I bob. O’zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqarish jarayoni va muammolari
Download 1.56 Mb.
|
kurs ishi (4)
1) og`zaki ta`lim metodi.
2) bosma matnlar yordamida o`qitish metodi. 3) ko`rgazmali ta`lim. 4) ta`limning amaliy metodi. Mazkur metodlar tizimi maktabdagi barcha o`quv predmetlarini o`qitishda qo`llanishi mumkin. O`qitish usullari va o`quvchilarning o`rganish usullari turli shakllar bir-biri bilan qo`shilib o`qituvchi va o`quvchilar faol ishtirok etadigan ta`lim jarayonlar metodini tashkil etadi. Ma`lumki, maktab tarix kursining mazmunini ayrim aniq va tipik voqealardan iborat faktlar tashkil etadi. Bu faktlar o`quvchilarga ijtimoiy hayotning barcha tomonlari, bu tomonlarning rivojlanishini va ular o`rtasidagi o`zaro aloqalar xaqida bilim beradi, ularning aqli, o`yi xayoli, sezgi va irodasiga ta`sir ko`rsatadi. Tarixiy faktorlarning xarakterli xususiyati shundaki, ularni bevosita hissiy tasavvurlar asosda o`rganib bo`lmaydi. Shuning uchun o`tmishga doir eng muhim faktorlarni obrazli tasavvur etishning ahamiyati g`oyatda kattadir. Obrazli tasavvurlar o`quvchilarning tarixiy voqalar xaqidagi faktorlarni jonli idrok etishlariga yordam beradi. Maktab tarix kursi ta`lim tarbiyaviy jihatdan juda muhim bo`lgan keng va obrazli qilib yoritilgan. Faktorlardan tashqari, ular o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlashga yordam beradigan ma`lumotlar ham beriladi. Ular juda qisqa ba`zan spravka shaklida bo`lsada, tarixiy jarayonni bir butun yaxlit tasavvur etish, tushunchalar tizimini va ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlarini to`liq o`zlashtirishga yordam beradi. Shunday qilib o`quvchilar xotirasida saqlanib qolinishi kerak bo`lgan tarixiy materiallar tarixiy bo`limning ikkinchi muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Tarix o`qitishning tajribasida tarixiy materiallarni puxta va mustahkam o`qitishga yordam beradigan ko`pgina samarali usullar bor. Materialni bayon qilib borishda o`qituvchi va o`quvchilarning o`quv materiali yuzasidan og`zaki va yozma reja, voqealar qalendari va xronologik jadvallar tuzishlari, raqamlarni yozish, grafik yozuvlarini olib borishlari diagrammalar chizish, kontur xarita va daftarda yozuv-chizuv ishlarini olib borishlari shular jumlasidandir. Shuni aytish kerakki, obrazli tarixiy tasavvurlarni shakllantirish, tarixiy faktlar xronologiya va boshqalarni xotirada mustahkam saqlab qolish tarixni o`rganishning birinchi bosqichini tashkil etadi. Uning eng muhim ikkinchi bosqichi tarixiy tushunchalarni shallantirishdir. Tarixiy tushunchalarin o`zlashtirish juda katta ta`lim va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Tushunchalar o`quvchilarda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi, ularni tafakkur faoliyatini, bilish malakalari va qobiliyatlarini o`stiradi. Tafakkur qilishning psixik jarayoniga suyanadigan bu usullar har qaysi tarix o`qitish metodiga metodik usullarning uchinchi guruhi bo`lib kirishi mumkin. Ular birinchi navbatda o`qituvchining tushuntirib berishi, muammoli bayoni, o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning tarixiy hujjatlarni tahlil qilishi mantiqiy vazifalarni yechishi va evristik suhbatdan iboratdir. Ta`lim-tarbiya jarayonida bu usullar va bilimlarning barchasi tarkibiy qismlari birbiri bilan o`zaro bog`liq holda ishtirok etadi. O‘qitish uslublari o‘kituvchining faol fikrlash asosida o‘quvchilarni o‘qitishga, o‘qituvchi raxbarligida o‘quvchilarning ilmiy bilimlarni uzlashtirishi va amalda qo’llana bilishlariga, huquqiy demokratik dunyo qarash va e’tikod hosil qilishlariga, aqliy va jismoniy mehnat, ko’nikma va malakalarini egallashlariga, bilim va ijodiy qobilyatlarining o’sishiga yordam berishni ta’minlovchi usullardan iboratdir. Bir biri bilan bog’langan o‘qitish usullarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: a) og‘zaki ta’lim uslubi. Bu uslub o’z navbatida ikki turga bo’linadi: 1.Og‘zaki o‘qitish uslubi; 2. bosma matnlar yordamida o‘qitish uslubi; a) ko‘rsatmali ta’lim uslubi; b) ta’limning amaliy uslubi;7 Tarixiy tushunchalarni o‘zlashtirish juda katta ta’limi va tarbiyaviy axamiyatga ega.tushunchalar o‘quvchlarda xukukiy demokratik davlatni ko‘rishda va uni o‘quvchi fikrida shakllantirishga yordam beradi. Shunday qilib, mazmuninng o‘ziga xos xususiyatlari, ta’lim-tarbiyaviy vazifalari, o‘quv materiallarining mantikiy to‘zilishiga muvofik psixik jarayonlarining ,idrok qilish,xotirada saqlashning, tafakkur va tasavvur qilishning bir-biriga ta’sir kursatishini e’tiborga olib, maktab tarixta’limining bir-biri bilan uzviy bog’langan quyidagi uslubiy usullar tizimini belgilash mumkin: 1.O‘quvchilarda tarixiy faktlar xakida obrazli tasavvurlarni shakllantirish usullari. 2.O‘quvchilar xotirasida tarixiy faktlar, xronologiya maxalliy va statistik ma’lumotlarni mustaxkamlash usullari. 3.Konkret tarixiy materialni uzlashtirish va o‘quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirish usullari. 4. Ta’lim - tarbiya jarayonida bu usullarning barchasi bilimlarning barchasi tarkibiy kismlari bir-biri bilan uzaro boglangan xolda ishtirok etadi. Hozirgi kunda maktablarimiz amaliyotida qo’llanib kelinayotgan amaldagi o‘qitish uslubiyatini asosan uch guruhga bo‘lib ko’rsatish mumkin: 1. Og‘zaki bayon kilish uslubi, 2. Kurgazmalilik uslubi, 3 Amaliy uslub 8 Bu ish o`quvchilarga kitob o`qishni targ`ib qilish, uning ahamiyatini tushuntirish, kitobga qiziqtirish boshlanadi. Sinfdan tashqari ishlar o’quvchining ijodiy faoliyatini kengaytiradi, darsga bo’lgan qiziqishini yanada orttitadi. Har bir darsning mazmun-mohiyatini ochib berishda, o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini kengaytirishda, ularni fanga yanada qiziqishini orttirishda yuqoridagi metodlardan o’qituvchi unumli foydalanishi zarur. Ana shundagina darsning samaradorligi oshib, ko’zlangan maqsadga erishiladi. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b. Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q. Interfaol ta’lim metodlarini ko’pincha turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo’llanmoqda. Bu metodlarni qo’llash mashg’ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan yuqoridagi tasnif bo’yicha hozirgi ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi shartli ravishda quyidagi 8-jadvalda keltirildi. Interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan qo’llash uchun qulayligi bir muncha shartli va aslida muayyan o’quv mashg’ulotlari texnologiyalari bilan boshqa yana ko’p interfaol metodlarni aniq maqsadlar yo’lida qo’llash mumkin ekanligini alohida ta’kidlash zarur.9 Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling