I bob. O‘zbek


Ayiruv munosabatli qo‘shma gaplar


Download 118.47 Kb.
bet12/15
Sana05.04.2023
Hajmi118.47 Kb.
#1273740
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Qo’shma gaping turlari

Ayiruv munosabatli qo‘shma gaplar


Ayiruv munosabati faqat ayiruv bog‘lovchili qo‘shma gaplarda shakllanadi, shuning uchun u bog‘lovchisiz va ergashgan qo‘shma gaplar bilan sinonimiyani hosil qilmaydi. Ayiruv mazmunli bog‘langan qo‘shma gaplar umumiy tuzilishiga ko‘ra biriktiruv mazmunli bog‘langan qo‘shma gaplar bilan o‘xshash xususiyatlarga ega: ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda ifodalangan voqea, hodisalar sanaladi (faqat ketma-ketlik); shuningdek, bunday qo‘shma gaplar ochiq strukturali bo‘ladi, ya’ni qo‘shma gap qismlari miqdori chegaralanmagan bo‘ladi.
Ayiruvchi bog‘lovchilar yakka, takroran hamda gap boshida qo‘llanishi mumkin: U musiqiy tinglaydi yo o‘zi chaladi (N.). Dam shodlikdan bolalarcha quvonadi, dam qo‘rqinch o‘ylarga botib yuragi o‘ynab ketadi (N.). Qilichboz yigitlarning yuraklari toshib, qo‘llari qichib, jangni qo‘msar, bo‘ronli kunlarni kutib sabrsizlanardilar. Goh dushman ularning ko‘nglini yupantirib qo‘yardi (N.).
Mazkur shakldagi qo‘shma gaplarda voqea-hodisalardan bittasining ro‘y berishi kutiladi va bu ottenka (ma’no)ning ifodalanishida yo, yoki bog‘lovchilarining o‘rni bo‘lib, bunday sintaktik qurilmalar, asosan, ikki qismdan iborat bo‘ladi hamda predikatlari hozirgi-kelasi, o‘tgan zamon fe‟llari bilan ifodalanadi. Masalan: YO podsho biror yerga chiqadi yoki elchi kelishi kutiladi (N.).
Ba’zi ayiruv mazmunli bog‘langan qo‘shma gap qismlari so‘roq gaplar qolipiga ega bo‘lib, unda gumon, shubha, ishonmaslik manolari ifodalanadi: Balki hozir Dildorni osayotgandirlar, yo bo‘lmasa uni qiynamoqdalar, yo bo‘lmasa azamat sheriklari zindonga bosqin yasashga majbur bo‘lib, bari qirildimi (N.).
Katta hovuzlardagi suvlarda ko‘lankalar va shu‟lalar jim-jim o‘ynashadi, dam ko‘lankalar yonib ketadi, dam shu‟lalarni ko‘lankalar yutadi. Katta hovuzlardagi suvlarda ko‘lankalar va shu‟lalar jim-jim o‘ynashadi, ba’zan ko‘lankalar yonib ketadi, ba’zan shu‟lalarni ko‘lankalar yutadi. Yuqoridagi qo‘shma gap variantlarining bog‘lovchilari badiiy nutqqa xoslangan.
Shuni ta’kidlash joizki, ikki qismli ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar tabiati uch qismli ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplardan farqlanadi. Biz buni quyidagi qo‘shma gap tahlilida ko‘rishimiz mumkin: Dam shodlikdan bolalarcha quvonadi, dam qo‘rqinch o‘ylarga botib yuragi o‘ynab ketadi (N.). Bu gapda voqea, hodisalar ketma-ket ro‘y bergan bo‘lib, predikatlar hozirgi-kelasi zamon fe‟llari bilan ifodalangan. Bu gapda ayirish ma’nosi bilan birga zidlik, qiyos ma’nolari ham mavjud. Zidlik hamda qiyos ma’nolari qo‘shma gap tarkibidagi zid ma’noli so‘zlar (shodlikdan va qo‘rqinch o‘ylarga botib quvonadi va yuragi o‘ynab ketadi)ning qo‘llanishi sababli yuzaga kelgan.
Xullas, ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda uchta ottenka mavjud bo‘ladi: bir-birini inkor etish, ketma-ketlik va ishonchsizlik (gumon). Ketma-ketlik ma’nosi barcha ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda bo‘ladi, lekin boshqa ma’nolarning ifodalanishi ayiruv bog‘lovchilarining munosabatiga bog‘liq.

Download 118.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling