I. Bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida ta’limiy o didaktikdan foydalanishning nazariy asoslari


Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida ta'limiy o'yinlardan foydalanish


Download 379.58 Kb.
bet6/11
Sana21.10.2023
Hajmi379.58 Kb.
#1714826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA O\'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA DIDAKTIK MATERILLARDAN FOYDALANISH

2.2.Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida ta'limiy o'yinlardan foydalanish.
Quyidagi beriladigan ta’limiy o‘yinni darsning o‘tilgan mavzuni so‘rash qismida foydalanishni tavsiya etaman. O‘qituvchi dars avvalida o‘tgan darsdagi “Nonushtaga 5 baho” matnining mazmunini yodga soladi. O‘quvchilardan matn mazmuni “Davomi kimda?” o‘yini orqali so‘raladi. Ya’ni o‘quvchilar matnni so‘rash davomida o‘qituvchining tavsiyasi bilan to‘xtatilgandan so‘ng navbatni davom ettirish uchun qolgan o‘quvchidan ham zukkolik, ham xotira mustahkamligi , ham diqqatni jamlash talab etiladi. O‘quvchilarda darsga qiziqish ortadi. Kim aniq, lo‘nda va qisqa qilib to‘g‘ri davim ettiraversa , o‘sha o‘quvchi o‘ziga ball yig‘ib boradi. Bu ta’limiy o‘yinni biz yana ko‘pgina matnni so‘rash orqali foydalanishimiz mumkin. Masalan:2- sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsligining “Bakteriya va mikroblar” bo‘limida odam tanasida yuz beradigan mikroblar bilan bog‘liq qiziqarli voqealar tasvirlangan. Ana shu hikoyani o‘quvchilardan mazmunini bo‘lib –bo‘lib so‘rash orqali “Davomi kimda” o‘yinidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yana xuddi shu darslikda keltirilgan “Qora oltin” matnini va “Qish ro‘moli” hikoyasining mazmuni bilan ishlashda ham bu o‘yindan foydalanish ancha samara beradi.
Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligi yangi avlod darsliklaridan bo‘lib bugungi kunda Milliy o‘quv dasturiga tayangan holda, har bir topshiriq va matnlar ham shunga mos tuzilgan hisoblanadi. Ma’lumki, bugungi har bir o‘quvchi mustaqil fikrga ega, og‘zaki fikrini aniq va lo‘nda qilib ifodalay olmog‘i lozim. Mana shunday nutq o‘stirishga qaratilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga oddiy sodda usuldagi yana bir ta’limiy o‘yinni misol qilib keltiraman.
“So'z va xodisalarni eslash" ta'limiy o‘yini
Sinf o‘quvchilari kichik guruhchalarga birlashtiriladi va har bir guruh bittadan so‘z tanlaydi.
1. Daraxt, paxta so‘zi bilan o‘yin boshlanadi. Dovuchcha, danak, do‘mbira, doira, dolana, paxta, piyola, parta, pomidor kabi "d", "p" hartlari bilan boshlanadigan so‘zlar topiladi.
2. Daraxt, paxta so‘zlarining birinchi bo‘g‘iniga da-, pax- bo‘g‘in qo‘shib so‘z hosil qilis: dali,dada paxtakor paxtazor.....
3. Berilgan so‘zlarga ohangdosh so‘zlar topish: paxta, taxta, shaxta, vaxta, daraxt, karaxt kabi.
4. Berilgan so‘zlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha so‘zlarni eslash: paxta, momiq, chigit, shona, g‘o‘za, ko‘sak; Daraxt, barg, gul, meva, danak, kurtak, tomir, ildiz
5. Berilgan so‘zlar ichidan birini tanlash: paxta, xat, daraxt, xatar
6. Berilgan so‘zlar bilan bog‘liq birorta hodisani eslash, hikoya, ertak, sarguzasht to‘qishga harakat qilish.
Mazmunini moslashtir” deb nomlanadigan ta’limiy o‘yin. Bunda ona tili va o‘qish savodxonligi darsligida berilib borilayotgan she’rlarning mazmunini qanday tushunganligini aniqlab olish mumkin. Bu usulda topshiriq jadval asosida beriladi . O‘quvchilarga tarqatma shaklida tashkil etilgan variantlar tarqatiladi. Jadvalning birinchi ustuniga she’rdan parcha beriladi. Ikkinchi ustunga esa o‘quvchi o‘zining tushunchasi bo‘yicha she’rni tahlil qilib mazmunini yozadi.
O‘ng ustundagi she’rdan parcha qismlarga chap ustunda izoh yozing.
Mazmunini moslashtir

Ota-onam singari
Shu qo‘shnilarning bari
Mendan olmoqda xabar
Ba’zan kirib barobar




Biri der: – Ranging somon,
Yeb olgin tansiq taom.






Mahalla – ota-ona,
Har qo‘shni qilar ta’na.




Qo‘shnilar borligi, rost,
Ekan juda, juda soz.






Tekshirib olinadi. Agar to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, “Barakala” deb o‘qituvchi rag‘batlantiradi.Bu ta’limiy o‘yindan boshlang‘ich sinflar 2-3-4- sinf o‘quvchilarida foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki aynan mana shu sinf o‘quvchilari bu davrda mustaqil fikrlay boshlagan va matnni ham to‘liq ifodalay oladigan ko‘nikmaga ega bo‘lishgan bo‘ladi. Darslar davomida bu o‘yinni qo‘llash o‘quvchida, avvalo ona tilida lug‘at boyligini oshishiga yordam beradi. O‘quvchi she’r matnini o‘z so‘zlari bilan ifodalash uchun so‘z izlaydi, o‘ylaydi.



Download 379.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling