I. Bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida ta’limiy o didaktikdan foydalanishning nazariy asoslari


Download 379.58 Kb.
bet2/11
Sana21.10.2023
Hajmi379.58 Kb.
#1714826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA O\'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA DIDAKTIK MATERILLARDAN FOYDALANISH

Kurs ishining maqsadi :boshlang’ich sinflarning ona tili va o'qish savodxonligi ta'limida ta'limiy o'yinlar orqali o’quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari: Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi ta’limida ta'limiy o'yinlar orqali o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’zaro bog'liqlikda rivojlantirish mazmunining pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish;
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantirish mezonlarini tayanch va fanga oid kompitensiyalar asosida ishlab chiqish; Boshlang’ich sinflarning ona tili va o'qish savodxonligi ta’limida o’quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta'limiy o'yinlar usullarini motivatsion, kommunikativ-kognitiv yondashuv asosida takomillashtirish;
Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi ta’limida ta'limiy o'yinlar orqali oquvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantirish texnologiyalarini takomillash- tirish.
Kurs ishining ob'ekti: Ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan bugungi kundagi ta'limiy o'yinlar jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan bugungi kundagi ta'limiy o'yinlarni vosita va usullari.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi : Ushbu kurs ishi kirish 3 ta bob, 1-bob 2ta qism, 2-bob 2ta qism, 3-bob 2 ta qism xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo’lib asosiy matn 28 betni tashkil etadi.

I.BOB. ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1 Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida didaktik materiallardan foydalanish

Boshlang`ich sinflarda dars jarayonlarini tashkil qilishda biz darsning tashkiliy qismlariga hamda darsni tashkil etishda asosiy vazifani o`quvchining darsga qiziqishini oshiradigan ko`rgazmali vositalarga hamda didaktik o`yinlarga alohida ahamiyat qaratishimiz kerak. Dars jarayonida o`quvchilar bilan ishlash hamda ularga darsni mazmunli hamda qiziqarli qilib tushuntirib berishimiz uchun bizga albatta, ko`rgazmali qurollar juda ham katta yordamga keladi. Bunday ko`rgazmali qurollarga misol qilib har hil turdagi suratlardan foydalangan holda dars jarayonlarini tashkil qilish hamda shu ko`rgazmalardan foydalanib o`tiladigan mavzuga oid o`quvchilarning bilim doirasini bilib olishimiz hamda ularni o`tilgan mavzuni qay darajada o`zlashtirib olganliklarini bilishimiz hamda bilimlarini baholashimiz mumkin. Yana biz har hil turdagi ko`rgazmali qurollar yani suratlar yordamida bolalarga masalalar tuzdirishimiz hamda ularning nutqini, matematik savodxonligini oshirishimiz va fikirlash doirasini kengaytirishimiz mumkin.


Didaktik topshiriqlar. Biz dars jarayonida o`quvchilarga har hil didaktik topshiriqlarni bajartirishimiz mumkin va shu orqali o`quvchilarning matematik savodxonliklarini oshirishga erishamiz.
Darsni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishda eng oldin darsning asosiy maqsadlarini aniq oydinlashtirib olish zarur. Darsda nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi, algebraik va geometrik elementlarning arifmetika bilan bog`liqligi, didaktik maqsadlar amalga oshiriladi; yangi material bilan tanishtiriladi va mustahkamlanadi, malaka, ko`nikmalar hosil qilishga doir ishlar o`tkaziladi. Har bir darsda turli xil didaktik maqsadlar ko’zlanadi ular orasida bittasi bosh maqsad bo’lib hisoblanadi, uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi.
Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning yordamida o’qitilayotgan mavzuning mazmunini o’quvchilarga ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar bilan o’quvchilarni tanishtirish bo’lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani kengaytirsh va chuqurlashtirish, uchinchisida esa, bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O’tilganlarni takrorlash, o’tilgan bilimlarni yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o’z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish har kuni mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.
Maktablarning tajribasi darsning ma’lum tuzilishini biladiki, ko’pchilik o’qituvchilar bu tuzilishga rioya qilib, ma’lum natijalarga erishmoqda. Odatda, darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o’tgan mavzu takrorlanadi, so’ngra o’tgan mavzu yuzasidan savol – javob o’tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o’quvchilarga misol va masalalar yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa va unga ko’rgazmalar beriladi. Ba’zan bu maqsadlardan bittasiga bag’ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo’ysunadi.
Tarbiyaviy vazifalarni yechish uchun darslikdan ko’rsatmali materiallar ko`rsatilgan. Bular o`quvchilarning konkret va abstrakt fikrlashining rivojlanishiga yordam beradi. Predmet ko`rgazmasidan shartli ko`rgazmaga ( sxema, chizma ) o`tish har xil formadagi matematik munosabatlarni modellashtirish bilan o`quvchilarni tanishtirish ta’minlanadi. Darslikdagi il’yustrativ ko`rgazmalar matematik o`qitish bilan turmushni mustahkam bog`lashda katta rol o`ynaydi, ular matematik bog`lanishlar bilan tanishadilar va ularga amaliy qo`llanish imkoniyatlarini ko`rishda yordam beradi, matematikani umumlashtirish uchun material beradi, bolaning shaxsiy tajribasini boyitadi.
Darslikdagi ko’rsatmalar o`quvchilarning bilim boyliklarni kengaytirishga, atrofdagi turmushning har xil tomonlari bilan tanishtirishga imkon beradi. Bu il’yustrativlarning mazmuni har xil.
Ular o`quvchilarni uy turmushi va maktabdagi o`yinlari, tabiat hayoti, o`rab turgan tabiatga odamning munosabatini tushuntirishda yordam beradi. Aks ettirgan il’yustratsiyalar har kasbdagi odamlar bilan bolalarni tanishtiradilar. Rasmlar yangi texnikani foydalanishdagi mehnat faoliyati va bolalarning kattalarga qaraganda madaniy dam olishning ko`proq vaqt egallashini ko`rsatuvchi il’yustratsiyalardir.
Zamonaviy didaktik materiallar qanday bo‘lishi kerak ekanligi borasida qator didakt olimlar izlanishlar olib borishmoqda. Ushbu paragrafda zamonaviy darslik, o‘quv qo‘llanmalar va ikkilamchi didaktik materiallarga quyiladigan talablarni tahlil qilamiz.
Darslik o‘quvchilarning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturida belgilab berilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni faol va ongli suratda o‘zlashtirishga yordam beruvchi, o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan asosiy vosita hisoblanadi.
Ko‘rgazmali qurollarning tabiiy materiallar, illyustrastiyalar, chizmalar, video va audio materiallar kabi turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi talabalarga javob bergandagina ta’lim jarayonida foydalanishga yaroqli hisoblanadi:
Ta’limning an’anaviy usuli hozirgi kun talablarini qondirmay qo‘ydi. Shu bois «Zamonaviy dars qanday bo‘lmog‘i kerak?» degan savol tug‘iladi. Bu savol keyingi kunlarda ko‘pchilik o‘qituvchilarni qiziqtirmoqda.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limning sifati, samaradorligi butkul o‘qituvchi zimmasiga, uning izlanuvchanligi, fidoiyligi, o‘z mas’uliyatini qay darajada xis etishiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘zi o‘qitayotgan sinf o‘quvchilari o‘quv yili yakunida fanlardan egallashlari lozim bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalar mezoni talablari darajasida bilim, malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga erishishi kerak. Shunday ekan darslarni qanday usul bilan olib borish masalasini o‘qituvchi ehtiyoriga berish ma’qul, deb bilamiz. Lekin o‘qituvchi aniq maqsad bilan faol va fidokorona mehnat qilishi, darsning har bir bosqichiga mas’uliyat bilan yondoshmog‘i lozim. Shuningdek, o‘quvchilarga puxta bilim berish va darsning samaradorligini oshirish uchun unga ijodiy va yangicha yondoshib, zamonaviy darslar tashkil qilmog‘i kerak. Oshkor aytish mumkinki, hozirgi kundagi darslarimiz kundan-kunga bolalarimizni zeriktirib qo‘yadigan tartibda olib borilyapti. Ko‘pgina o‘qituvchilar hanuzgacha darsni tashkil etish, o‘tilgan mavzuni takrorlash va o‘quvchilar bilimini baholash, yangi mavzuni bayon etish, uni mustaxkamlash va uyga vazifa topshirish bilan chegaralanib kelmoqdalar. Bunday dars hozirgi kun talabiga mutlaqo javob bermaydi. Bolalarimiz faqatgina tinglovchi bo‘lib qolmoqdalar.
Demak dars jarayonida o‘quvchini faollashtirish, mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan qilib etishtirish lozim. Hozirgi kunda o‘qituvchilardan talab etilayotgan narsa, o‘quvchilarni faolligini kuchaytirish, chunki faollik bor joyda onglilik bo‘ladi.
Darslarni zamonaviy usulda tashkil etish uchun bir qator metodik va pedagogik talablarga qattiy rioya qilish lozim. Birinchi navbatda o‘qituvchi nazariy va metodik tomondan yaxshi qurollangan va o‘z kasbining jon kuyar fidoiysi bo‘lmog‘i kerak. Ikkinchidan esa, estetik did bilan ma’lum bir tizimda ishlangan ko‘rgazmali qurollar va tarqatma didaktik materiallarga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, o‘zi o‘qitayotgan sinf o‘quvchilarini o‘z farzandi mehri bilan sevishi va o‘z oldigan yosh avlodni kelajakning etuk hamda barkamol avlodi etib tarbiyalashdek murakkab va masuliyatli vazifa turganini unutmasligi kerak.
Keyingi yillarda ijodkor o‘qituvchilar bolalarning qaerda toliqib qolishlarining oldini olish, ularni o‘qishga, ilm olishga qiziqtirish maqsadida turli usullardan foydalanib kelmoqdalar.
Ma’lumki bola maktabga kelganga qadar asosan o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ularda chaqqonlik, ziyraklik, hozirjavoblik, sinchkovlik, epchillik kabi ijobiy xislatlar kurtak ota boshlagan, lekin hali etilmagan bo‘ladi. Muttasil o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lgan bolaning faoliyati endilikda o‘zgaradi. Kechagi o‘yin bilan mashg‘ul bo‘lgan bola endilikda 40-45 daqiqa davomida diqqatini bir erga to‘plab, talabga rioya qilgan holda o‘qituvchi bilan faoliyatda bo‘ladi, bilim oladi, mushohada qiladi. Bu bola uchun juda murakkab jarayondir. Uqituvchi yana shunday vaqtda o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlariga qiziqtirish yo‘llarini topishi o‘z ishiga ijodiy yondoshuvi lozim.
O‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tafakkurini rivojlantirishda noan’anaviy dars turlarini qo‘llash yaxshi natija beradi. Bunday darslarning oddiy darslardan farqi shundaki, o‘qituvchi darsni o‘yin tariqasida tashkil etadi va bolalarni hayolan turli olamga, ertaklar olamiga, kosmas va hatto marsga ham olib chiqishi mumkin. Masalan, «ertaklar olamiga sayohat», «marsga sayohat», o‘yin, munozara (savol-javob), mushohada bellashuv sahnalashtirilgan uyg‘unlashgan, test-sinov kabi dars shakllari noan’anaviy darslar jumlasiga kiradi. Bunday dars darslikda berilgan katta bo‘lim materiallari o‘rganib bo‘lingach, chorak (yil) oxirlarida egallangan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash maqsadida o‘tkazilishi ham mumkin. Bunday noan’anaviy darslar, albatta, qiziqarli o‘tadi. Uquvchilarning diqqati tarbiyalanadi. O‘yin faoliyati tobora jiddiy tus olib, mashg‘ulot (dars) bilan almashinadi, ya’ni topshiriqlar, suhbatlar, savshl-javoblar asta-sekin murakkablashib boradi. Bazan darsda o‘quvchilarni mustaqillikka, ijodkorlikka yo‘naltirish maqsadida juda ko‘p ish turlaridan foydalangan holda darslar tashkil etiladi. Bunday hollarda dars strukturasi buziladi. Ana shu dars strukturasining buzilishi noan’anaviy dars demakdir. Demak noan’anaviy dars-dars strukturasining buzilishi. Quyida biz 3-sinfda grammatika va imlo yuzasidan bir soatlik o‘yin darsini ko‘rib o‘tamiz.
Didaktik materiallar - bu biror bir ko‘rinishda ifodalangan bilimni taqdim qilishdir. Umumiy qilib didaktik materiallar deganda, bilish jarayonida pedagogik jihatdan ishlov berilgan va tizimga solingan maqsadli vazifalar to‘plamini tushunish mumkin.
Boshlang‘ich ta’limga oid didaktik materialning ta’lim jarayoniga qadar bo‘lgan holati darslik muallifining pedagogik layoqatiga, uning ta’lim jarayoni mohiyatini bilishiga, ma’lumot mazmuniga pedagogik ishlov berish va didaktik loyihalash sohasidagi mahoratiga bog‘liq.
Boshlang‘ich ta’limga taalluqli didaktik materialning ikkilamchi loyihalari dars loyihasi, ko‘rgazmali qurollar (tabiiy materiallar, illyustrastiya, chizma, audio va video materiallar), o‘quv topshiriqlari tizimi (test topshiriqlar, o‘yin topshiriqlari, tarqatma materiallar to‘plamlari) dan iborat bo‘lib, ularga pedagogik jihatdan ishlov berilib, darslikdagi mavjud holatdan yangi holatga o‘tkaziladi. Didaktik materiallar tuzilmasini biz quyidagi sxema bo‘yicha ifodaladik:
.



Download 379.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling