I-bob. O‘smirlarda somatik kasalliklar rivojlanishining nazariy asoslari
Download 141.5 Kb.
|
Bolalarda surunkali somatik kasalliklarning kelib chiqish omillari va koʻrinishlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning metodologik asosi
- Tadqiqotning qisman ilmiy yangiligi
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning maqsadi. O‘smirlarda uchraydigan somatik kasalliklarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish ilmiy ishning maqsadi hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotning predmeti O‘smirlarda uchraydigan somatik kasalliklarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish Tadqiqotning obyekti sifatida Qarshi shahridagi 27-umum ta`lim maktab o‘quvchilari Tadqiqot vazifalari. Bitiruv malakaviy ishi quyidagi vazifalarni amalga oshirish zaruratini taqozo etadi: 1.O‘smirlarda somatik kasalliklar rivojlanishining nazariy asoslarini taxlil etishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni taxlil qilish.. 2. O‘smirlarda uchraydigan somatik kasalliklarning psixologik xususiyatlarining amaliy jihatlarini o‘rganish. 3. O‘smirlarda surunkali somatik kasalliklar rivojlanishining psixologik omillarini aniqlash. 4. O‘smirlarda surunkali somatik kasalliklar rivojlanishining psixologik omillarini aniqlovchi ijtimoiy-psixologik usul va so‘rovnomalarni ishlab chiqish, mavjud test va metodikalarning maqsadga muvofiq modifikatsiyalarini tanlash, amaliyotda sinash, tadbiq etish. Tadqiqotning metodologik asosi. Bosh metodologik asos bo‘lib mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimovning oilaviy tarbiya masalasiga bag‘ishlangan hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan qarorlari, S. Moscovisi, J. Jodelet, L.C. Kovar, P.S. Rosendlatt kabi olimlar tomonidan taklif etilgan ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi; M.G. Davletshin, Elkonin, , E.G‘. G‘oziyev, Sh.R. Barotov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova o‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqqan nazariy yondoshuvlari xizmat qildi. Tadqiqotning qisman ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy jihatdan yangiligi quyidagilar bilan izohlanadi: Ilk marotaba o‘smirlarda surunkali somatik kasalliklar rivojlanishining amaliy axamiyati aniqlandi va tahlil etildi; Tadqiqotning nazariy ahamiyati : shundaki, unda qo‘lga kiritilgan ilmiy tahlillar va xulosalar “Psixologiya” fanining “Umumiy psixologiya”, “Ontogenez psixologiyasi”, “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi”, hamda “Oila psixologiyasi” kabi sohalariga oid bilimlarni yanada boyitishga xizmat qiladi. Shuningdek, to‘plangan nazariy ma’lumotlar joylardagi psixologik xizmat markazlaridagi maslahatlar bo‘limlaridagi amaliy psixologlarga psixokorreksion - tuzatish dasturlarini ishlab chiqishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotda qo‘lga kiritilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan joylarda tashkil etilgan “Psixologik xizmat” bo‘limlaridagi amaliy psixologlar faoliyatida foydalanish mumkin. Shuningdek, nazariy xulosalardan “Oila psixologiyasi”, “Etnopsixologiya” kurslarini o‘qitishda, ota-ona va yoshlarga amaliy maslahat berishda, keng jamoatchilik, aholi o‘rtasida ijtimoiy-psixologik bilimlarni targ‘ib qilishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, Bitiruv malakaviy ish natijalari ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish, oilalarni mustahkamlash amaliyotiga tadbiq etilishi mumkin. Tadqiqotda qo‘lga kiritilgan empirik natija va nazariy xulosalar “Psixologiya” fanining “Ijtimoiy psixologiya”, “Etnopsixologiya”, “Shaxslararo munosa-batlar psixologiyasi”, “Umumiy psixologiya” hamda “Oila psixologiyasi” “Sotsial trening va amaliyot” kabi sohalariga oid bilimlarni yanada boyitishga xizmat qiladi. Download 141.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling