I bob. O’zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari


Download 1.56 Mb.
bet2/11
Sana18.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1567552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi (4)

Kurs ishining dolzarbligi: Bugungi kunda O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda amalga oshiralayotgan islohotlar hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarning muhim ahamiyati orqali vazifalarni amalaga oshirishda tariximiz va bugungi kunimizdagi holatini e’tiborga olgan holda o‘rganish, tahlil qilish hamda kerakli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega.
Kurs ishining maqsad: O’zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari, xotin-qizlarni o’qitishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish,ta’lim va tarbiya metodikasiga tegishli pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat bilan tanishtirish. Xotin qizlarning : bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, O’zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari mavzusini o’qitishda ta’lim texnologiyasidan foydalanish.
Kurs ishining obyekti: Ta’lim jarayonida xotin-qizlarni o’qitishda pedagogik texnologiyalaridan foydalanish.
Kurs ishining predmeti: Xotin-qizlarning ta’lim jarayonida o’qitish texnologiyasi foydalanish usuli, shakl va vositalari metodlari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Ta’lim jarayonida o’zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari mavzusini o’qitishda ta’lim texnologiyasidan foydalanish , ilmiy tadqiqotga yo’naltirishda hamda shu sohaga oid ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda foydalanish mumkin.


I BOB. O’zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari
1.1 Hujum harakatlarining o’tkazilishi
O‘zbek ayollari va qizlarining hayoti asrlar davomida islom dini shariati ko‘rsatmalari asosiga qurilgan edi. Sovet hokimiyati o‘rnatilgach, Sharq ayollarini “ozodlik”ka chiqarish, eski turmush tarziga hujum qilish, ayollarning chachvon va paranjisini(1-rasm) tashlab yangi zamon qurayotganlar safiga tezroq qo‘shilishi kabi muammolar kun tartibiga qo‘yildi.

1-rasm. Paranji
Bolsheviklar tomonidan O‘rta Osiyo respublikalarida, xususan, O‘zbekistonda bu muammo qisqa muddat davomida shoshilinch hal qilindi, natijada katta yo‘qotishlar yuz berdi, ko‘plab xotin-qizlar eskilik va xurofot tarafdorlarinnig qutqusi bilan o‘z yaqinlari tomonidan o‘ldirildi.O‘zbek ayollarini ozodlikka chiqarish va yangi turmushga jalb qilish, darhaqiqat, kerak edi. Biroq bu ishni
bolsheviklar va sovet hokimiyati vakillari tanlagan tezkor yo‘l bilan emas, balki asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshirilganda katta qurbonlar va yo‘qotishlar bo‘lmas edi. “Hujum” kompaniyasi 1926-yil sentyabrda O‘rta Osiyo xotin-qizlari kengashida e’lon qilinib, uni 1927-yil 8-martdan boshlashga qaror qilindi. 1926-yil dekabrda “Hujum” kompaniyasini o‘tkazish uchun O‘rta Osiyo
respublikalari, xususan, O‘zbekistonda maxsus komissiyalar tuzildi.1
1927-yil 8-martda ommaviy mitinglar (2-rasm) boshlandi. Ularda 100 000 dan ortiq xotin-qizlar paranjilarini gulxanda yoqdilar. Lekin bolsheviklar partiyasining o‘zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishni tezlashtirish siyosati yomon oqibatlarga olib keldi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling