I. Bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida ta’limiy o didaktikdan foydalanishning nazariy asoslari
Boshlang'ich sinflarda ona –tili va o'qish savodxonligi darslari ta'limiy o'yinlardan foydalanish metodik ahamiyati
Download 379.58 Kb.
|
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA O\'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA DIDAKTIK MATERILLARDAN FOYDALANISH
1.2 Boshlang'ich sinflarda ona –tili va o'qish savodxonligi darslari ta'limiy o'yinlardan foydalanish metodik ahamiyati.
Bolalarning hayotida maktab davri juda katta o’rin tutadi. Chunki bolalar bog’cha ta’limidan so’ng aynan savodining chiqishi shu davrga to’g’ri keladi. Bu davrda bolalarga har taraflama tushunarli bo’lgan mashg’ulotlardan, qiziqarli zamonaviy usullardan foydalanish lozim. Maktab davrida bolaning savodi chiqishi bilan birgalikda uning dunyoqarashi shakllanib, fikrlash doirasi kengayib boradi. Bolalarning bilimini rivojantirishda turli xil o’yinlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bolalar o’yinlar orqali o’z bilimlarini mustahkamlab oladilar. ularni o’rganib oladilar.Ta’lim jarayonida qo’llani-ladigan didaktik o’yinlar ta’lim sifatini yanada oshirish, bilish jarayonining muvafaqqiyatli boshqarilishiga turtki bo’ladi. Didaktik ta'limiy o’yinlar boshlang’ich ta’limning keyingi bosqichlarida ham bolalarning bilimini rivojiga turtki bo’lishi mumkin. Dars jarayonida o’zlashtirishi past o’quvchilarning bilimini oshirishga bu o’yinlar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkillashtirishga e’tibor kuchaymoqda. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartlari asosida bilim berish asnosida kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakillantirish o‘qituvchidan kuchli bilim, yuksak kasb mahorati va tinimsiz mehnat hamda zamonaviy o‘quv texnologiyalarini o‘zlashtirishni talab qiladi. Ayniqsa, ona tili fanini o‘qitishda ta'limiy o'yinlar o‘quvchilarning yozma va og'zaki savodxonligini oshirish, mustaqil fikirlash va o‘z mulohazalarini yozma va og'zaki bayon qilish malakalarini shakllantirish, yozma va og'zaki nutqiy rivojlantirish omillari eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ona tili fanidan dars jarayonlarida o'quvchining yozma va og'zaki savodxonligi, imlo qoidalarini mukammal o'zlashtirganligi va yozma nutqning rivojlanganligini hamda husnixat bilan yozishini inobatga olib, yangi pedagogic texnologiyalar, ta'limiy o'yinlar orqali mashg'ulotlarni tashkil etish kelajakda yetuk intellectual barkamol avlodni tarbiyalashda muhim omil bo'lib hisoblanadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi ta’limning yangi usullaridan foydalanishi, dars berish jarayonida ko‘rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan, tarqatma materiallardan, test savollaridan unumli foydalanishi kerak. Darslarni DTS lari talablari, pedagogic texnologiya usullari asosida tashkil qilib dars – sahna, dars –suhbat, dars – sayr ko‘rinishida o‘quvchilarga bilim berishga erishish kerak. Darslarni milliylik asosida tashkil qilish, noananaviy darslar, hamda andozasiz darslar tashkil qilish o‘qituvchining qobiliyatiga va mahoratiga bog‘liq deb o‘ylayman. O‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitilaytgan foliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng hamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi. O‘qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu o‘qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O‘qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi. Keyingi sharti - bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir. O‘qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar, an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o‘qituvchi va o'quvchilarning ijoddagi hamkorligidir. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi: kasbiy faoliyatning ongli tahlili; me yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv; kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik; dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish; (o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish). Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi. Download 379.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling