I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari


-§. Tajriba ishtirokchilari(O‘z maktabidan o‘quvchilar)


Download 0.66 Mb.
bet23/31
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1522462
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
Almardonova M. MD

3.2-§. Tajriba ishtirokchilari(O‘z maktabidan o‘quvchilar)


3.3-§. Tajriba-sinov materiallari
Tajriba-sinov ishlarida 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda quyidagi topshiriqlardan foydalandik.
1-matnli topshiriq.
Ko‘proq temir yeyish kerak!
Tanangizda qancha miqdorda temir borligini bilasizmi? Buni qarangki, sog‘lom odam tanasidagi temirdan 1 yoki 2 dona tanga yasash mumkin ekan! Qizig‘i, bu temirning asosiy qismi qonning tarkibida bo‘lib, tomirlarimizda oqib yuradi.
Odam qonida qizil qon tanachalari mavjud. Tanamizdagi temirning 67 foizi shu qon tanachalarining tarkibiga kiradi. Temir organizmdagi to‘qimalarga kislorodni yetkazib berishdek muhim vazifani bajaradi. Odam kasal bo‘lganda, jarohat olganda yoki noto‘g‘ri ovqatlanganda ko‘p qon yo‘qotishi mumkin. Aniqrog‘i, organizmdagi temir moddasi kamayib, kamqonlik kasali kelib chiqishi mumkin.
Kamqonlik tibbiyotda anemiya kasali deb ham ataladi. Bu kasallik bolalarda ko‘p uchraydi. Anemiyaga chalingan bolalar dangasa va nimjon bo‘lib qoladi. Immuniteti past bo‘lgani sabab salginaga kasal bo‘lishadi. Anemiyaning oldini olish va davolash uchun temir moddasiga boy narsalarni ko‘proq yeyish kerak. Temir go‘sht mahsulotlari tarkibida ko‘p bo‘ladi. Yana no‘xot, quritilgan o‘rik, olxo‘ri, kishmish, guruch, bug‘doy va dukkakli mahsulotlarni doimiy yeb turish zarur. Kamqonlikda kuchli qovurilgan taomlar, sut mahsulotlari imkon qadar kamroq iste’mol qilinadi. Shirinliklardan faqat asal yoki shakar yeyish mumkin. Boshqa qandolatchilik mahsulotlari, pishiriqlar, qahva, kakao kabilarni juda kam iste’mol qilish ketak.


Quyidagi savollarga matn asosida javob bering.
1. Quyidagi hukmlarni matn mazmunidan kelib chiqib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.
Organizmda qonning kamayib ketishi anemiya kasalligini keltirib chiqaradi.
a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri


Odam tanasida tanga yasash uchun yetarli temir moddasi uchraydi.
a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri


Organizmda temir moddasining kamayasishi kislorod yetishmovchiligini yuzaga keltiradi.
a) to‘g‘ri b) noto‘g‘ri

2. Organizmdagi temir moddasining necha foizi qon tomirlarida uchraydi?


Javob: _____________

3. Matnga ko‘ra anemiya kasalligining oldini olish uchun qaysi maxsulotlarni iste’mol qilish zarur?


1 2 3

4 5 6


7 8 9


4. Kamqonlik kasalligini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlang.


ESLATMA. Bir nechta to‘g‘ri javob bo‘lishi mumkin.
a) to‘g‘ri ovqatlanmaslik
b) shakar iste’mol qilish
d) nimjonlik va dangasalik
e) ko‘p qon yo‘qotish

5. Matndan nimani o‘rgandingiz? O‘z fikr-mulohazalaringizni 2-3 ta jumla orqali ifodalang.


Javob:___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________­­­­­­­­________



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling