I bob. O‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy asoslari
Tajriba boshi va tajriba yakuni natijalari qiyosi
Download 0.66 Mb.
|
Almardonova M. MD
Tajriba boshi va tajriba yakuni natijalari qiyosi
Uchinchi bob yuzasidan xulosalar 1. O‘qib tushunish ko‘nikmasi 5-sinflarda qay holatda ekanligini tekshirish maqsadida o‘tkailgan tajribalarimizda ma’lum bo‘ldiki, o‘quvchilar matnga munosabat bildirish, xolis baholay olish va o‘rgangan bilimini amalga tadbiq eta olishda past ko‘rsatkich ko‘rsatishgan. Munosabat bildirish va baholashda o‘quvchilar mustaqil fikrlashdan chekinib, matndagi bor jumlalarni javob sifatida taqdim etgan. Aksariyat o‘quvchilarda shunchaki matnni “o‘qish” jarayoni yuz bergan, “o‘qib tushunish”, ya’ni matnni idrok etish, oldingi bilimlari bilimlari bilan integratsiya qilish jarayoni ro‘y bermagan. Demak, ona tili darsliklarida bu ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun yetarlicha mashq va topshiriqlar berib borilmagan. Natijada o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, mulohaza yuritish, xabarlarning ishonchli yoki ishonchsizligini to‘g‘ri baholay olish ko‘nikmalari yetarlicha shakllanmagan. Ammo, rivojlantiruvchi darslar tashkil etilgandan so‘ng ko‘rsatkichlar ijobiy tomonga o‘zgarganining guvohi bo‘ldik. Demak, matn va topshiriqlar metodikasining o‘quvchilarga mos ravishda ishlab chiqilishi o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishdagi eng muhim omil hisoblanadi. Tajriba-sinovimizdagi ko‘rsatkichlar buning yaqqoli isbotidir. 2. Darslikda berilgan matnlar nafaqat grammatik bilimni rivojlantirish uchun, balki, ushbu yoshdagi o‘quvchilarning bilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan holda, o‘rgangan bilimini qo‘llay olish uchun ham xizmat qilish lozim. Tajriba-sinov o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarning matn va sarlavhaga bo‘lgan munosabati bevosita o‘qib tushunish jarayoniga ta’sir qilganining guvohi bo‘ldik. Matnda rasm, diagramma, jadval va chizmalardan foydalanish o‘quvchilarning vizual ma’lumotlarni tushunish, baholash va foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Aynan mana shunday uslubni 5-sinf ona tili darsligiga kiritish o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish uchun poydevor vazifasini o‘taydi desak adashmaymiz. Tajriba boshi va yakunidagi o‘zgarishlar bunga isbot bo‘la oladi. XULOSA 1. O‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish jarayonini, avvalambor, ma’lum mezonlar asosida tartiblashtirish lozim. Shundan keyingina metodik qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqish mumkin. 2. 5-sinf o‘quvchilarida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish tushunish, munosabat bildirish va baholash hamda foydalanish tartibida amalga oshirilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 3. O‘quvchining bilimini rivojlantirish bevosita topshiriq turlariga bog‘liq. Negaki 5-sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish faqat mashqlar bilan emas, turli uslubdagi test topshiriqlari yordamida amalga oshirilishi samarali hsoblanadi. 4. O‘qib tushunish ko‘nikmasi 5-sinflarda qay holatda ekanligini tekshirish maqsadida o‘tkailgan tajribalarimizda ma’lum bo‘ldiki, o‘quvchilar matnga munosabat bildirish, xolis baholay olish va o‘rgangan bilimini amalga tadbiq eta olishda past ko‘rsatkich ko‘rsatishgan. Munosabat bildirish va baholashda o‘quvchilar mustaqil fikrlashdan chekinib, matndagi bor jumlalarni javob sifatida taqdim etgan. Aksariyat o‘quvchilarda shunchaki matnni “o‘qish” jarayoni yuz bergan, “o‘qib tushunish”, ya’ni matnni idrok etish, oldingi bilimlari bilimlari bilan integratsiya qilish jarayoni ro‘y bermagan. Demak, ona tili darsliklarida bu ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun yetarlicha mashq va topshiriqlar berib borilmagan. Natijada o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, mulohaza yuritish, xabarlarning ishonchli yoki ishonchsizligini to‘g‘ri baholay olish ko‘nikmalari yetarlicha shakllanmagan. Ammo, rivojlantiruvchi darslar tashkil etilgandan so‘ng ko‘rsatkichlar ijobiy tomonga o‘zgarganining guvohi bo‘ldik. Demak, matn va topshiriqlar metodikasining o‘quvchilarga mos ravishda ishlab chiqilishi o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishdagi eng muhim omil hisoblanadi. Tajriba-sinovimizdagi ko‘rsatkichlar buning yaqqoli isbotidir. 5. Ona tili ta’limida “o‘qish” va “o‘qib tushunish” tushunchalarini bir-biridan ajratib olish kerak. 5-sinf darsligidagi matnlar orqali o‘quvchi ham kerakli axborot olishi, ham nazariy bilim o‘rganishi kerakli malakalarni hosil qiladi. 5-sinf ona tili darsligida matnlarning va topshiriqlarning tanlanishi ustida chuqurroq izlanish olib borish lozim. 6. Amaldagi maktab darsligida berilgan topshiriqlar yordamida o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish tartibli va izchil amalga oshirilmayotganligi o‘qib tushunish ko‘nikmasi mazmunni qayta ishlab chiqish, ushbu mazmun asosida yangicha topshiriqlar metodikasidan foydalangan holda o‘quv materiallarini yaratishga ehtiyoj borligi dalillaydi. 7. O‘qib tushunish ko‘nikmasini riovojlantirishda o‘quvchining fiziologik hamda psixologik holatiga ko‘ra yangi tamoyillar ishlab chiqilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni kutilgan natijaga erishish uchun nafaqat pedagogik ta’sir, balki bolaning yosh xususiyatlari, yashash tarzi, tafakkur kuchi ham inobatga olinishi kerak. Ta’lim jarayonining sifatini oshirishda pedagogika hamda psixologiya sohalari chambarchas bog‘liq ekanligini unutmagan holda metodik tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqish kerak. 8. Darslikda berilgan matnlar nafaqat grammatik bilimni rivojlantirish uchun, balki, ushbu yoshdagi o‘quvchilarning bilishi zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan holda, o‘rgangan bilimini qo‘llay olish uchun ham xizmat qilish lozim. Tajriba-sinov o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarning matn va sarlavhaga bo‘lgan munosabati bevosita o‘qib tushunish jarayoniga ta’sir qilganining guvohi bo‘ldik. Matnda rasm, diagramma, jadval va chizmalardan foydalanish o‘quvchilarning vizual ma’lumotlarni tushunish, baholash va foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Aynan mana shunday uslubni 5-sinf ona tili darsligiga kiritish o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish uchun poydevor vazifasini o‘taydi desak adashmaymiz. Tajriba boshi va yakunidagi o‘zgarishlar bunga isbot bo‘la oladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling