I bob. O‘zbek
Zidlov munosabatli qo‘shma gaplar
Download 118.47 Kb.
|
Qo’shma gaping turlari
Zidlov munosabatli qo‘shma gaplarBir-biriga mos kelmaydigan, zid voqea-hodisalarni ifodalashda ikki qismli (bunday gaplar yopiq strukturali bo‘ladi) turli xil qo‘shma gaplardan: bog‘lovchili (ko‘pincha) - ergashgan qo‘shma gaplar va bog‘langan qo‘shma gaplar, shuningdek, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan foydalaniladi. Masalan: Aytish oson, lekin monelikni bartaraf etmoq mahol (N.) - bog‘langan qo‘shma gap; Navoiy o‘ttizdan oshmagan bo‘lsa ham, yoshi ulug‘roq ko‘rinadi (N.) - ergashgan qo‘shma gap; - Mayli, azaldan shunday, dehqon qo‘zg‘olon ko‘taradi, podsho ezib tashlaydi. (N.) - bog‘lovchisiz qo‘shma gap. Zidlik mazmuni bog‘langan qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap hamda ergashgan qo‘shma gaplarda aniq ifodalanadi. «Komponentlari ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari orqali bog‘langan qo‘shma gaplarda ham ko‘pma’nolilik hodisasini kuzatish mumkin. Bunday qo‘shma gaplar uchun «zidlik» semasi invariant hisoblanadi. Bevosita «zidlik» semasi o‘sib chiqqan va unga bog‘liq bo‘lgan «qiyos», «izoh», «shart», «to‘siqsizlik» ma’no munosabatlari bunday modeldagi qo‘shma gaplarning farqlovchi semalari hisoblanadi».26 Yuqorida keltirilgan – Mayli, azaldan shunday, dehqon qo‘zg‘olon ko‘taradi, podsho ezib tashlaydi bog‘lovchisiz qo‘shma gapi qismlaridan anglashilgan mazmun bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan. Mazkur qo‘shma gap qismlari orasiga zidlov bog‘lovchisi qo‘yilsa, bog‘langan qo‘shma gapga aylanadi. Demak, tahlil etilayotgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap bilan sinonim bo‘ladi. Yа‟ni: Mayli, azaldan shunday, dehqon qo‘zg‘olon ko‘taradi, ammo podsho ezib tashlaydi. Shuningdek, mazkur bog‘lovchisiz qo‘shma gap to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap bilan ham sinonimik qatorni hosil etadi:- Mayli, azaldan shunday, dehqon qo‘zg‘olon ko‘tarsa ham, podsho ezib tashlaydi. Aytish joizki, matn tarkibida ma’lum bir bog‘lovchining faollashuvi ko‘pgina holatlarda muallifning shaxsiy lisoniy qobiliyati yoki ko‘zlanayotgan kommunikativ maqsadi bilan bog‘liqdir. Masalan, badiiy asarlar tilida ammo, lekin bog‘lovchilari bilan bog‘langan qo‘shma gaplar ko‘p miqdorni tashkil etadi. Ayniqsa, ularning matn tarkibida sodda gaplar bilan ma’lum bir mazmuniy aloqaga kirishib kelishi ahamiyatga molik: Lekin To‘g‘onbek ochdan o‘lishga rozi bo‘lsa ham, bu buyumdan ajralishni istamasdi (N.) gapidan oldin Sotilgudek narsadan unda sopi fil tishi va kumush bilan ishlangan bir xanjargina bor jumlasi qo‘llanganki, ular o‘z mazmuni bilan biri ikkinchisining tarkibiy qismiga aylangan va yaxlit holda zidlik munosabatini ifodalaydi. Ma’lumki, ammo, lekin, biroq bog‘lovchilarining qo‘llanish doirasi matnda ifodalanayotgan axborot mazmuniga mos ravishda chegaralangan bo‘lib, ulardan ammo bog‘lovchisida zidlik ma’nosi biroq, lekin bog‘lovchilariga nisbatan kuchsizdir, shuningdek, u chog‘ishtirish, qiyoslash munosabatini ham ifodalash 26 Roziqova G. O‘zbek tilida sintaktik polisemiya. NDA. – Toshkent, 1999, 18-b. xususiyatiga ega. Ba’zan ammo bog‘lovchili qo‘shma gaplar tarkibida –u(-yu), - ku, -ya, -da yuklamalari ishtirok etib, u qaysi komponent tarkibida ishtirok etgan bo‘lsa, shu komponent semantikasini ta’kidlab, kuchaytirib keladi. –u(-yu), -ku, - ya yuklamalari asosan birinchi komponent predikatiga qo‘shilib keladi va zidlik ma’nosini yanada kuchaytiradi. –da yuklamasi ikkinchi komponent predikatiga qo‘shilib, shu komponent ifodalagan ma’noning ekspressivligini oshiradi27. Zidlik mazmunini ifodalovchi bog‘lovchili qo‘shma gaplar o‘ziga xos intonatsiyaga ega bo‘lib, ularda ham qarama-qarshilik, to‘siqsizlik ma’nolari bo‘ladi. Qiyoslang: 1.Samarqanddan sayohat uchun katta ammamiz Xonzoda begim kelibdilar, hanuz ko‘rishganimizcha yo‘q (A.yo.); Samarqanddan sayohat uchun katta ammamiz Xonzoda begim kelibdilar, lekin hanuz ko‘rishganimizcha yo‘q. 2. Xayr, biz ko‘p so‘zladik, hanuz tinglamadingiz (N.); Xayr, biz ko‘p so‘zladik, biroq hanuz tinglamadingiz. Aynan shu qolipli sintaktik qurilmalarning keng qo‘llanishi tabiiy holdir. Zero, zidlov bog‘lovchilarining asosiy vazifalaridan biri nutqiy birikma tarkibiga to‘siqsiz ergash gapni kiritishdir. Shuningdek, to‘siqsiz ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda zidlik mazmuni birmuncha ifodaliroq, ta’sirliroq sezilishi ma’lumdir. Shuningdek, to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibida zidlovchi bog‘lovchining qo‘llanishi zidlik mazmunini yanada bo‘rttirib ko‘rsatadi: Amir Mo‘g‘ul o‘zga ishlarda qalloblik, zo‘ravonlik, chatoqlikni afzal ko‘rsa-da, biroq qimorda taomil va qoidani hurmat qilar, yutqizmagan zamonlarida hatto mardlik ham ko‘rsatib qo‘yar edi (N.).
Download 118.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling