I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari


Download 0.66 Mb.
bet24/31
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1522462
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
Almardonova M. MD

2-matni topshiriq.

­­­­­­__________________________________


Ko‘pchilik baliqlarning no‘xatdekkina miyasi bor va ular kun bo‘yi u yoqdan bu yoqqa suzishdan boshqa narsani bilmaydi deb o‘ylaydi. To‘g‘ri, baliqlarning miyasi kichkina bo‘lishi mumkin. Lekin baliq miyasi uning tana hajmi va og‘irligi bilan taqqoslab ko‘rilsa, miyaning nisbatan katta ekani bilinadi. Masalan, Afrika suvlarida yashaydigan uzun burunli fil baliq miyasi bu jihatdan odam miyasidan ham ustun turadi.
Avstraliyalik olim Kulum Braun baliqlar ko‘pchilik o‘ylagandan ko‘ra aqlliroq jonivor ekani va ularning xotira maydoni keng ekanini isbotlab bergan. Baliqlar xotirasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, juda ko‘p baliqlar bir necha oydan bir necha yilgacha bo‘lgan ma’lumotni eslab qolish imkoniyatiga ega ekan. Masalan, kanal laqqachasi o‘ziga yemish berib yurgan odamning ovozini 5 yildan keyin ham eslagani yoki tillarang tobon baliq o‘ziga ozuqa beriladigan idishni bir yildan keyin ham tanigani olimlar tomonidan qayd etilgan.
Baliqlarning naqadar aqlli ekanini baliq oviga qiziquvchilar ham yaxshi biladi. Ular o‘ta ziyrak bo‘lib, xavfli xo‘raklarni eslab qolishadi. Qorni och bo‘lishiga qaramay, shu xo‘rakka yaqin yo‘lashmaydi.


Quyidagi savollarga matn asosida javob bering.

1. Matndagi “no‘xatdekkina miya” birikmasidagi “no‘xatdekkina” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?


a) dumaloq
b) kichkina
d) yassi
e) katta

2. Berilgan ma’lumotlar va unga aloqador tushunchalarni o‘zaro moslashtiring.





Ma’lumotlar

Tushunchalar

1. O‘ziga yemish berib yurgan odamning ovozini 5 yildan keyin ham eslay oladigan baliq ___________
2. Miya faoliyati insonning miyasidan ham ustun turadigan baliq __________
3. O‘ziga ozuqa berilgan idishni 1 yildan keyin ham taniydigan baliq ________

A. Uzun burunli fil baliq
B. Tillarang tobon baliq
D. Kanal laqqachasi

3. Quyidagi hukmni matn mazmunidan kelib chiqib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.


Baliqlarning miyasi tanasidan ham og‘ir bo‘ladi.
a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri

4. Baliqlar nima sababdan och bo‘lishiga qaramay ba’zi xo‘raklarga yaqinlashmaydi?


a) baliq ovlovchini eslab qolgan bo‘ladi
b) qarmoq ekanligini sezgan bo‘ladi
d) yemishni xavfli ekanligini fahmlaydi
e) xatar borligini sezgan bo‘ladi

5. Matn mazmunidan kelib chiqib unga mos sarlavha qo‘ying.


Javob: _________________________________________________________



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling