I bob. O’zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari


-rasm.Xotin-qizlarning ommaviy mitingi


Download 1.56 Mb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1567552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi (4)

2-rasm.Xotin-qizlarning ommaviy mitingi
“Hujum”ga qarshi bo‘lganlar ayollarga nisbatan zulm o‘tkaza boshladilar. “Hujum” harakati eng faol o‘tkazilgan 1927-1928-yillarda O‘zbekistonda 2500 dan ortiq faol xotin-qizlar, tuman va qishloq sho‘rolarining a’zolari, xotin-qizlar klublari va kutubxonalar mudiralari, muallimalar yangi hayot yo‘lida o‘z jonini qurbon qildi. Afsuski, bu fojialarning oldi olinmadi.
Sovet hukumati “Hujum kompaniyasini o’tkazishdan quydagi maqsadlarni ko’zlagan edi.
Birinchidan, o’zbek xalqining tarixan tarkib topgan milliy axloqiy sharqona an’ana va qadriyatlaridan yo’qotish va ma’naviyatimizga zarb berish;
Ikkinchidan, “xotin-qizlarni ozod qilish”, bahonasidasanoat korxonalari, kolxoz va sovxozlarda arzon-garovda ishlaydigan qo’shimcha ishchi kuchlari sifatida ulardan foydalanish,amalda sho’ro qullariga aylantirish edi.

1.2. Xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari
Sovet hokimiyati o’zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish jaroyinda ularni ishlab chiqarishga jalb qilish tadbirlarini ham amalga oshiradi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad xalq xo’jaligi muammolarini hal qilish uchun yangi mehnat resurslari bo’lgan ishchi kuchlarini vujudga keltirish edi. (3-rasm xotin-qizlarning ishga jalb etilishi

3-rasm xotin-qizlarning ishga jalb etilishi
Xotin qizlar dastlab hunarmandlik kooperatsiyasiga jalb qilindi. Xotin-qizlar klublarida ayollar uchun maxsus xonalar ochilib, ular bunday joylarda do’ppi va choyshablar tikishardi. Keyinchalik hunarmandchilik kooperatsiyasi tarkibida maxsus ayollar artellari tashkil qilindi. 1926-yili O’zbekistonda 16 ta yirik ayollar artellari bo’lib, ularda 814 nafar mahalliy xotin- qizlar mehnat qilar edi. Ayollar qilgan mehnatlari evaziga maosh olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.1930-yilda respublika hunarmandchilik kooperatsiyasining 50 dan ortiq artellarida 5000 nafardan ko’proq mahalliy ayollar ishlardi. Ularning ko’pchiligi tikuvchilik korxonalarida mehnat qilganlar. Xotin-qizlar yirik sanoat korxonalariga ham jalb qilina boshlandi. Bu ish umuman olganda ijobiy jarayon edi. Lekin ko’p hollarda ma’muriyat puxta o’ylab ko’rmay, ayollarni o’g’ir vazifalarga qo’ydilar. Ayollarni ishga tayinlashda ularning nozik jins vakilasi-ojiza ekanligi e’tiborga olinmadi. Bu holat ularning sog’lig’iga jiddiy shikast yetkazardi. Kolxozlar va sovxozlar tashkil qilinganidan so’ng ayollarni ularga mos bo’lmagan kasb –traktorchilikka o’rgatish avj oldi. Faqat 1939-yilda 2500 nafar xotin-qizlar traktorchilar kursida o’qishga majburan jalb qilindi. Kursni tugatgan xotin-qizlarning ko’pchiligi traktorchi bo’lib ishlamasdi.


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling