, tezlanish, harakatlanish vaqti)? 0 2 4 t,s 0 2 4 t,s 0 2 4 t,s 0 2 4 t,s 10 5 10 5 10 5 10 5 I II υ, m/s υ, m/s υ, m/s υ, m/s υ, m/s υ, m/s 0 2 4 t,s 0 2 4 t,s 10 5 10 5 I II I II I II I II I II a) e) b) f) d) g) 55 II bob. To‘g‘ri chiziqli harakat 0 2 4 t,s 0 2 4 t,s 0 2 4 t,s 0 2 4 t,s 0 2 4 t,s 0 2 4 t,s 10 5 10 5 10 5 10 5 10 5 10 5 υ, m/s υ, m/s υ, m/s υ, m/s υ, m/s υ, m/s I II I I I I I II II II II II h) k) i) l) j) m) 18. Yuqoriga vertikal otilgan jism tepaga ko‘tarildi va qaytib pastga tushdi. Bu harakatga tegishli ko‘chish, yo‘l, tezlik va tezlanishning vaqtga bog‘liqlik grafigi quyidagi rasmda keltirilgan. Grafiklarni tahlil qilib, ularning har biri qaysi bog‘lanishga mos kelishini toping. ? 0 t a b c d t t t 0 0 0 ? ? ? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling