I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar 1-§. Jismlarning harakati mexanik harakat
Yerga tortilishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga ta’sir
Download 2.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf fizika uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 92-rasm.
Yerga tortilishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga ta’sir
etadigan kuchi jismning og‘irligi deb ataladi va P harfi bilan belgilanadi. Yuqoridagi tajribalarda jism muvozan at holat ga kelganda jismning P og‘ir - ligi F og‘ og‘irlik kuchiga teng bo‘ladi. Tinch holat da tur gan jismning og‘irligi quyidagi formula bilan ifodalana di: P = mg. Og‘irlik tushunchasini og‘irlik kuchi tushunchasi bi- lan chalkashtirib yubormaslik kerak. Ularning bir-biridan farq qiladigan ikki jihatini bilib olish lozim. Birinchidan, og‘irlik kuchi – bu jismning Yerga tortilish kuchi, og‘irlik esa jismning tayanchga (92-rasm) yoki osmaga (90-rasm) ko‘rsatayotgan ta’sir kuchi. Ikkinchidan, og‘irlik kuchi jismning vertikal yo‘nalishdagi tezlanishiga bog‘liq emas, ya’ni ma’lum bir joy uchun o‘zgarmasdir. Og‘irlik esa jism faqat tinch holatda turganda yoki vertikal tekis harakatda- gina o‘zgarmasdir. Jism vertikal yo‘nalishda o‘zgaruvchan harakat qilganda og‘irlik o‘zgaradi. Masalan, 1-tajribadagi prujinaga osiladigan jismning massasi 100 g, ya’ni 0,1 kg bo‘lsin. U holda jismning og‘irlik kuchi F og‘ = 0,1 ⋅ 9,8 N = 0,98 N ≈ ≈ 1 N. Bu kuch jism prujinaga osilganda ham, prujina cho‘zilayotganda ham, tinch holatga kelganda ham o‘zgarmaydi. Lekin og‘irlik 0 qiymatdan P → 92-rasm. Jism- ning tayanchga ta’sir kuchi F → og‘ 91-rasm. Jism og‘irlik kuchining tayanchga ta’siri F → el P → = → F og‘ 104 Dinamika asoslari 1 N ga qadar ortib boradi. Jism prujinaga osilgan vaqt ning o‘zida jismning prujina osilgan osmaga ta’siri bo‘lmaydi, ya’ni jism ning og‘irligi 0 ga teng bo‘ladi. Qisqa vaqt ichida prujina cho‘zila boradi va jismning osmaga ta’siri orta boradi, ya’ni jismning og‘irligi 0 dan 1 N ga qadar o‘zgaradi. Prujina cho‘zilib bo‘lgach, ya’ni jism muvozanat holat ga kelganida, uning og‘irligi 1 N ga teng bo‘ladi. 2-tajribada ham shunday holat yuz beradi. Turmushda massa o‘rniga ko‘proq og‘irlik tushunchasi qo‘llaniladi. Masalan, bozorda tarozi yordamida mahsulotning massasi o‘lchansa-da, mahsulot ning og‘irligi o‘lchandi, deyiladi. Bu bilan xatolikka yo‘l qo‘yiladi, deb bo‘l maydi. Chunki tarozida mahsulot tinch holatda, ya’ni muvozanat holatida tor tiladi. Bu holatda og‘irlik N da emas, balki kg yoki g da hi- soblanadi, xolos. Masala yechish namunasi Dinamometrga yuk osilganda, biroz vaqtdan so‘ng u muvozanatga keldi. Shunda dinamometr 10 N ni ko‘rsatdi. 1. Dinamometrga osilgan yukning massasi qancha? 2. Muvozanat holatda dinamometr prujinasining elastiklik kuchi qancha bo‘ladi? 3. Yukning og‘irligi-chi? 4. Dinamometr yordamida yukning mas sasini o‘lchash mumkinmi? Berilgan: Formulasi: Yechilishi: F og‘ = 10 N; g = 9,8 m/s 2 . Topish kerak: Javob: 1) m ≈ 1 kg; 2) F el = F og‘ = 10 N; m = ? F el - ? F og‘ = ? 3) P = F el = 10 N; 4) Yer sirtida tur - gan dinamometr yordamida massani ham o‘lchash mumkin. Buning uchun dinamometr shkalasi kilogramm va grammlarda darajalangan bo‘lib, o‘lchash jarayonida dinamometr prujinasi muvozanat holatida bo‘lishi zarur. Download 2.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling