I bob. O’zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari


O’zbek ayollarining yangi jamiyatda tutgan o’rni hamda ziddiyatli jihatlari


Download 1.56 Mb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1567552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi (4)

1.3 O’zbek ayollarining yangi jamiyatda tutgan o’rni hamda ziddiyatli jihatlari.
O‘zbek ayollarini jamiyatning teng huquqli a’zolariga aylantirishda, erksizlikdan qutqarishda ularni madaniy va ijtimoiy hayotga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy-tarbiyaviy ishlarni olib borishda ayollar klublari katta rol o‘ynadi. Bu klublarda ayollarga vrachlar turli maslahatlar berishardi, bolalar vrach ko‘rigidan o‘tardi. Shuningdek, ko‘plab kutubxonalar, bolalar bog‘chalari va yaslilar ochildi. Xotin-qizlarni qiziqtirgan va tashvishga solgan mavzular bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib turildi. 1927-yili Andijondagi Eski shahar ayollar klubida 134 nafar a’zo bo‘lgan. Bu davrda o‘zbek xotin-qizlari rahbarlik lavozimlarida ham ishlash layoqatini ko‘rsatdilar. 1927-yili respublikadagi tuman ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 20 foizi, okrug ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 17 foizi ayollar edi. Jahon Obidova (4-rasm )O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi raisining o‘rinbosari, Tojixon Shodiyeva esa Prezidium a’zosi bo‘lgan. 2

4-rasm Jahon Obidova
Biroq keyinchalik bu 2 nafar taniqli o‘zbek ayollari sovet hokimiyati tomonidan qatag‘on qilindi. XX asr 30-yillarida ayollar orasidan mashhur olimalar, shoiralar, yozuvchilar, muhandislar, shifokorlar, san’atkorlar, muallimlar yetishib chiqa boshladi. O‘sha yillarda Halima Nosirova, Tamaraxonim, Sora Eshonto‘rayeva, Mukarrama Turg‘unboyeva kabi o‘zbek qizlarining iste’dodi yarq etib ko‘zga tashlandi. Bu holatlarning barchasi o‘zbek xotin-qizlarining teng huquqli jamiyat a’zosi bo‘lish, madaniyat va bilimga intilishlarining samarasi edi. Xullas, sovet davlatining ayollar byurosidagi siyosati kommunistik mafkura bilan sug‘orilgan holatda shoshmashosharlik bilan amalga oshirilsa ham o‘zbek ayollari qonida asrlar osha to‘planib borgan aql-idrok, shijoat va faollik kabi fazilatlari tufayli ko‘pgina ijobiy ishlarni amalga oshirdilar.
Jadidlarning ijtimoiy qarashlarida ayollarning ta'limi muhim o'rin egallagan. Jadid marifatparvarlaridan Abdulla Avloniy eski turmush tarziga qarshi chiqib, quyidagilarni ta'kidlagan: “Nima uchun biz xech narsa qilmayapmiz? Bizning qizlarimizni asirlikda ushlab turgan uyqudan uyg'otmaymiz, davrimizning madaniyatsizligidan, johilligidan voz kechmaymiz” Jadidchilikni ko'zga ko'ringan yana bir namoyondalaridan biri Munavvar Qori Abdurashidxonov: “ayollarni tezroq ozod qilish, ularga ta'lim berish, huquqlarini tenglashtirish”ga chaqirgan[6]. Shunday ekan, ayollarimizning ilm va saviyaga ega bo'lishi uchun nafaqat hozir, balki o'tmish zamonlardan buyon ma'rifatparvar ajdodlarimizning say-harakatlarida ko'rishimiz mumkin.3
XX asr boshida sovet hokimiyati ayollarga ta'lim berish ularni ozod qilishning muhim mexanizmlaridan biri sifatida qaragan. Shuning uchun sovet hukumatining Turkiston ASSRdagi xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga tortishga doir dastlabki va muhim tarbirlardan biri bu ularni ta'limga jalb etish va savodli qilish bo'lib, erkak va ayolni teng huquqligiga erishishning zaruriy sharti sifatida qaralgan. Natijada dastlabki mahsus xotin-qizlar maktablari tashkil etilgan va bu kabi tadbirlarda ayrim mahalliy ayollar faol ishtirok etgan. 1917 yilning dekabrida birinchi xotin-qizlar maktabi Toshkentning Beshyog'och dahasida Bashorat Jalilova tomonidan tashkil etilgan. Maktabda dastlab 42 nafar o'zbek qizi ta'lim olgan. Ko'p o'tmay bunday maktablar Andijon, Qo'qon va boshqa shaxarlarda ham ochila boshlangan. Qo'qondagi xotin-qizlar maktablarining dastlabki mahalliy o'zbek o'qituvchilari Solihaxon Muhamadjonova, Mukarrama Qodirova, Gulsum Kogayeva, Fotima Burnasheva, Zebiniso Razzoqova, Zaynab Sadriddinova, Mayram Sharipova va boshqalar bo'lgan. 1919-1920 yillardan boshlab xotin-qizlar institutlari, o'rta texnik bilim yurtlari tashkil etilib, ularda mahalliy millatga mansub qizlar ham ta'lim olgan. Talim oluvchilarning 7-8 foizini mahalliy millatga mansub qizlar tashkil etgan xolos.
Ayniqsa, qishloqlarda qizlarning o'qishga qatnashi qiyin masala bo'lgan, aholining yangi maktablar borasidagi qarashlari to'liq shakllanmagan edi. 1921-1922 yillarda xotin-qizlarni savodliligini oshirish natijasida sovet muassasalari xizmatchilari orasida dastlabki o'zbek ayollari paydo bo'lib, o'zbek tilidagi dastlabki xotin-qizlar jurnali “Yangi yo'l” chop etila boshlangan. Bu nashr o'zbek xotin-qizlar maktablari uchun muhim qo'llanmaga aylanadi va xotin-qizlarni birlashtirish, ularning manfaatlarini himoya qilishda xizmat qildi. 1917-1924 yillarda sovet maktablari soni 576 tadan 1271 tagacha oshib mahalliy aholi o'rtasida savodxonlikni oshirish maqsadida savodsizlikni tugatish maktablarini tashkil etish va umumta'lim maktablari uchun o'qituvchilarni tayyorlash ishiga ahamiyat berildi. 1921 yil iyun oyida Turkiston ASSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Ko'mitasining balog'atga yetmagan qizlarni erga berishni va ko'p xotinlikni taqiqlash, qalinni bekor qilish to'g'risidagi dekretni qabul qilgan. Nikoh yoshi shariatdagi 9 yosh o'rniga 16 yosh qilib belgilangan. Shu bilan birga nikoh xar ikki tomonning roziligi asosida qurilishi, er-xotin birinchi nikohdan huquqiy ajralmasdan turib, ikkinchi nikohga kirishi qonun bilan taqiqlab qo'yilgan. 4
Shuningdek, mazkur dekretda er va xotinning har ikkalasi ham ajralish masalasida teng huquqga egaligi belgilab qo'yildi Mazkur qonunning ijobiy tarafi bo'lib, qalin va ko'p xotinlikka qarshi kurash boshlanganidan darak berar edi. Natijada, sudlarga ayollar tomonidan ko'plab arizalar kelib tushgan, lekin ariza bergan ayollarning otasi, aka, ukalari tomonidan jazolanish xolatlari ko'plab kuzatilgan.



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling