I bob. O’zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari


Download 1.56 Mb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1567552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi (4)

O’qitish usullari va texnikasi.

Ma’ruza,FSMU metodi, veer texnologiyasi,yopiq testlar , test usullaridan foydalanish.

O’qitish vositalari

Ma'ruzalar matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proyektor.

O’qitish shakillari

Jamoa, to'g'ridan-to'g'ri va guruhlarda ishlash

O’qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalar bilan ta'minlangan auditoriya

Monitoring va baholash

Og'zaki nazorat, test nazorati, savol-javob baholash



FSMU METODI
(F)-Fikringizni bayon eting
(S)-Fikringiz bayoniga biron sabab ko'rsating
(M)-Ko'rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring
(U)-Fikringizni umumlashtiring
«VEER» TEXNOLOGIYASI
Bu texnologiya murakkab, ko'p tarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o'rganishga qaratilgan.
Texnologiyalarning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha bir yo'la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalarda muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o'z g'oyalari, fikrlarini yozma va og'zaki shaklda ixcham bayon etish, ximoya qilishga imkoniyat yaratadi. «VEER» texnolgiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
«VEER» texnologiyasi muvzuni o'rganishning turli bosqichlarida qo'llanilishi mumkin:
- boshida o'z bilimlarini erkin faollashtirish;
- mavzuni o'rganish jarayonida uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;
- yakunlash bosqichida olingan bilimlarni tartibga solish;
- aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, xodisa, tushuncha tekshiriladi;
- Afzallik-biror narsa bilan qiyolangandagi ustunlik, imtiyoz;
- Fazilat-ijobiy sifat:
- Nuqson-nomukammallik qoidalariga, mezonlarga nomuvofiqlik;
- Xulosa-muayyan bir fikrga mantiiqiy qoidalar bo'yicha dalildan natijaga kelish;
- Ta'limdan tashqari «Elpig'ich» taxnologiyasi xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi;
- Jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;
- Muammolar, vaziyatlargi turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati;
- Xushmuomalalik;
- Ishga ijodiy yondashish;
- Faollik;
- Muammoga diqqatni jimlay olish mahorati.
Test
1.O’zbek ayollari va xotin qizlarining hayoti
qanday asosda qurilgan edi?
*A. Islom dini shariat ko’rsatmalari asosida
B. Milliy urf odatlarasosida
S. Mahalliy urf odat va an’analar asosida
D. Ajdodlar tajribasi
2.Sovet hokimiyati o’rnatilgach qanday muammolar
kun tartibiga qo’yilgan?
A. Sharq ayollarini “ ozodlik”ka chiqarish
B. Eski turmush tarziga hujum qilish
S. Ayollarning chachvon va paranjilarini tashlash
*D. Barcha javoblar
3. Bolsheviklar tomonidan olib borilgan siyosat qay tarzda amalga oshirildi?
A. O’zbekistonda bu muammo uzoq vaqt davomida
olib borildi
*B. Bu muammo qisqa vaqt ichida shoshilinch
hal qilindi
S. Mahalliy urf odat va an’analar hisobga olindi
D. Omma orasida targ’ibot va tashviqot olib borildi,
4. Xotin qizlarni ozodlikka chiqarish qanday
natijaga olib keldi:
A. Xalq orzu umidlari ushaldi
B. O’zbek xalqi xursandchilik bilan kutib oldi
*S. Xotin qizlar o’z yaqinlari tomonidan o’ldirildi
D. Xotin qizlar o’z ozodligi va erkiga ega bo’ldi.
5.” Hujum” kompaniyasi qachon e’lon qilindi va boshlandi?
A. 1925 yil avgust, 1926 yil sentabr
*B. 1926 yil sentabr 1927 yil 8 mart
S. 1927 yil oktabr 1928 yil8 mart
D. 1928 yil noyabr 1929 yil 8 mart
6. ” Hujum” kompaniyasini o’tkazish uchun maxsus komissiyalar O’zbekistonda qachon tuzildi
*A. 1926 yil dekabrda
B. 1927 yil yanvarda
S. 1928 yil martda
D. 1929 yil martda
7. 1927 yil 8 Martda ommaviy mitinglar boshlandi va ularda … dan ortiq xotin qizlar paranjilarini gulxanda yondirdilar
A. 50000 B. 80000 *S. 100000 D. 150000
8. Bolsheviklar partiyasi o’zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishini tezlashtirishi qanday oqibatlarga olib keldi?
A. ayollar tinimsiz qatl qilindi;
B. 2500 dan ortiq ayollar o’z jonini qurbon qildi;
S. “Hujum” kompaniyasiga qarshi bo’lgan ayollarga
nisbatan zulum o’tkazish boshlandi;
*D. Barcha javoblar.
9. O’zbekistonda “Hujum” kompaniyasi faol
ishtirokchilari qaysi kasb egalari bo’lgan?
A. Tuman va qishloq sho’rolarining az’zolar;
B. Xotin qizlar klublari va kutubxona mudiralari;
S. Muallimalar va ziyolilar;
*D. Barcha javoblar.
10. Sovet hukumati “Hujum” kompaniyasini o’tkazishdan qanday maqsadlarni ko’zlagan edi?
1. O’zbek xalqining tarixan tarkib topgan milliy an’ana va qadryatlarini yo’qotish; 2. O’zbek xalqi ma’naviyatiga
zarba berish; 3.”Xotin qizlarni ozod qilish” bahonasida sanoat korxonalarida, kolxoz va sovxozlarda ishlovchi
arzon ishchi uchini yaratish; 4. Amalda ularni sho’ro qullariga aylantirish; 5. Ayollardan yetuk kadrlar
tayyorlash; 6. Chekka o’lkalarga ma’rifatchilarni yuborish.
*A. 1,2,3,4 B. 1,3,5,6
S. 1,4,5,6 D. 3,4,5,6
11.Xotin qizlarni ozodlikka chiqarish bilan birga
qanday tadbirlar amalga oshirildi?
*A. Ayollarni ishlab chiqarishga jalb etish
B. Ayollarni oilada erkini ta’minlash
S. Xotin qizlarni maktablarga jalb etish
D. Ayollarni o’z huquqlari uchun kurashish
12.Sovet hokimiyati xotin qizlarni ozodlikka
chiqarish bilan yangi mehnat resurslari bo’lgan
ishchi kuchlarini vujudga keltirish barobarida qanday ishlar amalga oshirildi?
1.Xotin qizlar hunarmandchilik kooperativlariga jalb qilindi;2.Ayollar oilada farzandtarbiyasiga e’tibor
berishi lozimligi yo’lga qo;yildi.3.Hunarmandchilik kooperatsiyasi tartibida maxsus ayollar artellari
tashkil qilindi;4.Xotin qizlar klublarida maxsus
xonalar ochildi; 5. Xotin qizlar uchun yangi
oli yo’quv yurtlari ochildi
A.1,4,5 B. 2,3,4
* S. 1,3,4 D. 1,3,5
13. 1926 yilda O’zbekistonda qancha artel ochilgan
va ularda qancha mahalliy xotin qizlar mehnat
qilgan?
A. 16 ta artelda 800 nafar ayol
B. 17 ta artelda 600 nafar ayol
*S. 16 ta artelda 814 ta ayol
D. 14 ta artelda 700 nafar ayol
14.1930 yil respublika hunarmandchilik
kooperatsiyaning 50 dan ortiqartellarida qancha
mahalliy ayollar ishlagan?
*A. 5000 dan ko’proq S. 4500 nafar
B. 6000 dan ko’proq D. 7000 nafar
15.Ayollar hunarmandchilikning qaysi turlari bilan shug’ullanganlar?
A. To’quvchilik
*B. Tikuvchilik
S. Zardo’zlik
D. Kashtachilik
16. Nima uchun ishchi ayollar sog’ligiga jiddiy
putur yetardi?
A. Ayollar uzoq vaqt korxonalarda qolib ketardi
B. Ma’muriyat ayollarni og’ir vazifalarga qo’yardi
S. Ayollarni ishga tayinlashda ularning nozik jins ekanligi hisobga olinmagan
*D. B va S
17.Nima sababdan ayollarni traktorchilikka
o’rgatish avj oldi?
A. Xotin qizlarni texnikaga qiziqishlari oshganligi
sababli
B. Erkaklar bilan ayollarning teng huquqliligini
amalga oshirish uchun
S. Qishloq xo’jaligi mashinalari, traktorlar
ko’payishi sababli
*D. Kolxozlar va sovxozlar tashkil etilgani uchun
18. 1939 yilda qancha xotin qizlar traktorchilikka
o’qidi?
*A. 2500 B. 2550 S. 3000 D. 3200
19. 1927 yili Andijondagi Eski Shahar ayollar
klubida necha nafar a’zo bo’lgan ?
A.150 B. 142
* S. 134 D. 125
20. 1927 yil O’zbekiston Respublikasidagi
tuman ijroiya va okrug ijroiya qo’mita
a’zolarining qancha foizini ayollar tashkil etgan?
* A. Tuman ijroiya qo’mita a’zolarining 20 %, okrug ijroiya qo’mita a’zolarining 17 % ayollar bo’lgan;
B. Tuman ijroiya qo’mita a’zolarining 30 %,
okrug ijroiya qo’mita a’zolarining 20 % ayollar bo’lgan;
S. Tuman ijroiya qo’mita a’zolarining 25 %,
okrug ijroiya qo’mita a’zolarining 40 % ayollar bo’lgan;
D. Tuman ijroiya qo’mita a’zolarining 22 %,
okrug ijroiya qo’mita a’zolarining 20 % ayollar bo’lgan;
21.O’zbek faollaridan bo’lgan Jahon Obidova
va Tojixon Shodiyevalar qanday lavozimlarda ishlaganlar?
A. Jahon Obidova prezidium a’zosi Tojixon
Shodiyeva O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya
Komiteti prezidium raisi o’rinbosari
*B. Jahon Obidova O’zbekiston SSR Markaziy
Ijroiya Komiteti prezidium raisi o’rinbosari, Tojixon Shodiyeva prezidium a’zosi
S. Jahon Obidova Respublika Markaziy Ijroiya
Komiteti prezidiumi Raisi, Tojixon Shodiyeva
o’ronbosar;
D. Jahon Obidova prezidium a’zosi, Tojixon
Shodiyeva O’zbekiston SSR O’zbekiston SSR
Markaziy Ijroiya Komiteti prezidium raisi
22.XX asr o’zbek san’atkor ayollari ichidan iste’dodli yoshlar yetishib chiqdi; Ular:
1.H.Nosirova 2. Lutfi Sarimsaqova 3. Rixsi Ibrohimova
4. Tamaraxonim 5.Sora Eshonturayeva 6.Mukarram Turg’unboyeva
A. 1,2 3 4 B. 1,3,5,6
* S. 1, 4, 5, 6 D.2,3,4,5
23.Qadimda musulmon ayollarining begona erkaklarga ochiq ko’rinmaslik maqsadida kiygan kiyimi nima deb atalgan?
A. Chachvon B. Chopon
S. Boshyopqich *D. Paranji
24.Artel bu…
*A. Kasb hunar egalari birgalikda jamoa bo’lib ishlash uchun tuzilgan uyushma
B. Yakka tartibda ish olib boruvchi hunarmand ustaxonasi
S. Hunarmandchilik sexlari
D. Qo’l mehnatiga asoslangan ustaxona
25.Kooperatsiya so’zi…
A. Yunoncha soz bo’lib - ishchi
B. Lotincha so’z bo’lib ustaxona
S. Yunoncha so’z bo’lib sheriklik
*D. Lotincha so’z bo’lib sheriklik

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling