I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari
Download 0.66 Mb.
|
Almardonova M. MD
3-matnli topshiriq.
Pulning “qopqon”lari. Albatta, xasislik va pulni yaxshi ko‘rish – yomon illat. Shu bilan birga, pulni noo‘rin ishlatib, isrof qilish ham gunoh. Odam pulni to‘g‘ri ishlatishni, uni turli “qopqon”lardan asrashni bilishi kerak. Xo‘sh, bu “qopqon”lar nima? “Qopqon”larning eng kattasi reklamadir. Har kuni televizor va ko‘chada turli rekalamalarni ko‘rasiz. Bu reklamalar odamni shu qadar o‘ziga rom qiladiki, siz o‘sha mahsulotni shu zahoti sotib olishni istab qolasiz. Unutmang, reklamalar ehtiyojimizdan ortig‘ini xarid qilishga undaydi. Ya’ni, sizga shu narsa kerak bo‘lmasa ham, reklama uni juda kerakli narsadek ko‘rsatadi. Shunday vaqtda o‘zingizga: “Shu narsa chindan ham menga kerakmi?” – deya savol bering. Supermarketlar ham “qopqon”ning bir turidir. Supermarketning ichidagi har bir jihoz, har bir mahsulot shunday joylashtirilganki, unga kirgan odam albatta keragidan ko‘p pul sarflaydi. Qimmatbaho va “yoqimtoy” mahsulotlar ko‘zga tashlanadigan joyda, arzon narsalar esa rastalarning bir burchagida turadi. Mahsulotga yopishtirilgan “Bizda chegirma!”, “Super aksiya!” degan yozuvlar ham xaridorni o‘ziga jalb qiladi. Aslida 5000 so‘mlik narsani 4999 so‘m deb “chalg‘itmoqchi” ham bo‘lishadi. Hatto supermarketda jaranglab turuvchi musiqalar ham odamning ruhiyatiga ta’sir qilib, “yana ko‘proq narsani sotib ol” deb turar ekan! Shuning uchun supermarketga faqat olinadigan narsalarning ro‘yxati bilan kiring va faqat ro‘yxatdagilarni oling. Quyidagi savollarga matn asosida javob bering. 1. Quyidagi hukmlarni matn mazmunidan kelib chiqib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang. Supermarketdagi turli xil yozuvlar keraksiz narsani ham keraklidek ko‘rsatadi. a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri Supermarketda maxsulotlarning joylashuvi katta ahamiyatga ega. a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri 2. Nima uchun qimmatbaho va “yoqimtoy” mahsulotlar oldingi rastalarga joylashtiriladi? a) olish qulay bo‘lishi uchun b) ko‘zga tashlanishi uchun d) xaridorni chalg‘itish uchun e) tezroq topa olish uchun 3. Matnning bosh g‘oyasidan kelib chiqib, bir-biriga to‘g‘ri keluvchi ma’lumotlarni moslashtiring.
a) a-2; b-1,3 b) a-1,2; b-3 d) a-1; b-2,3 e) a-2,3; b-1 4. Matnda “qopqon” deb nimalar nazarda tutilmoqda? Javob:___________________________________________________________________________________________________________________________ 5. Ushbu matn orqali insondagi qaysi illatlar qoralanmoqda? ESLATMA. Fikrlaringizni lo‘nda, ixcham ifodalang, 15 ta so‘zdan oshib ketmasin. Javob:_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling