I-bob. O‘smirlarda somatik kasalliklar rivojlanishining nazariy asoslari


O‘smirlarda surunkali somatik kasalliklar rivojlanishining psixologik omillari


Download 141.5 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi141.5 Kb.
#1588051
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bolalarda surunkali somatik kasalliklarning kelib chiqish omillari va koʻrinishlari.

2.2.O‘smirlarda surunkali somatik kasalliklar rivojlanishining psixologik omillari

O‘smirlik yoshida keng tarqalgan surunkali somatik kasalliklar psixologik- ijtimoiy beqarorlik va uning biologik tizimi boshqariluvidagi qayta o‘zgarishlar oqibatidir. mazkur yo‘nalishda ish olib borgan tadqiqotchilar M.P. Miroshnikov, A.N.Mixaylov, T.A.Nemich, V.A. Barash, V.P.Medvedev, V.A.Chetverikov,, shuningdek uzoq cho‘zilgan kasallikning o‘zi asosiy psixogen omil sifatida o‘smirning shaxsi va xulqi shakllanishiga ta’sir etib, ikkilamchi asabiy buzilishlarni keltirib chiqaradi. Psixologlarimizdan V.V.Kovalyov, A.YE.Lichko, YE.D.Bojovichlarning tadqiqotlarida mazkur muommo to‘laligicha o‘z ifodasini topganligining guvoxi bo‘lishimiz mumkin.


O‘smirlarning o‘z surunkali somatik kasalliklariga munosabatlari, kasallikning shuningdek, mikroijtimoiy muhitni ularning psixikasiga ta’sirini o‘rganish, ulardagi mavjud psixologik himoya mexanzmini aniqlash, ular bilan o‘tkaziladigan psixologik koreksiya va psixoterapeyaning adekvat yo‘llarini topish imkonini beradi. Albatta, bu psixologlardan ushbu muommoga sistemali tibbiy- psixologik yondoshuvini talab etadi. Aksariyat hollarda , surunkali somatik kasalliklar diagnozi qo‘yilgan o‘smirlarning xulqlarida muvaqqat o‘zgarishlar sodir bo‘ladiki, bu ularning xatti- harakatlarida, o‘zgalar bilan bo‘ladigan muloqatlarida, shaxslararo munosabatlarida o‘z ifodasini topib, kasalliklardan forig‘ bo‘lishiga teskari ta’sir etib, organzmning toliqishiga, turli asabiy buzilishlar shakllanishining kuchayishiga, o‘smirlarda distress holatining ortishiga sabab bo‘ladi va xokozolar.
Olib borilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, surunkali somatik kasalliklar bilan og‘rigan o‘smirlar o‘zlarining sog‘lom tengqurlaridan xulqlaridagi muvaqqat o‘zgarishlarning yuqoriligi bilan farqlanganlar. Ular xulqidagi muvaqqat o‘zgarishlardan emotsional- labil va labil- isteroid tiplpri uchrashi darajasiga ko‘ra ko‘proq nisbatga ega. Bu esa ularning o‘z atrofdagilariga nisbatan yuqori sezgirlikdan, o‘ta ta’sirchanliklaridan va ularda stress vaziyatlari vujudga kelishining yuqori ehtimolligidan dalolat beradi. Qayd etish lozimki, har uchchala kasallik guruxiga mansub o‘smirlarda ham emotsional tip minimal ko‘rsatkichga ega.
Surunkali yurak xastaliklariga chalingan o‘smirlarda aksentuatsiyaning isteroid tipi o‘g‘il bolalarga nisbatan qizlarga ko‘proq uchraydi. Shuningdek, ularda xarakterning shizoid tipi sifatlari, surunkali oshqozon yarasi diagnoziga ega o‘smirlarda psixoastenik va surunkali piyelonefritda sezintivlik xususiyatlari yaqqol ifodalanishi bilan ajraldi. Sezintiv xarakter tipi ayniqsa o‘smir qizlarga xos bo‘lib, bizningcha, ularda psixogen xarakter kasb etadi.
Kasalliklari bois o‘zgalar tomonidan inkor etilishidan qo‘rqish, ularda sezgirlikning ortishi va yoqimsiz kutilmaga sabab bo‘ladi.
Kasal o‘smirlardagi xulq buzilishlarining jinsiy farqlanishlarini asosan ulardagi dimorfizm bilan tushuntirib, bu xolatni tashqi va ichki nomutanosibliklar bilan izoxlab, buni o‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan himoya mexanzmlariga bog‘liq deyish mumkin.
Yosh davrining ortishi bilan o‘smirlarda asteno- nevrotik sifatlarning ortishi kuzatiladi. Bu dalil bizga kasalliklarning cho‘zilib ketishi, o‘z kasaliga sezintiv munosabat va kasallik kechishidagi xarakterning “taranglashishi” oqibati deb qarashimizga hamda kasallikning progressivlashishi ularda egotsentrik sifatlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi deb ta’kidlashimizga imkon beradi. Suxbatlarimiz chog‘ida o‘z kasalliklarini qayd etishga urinish o‘g‘il bolalarda “yashirinlik” xarakteriga, qiz bolalarda esa “ochiq”lik xususiyatiga egaligi ma’lum bo‘ldi.. Tug‘ma yurak xastaliklari ega qizlardagi bunday ochiqlik o‘ta emotsional ta’sirchanliklari, hamma o‘zgarishlarni yuraklariga yaqin olishlari , o‘z sog‘liqlari oldida mas’uliyat sezishlari va nixoyat davolanish jarayoni hamda uning oqibatlariga qiziqib, o‘z ideal 2men2lariga yaqinlashish imkoniyatini beradi.
Shaxs rivojlanishiga ta’si etuvchi mikroijtimoiy muhit tahlili, ya’ni Oilaviy munosabatlar tahlili (OMT) metodikasi yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijalariningko‘rsatishicha , tug‘ma yurak xastaligi dominat tipiga mansub oilalarda, ya’ni yuqori axloqiy tarbiyaga e’tiborning xaddan ziyod qaratilishi (66 foiz) , oilada otaning ta’sirini absolyutlashtirishning , oiladagi statusning faqatgina rasmiy xarakterga ega bo‘lishi , tarbiya jarayonida hayotda yuqori lavozimga erishish muvaffaqiyat garovi qabilidagi yo‘nalganlik ijtimoiy meyoriy yo‘naltirilganlikni shakllpntiradi. O‘smirlarning “men”lik dunyosida o‘g‘il bolalarda “xammasi menga bog‘liq”, qiz bolalarda esa o‘zga jins bilan muloqatga kirishishdagi qiyinchiliklar va ichki “menlik” qobig‘iga o‘ralganlikni kechadi.
Surunkali oshqozon yarasi kasalligi asosan noto‘liq oilalarda va notinch oilalarda kuzatiladi. Ular tarbiyasida ikki xil potogen holat uchraydi. 1) Tarbiyada bolaning ota- onalar tomonidan inkor qilinishi (55 foiz) va tarbiyadagi “qarama- qarshiliklar” va o‘zi to‘liq mehr ko‘rmaganligi bois “aloxida” man xamda egotsentrzm , ya’ni men markaziyman” degan fikr shakllanishiga sabab bo‘ladi.
2 ) Bolaga “oila kumiri” (25 foiz) deb qarashdan iborat munosbat, ularda tengqurlari muxitiga moslasha olmaslikni shakllantiradi.
Umuman olganda, bolalikdan turli kasalliklarning shakllanishi oiladagi nosog‘lom muxit, oilada moddiy ta’minlanganlikning pastligi, ota- onalarning ma’nan yetuk emasliklarining natijasidir.
Yuqorida qayd etilganlardan quyidagilarni xulosa sifatida keltirishimiz mumkin. O‘smirlardagi surunkali kasalliklar rivojlanishi omillarini sistemali taxlil qilish ularning umumiy va maxsus psixologik xususiyatlarga egaligini ko‘rsatadi.
1.Aksentuatsiyaning emotsional- labil va labil- isterioid tipining yorqin ifodalanganligi o‘smirlarda surunkali somatik kasalliklar ortishiga sababchi bo‘ladi.
2.Surunkali yurak xastaliklaridagi o‘zligini tasdiqlashga urinish , psixologik himoya mexanzmini sustlashishiga sabab bo‘lib, o‘zini – o‘zi nazorat qilishning zo‘riqishiga, shuningdek xarakterning shizoid xususiyatlari shakllanishiga olib keladi.
3. Surunkali oshqozon kasalliklari qrndirilmagan mehr- muxabbat, egotsentrzm oqibati bo‘lib, atrofdagilarga nisbatan salbiy ustanovka , shuningdek , psixogenetik shakllanishi bois ruy beradi.
4.Dominant giperproteksiya tipiga asoslangan tarbiya usuli asosiy patogen omil tarzida surunkali kasalliklar rivojini tezlashtiradi.
Shunday qilib. o‘smirlar tarbiyasidagi qiyinlik tibbiy meyorlardan og‘ish xolatlari :
a) surunkali somatik kasalliklarda ;
b)funksional buzilishlarda ;
v) asab- psixik kasalliklar ruy bergan hollarda xam kuzatiladi.
Psixologlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy vazifa ota- onalarga, pedagoglarga, o‘smirning shaxslararo munosabatlar doirasidagi insonlarga, shaxsan o‘smirning o‘ziga xulq buzilishlaring korreksiyasi va profilaktikasi bo‘yicha maslahat berishdir.



Download 141.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling