I bob. O‘zbek
Download 118.47 Kb.
|
Qo’shma gaping turlari
Ergash gap turlariMa’lumki, ergash gap bosh gapni yoki uning biror bo‘lagini izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Shunga ko‘ra ergash gap ikki katta guruhga bo‘linadi: 1) Bosh gapning biror qismini izohlovchi: 2) butun bir bosh gapni izohlovchi ergash gap. Masalan: Dunyoda shunday odamlar bo‘ladiki, ularning hayoti, qilgan ishlari, bosib o‘tgan yo‘llari biz uchun yuksak namuna bo‘lib xizmat qiladi. (O.Yoqubov). Kechasi shudring tushmagan bo‘lsa ham, oyoq ostidagi maysalar, daraxt yaproqlari nam va muzdek edi. (O.Yoqubov) Birinchi gap tarkibidagi ergash gap (ularning hayoti, qilgan ishlari, bosib o‘tgan yo‘llari biz uchun yuksak namuna bo‘lib xizmat qiladi.) Bosh gapdagi aniqlovchi (shunday) ni izohlagan bo‘lsa, ikkinchi gap tarkibidagi (kechasi shudring tushmagan bo‘lsa ham) ergash gapi bosh gapni to‘siqsizlik munosabati orqali butun holda izohlagan. Bosh gapning biror bo‘lagini izohlaydigan ergash gaplarga ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi ergash gaplar; bosh gapni butun holda izohlovchi ergash gaplarga payt, o‘rin, sabab, maqsad, shart, to‘siqsiz, ravish, mikdor daraja, o‘hshatish natija ergash gaplar kiradi. Kesim ergash gap bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan kesimni izohlab keladi. Bunda bosh gapning kesimi vazifasida shu, shunday, shu bo‘ldi, shundan iborat so‘zlari keladi. Ergash gap shu so‘zlarni izohlagani holda bosh gapga ki bog‘lovchisi yordamida birikadi. Masalan: Farqi shuki, men madaniy navlarni chatishtirardim. (O‘.Usmonov) Ega ergash gap bosh gapning olmosh bilan ifodalangan ega bo‘lagini izohlab, kim? Nima? so‘roklaridan biriga javob buladi. Ega ergash gap bosh gapga quyidagicha birikadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklida bo‘ladi. Bunda bosh gapning egasi, u, o‘sha, o‘zi kabi olmoshlar bilan ifodalanadi. Masalan: Kimki birovning payini qirqsa, o‘ziniki ham qirqiladi. («Ajoyib nasihatlar») Kimki o‘tmishni yaxshi bilsa, u hozirgi zamon qadriga yetadi. Ergash gapning kesimi aniklik maylida bo‘ladi. Masalan: Kim o‘zini hurmat qilar ekan, u boshqalarni ham hurmat qiladi. Ega ergash gap bosh gapdan keyin kelib, bosh gapga -ki aniklov bog‘lovchisi orqali birikadi: Shu narsa ravshanki, o‘tmishni bilmasdan turib, hozirgi zamon qadriga yetib bo‘lmaydi. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (yoki bosh gapda qo‘llanmagan to‘ldiruvchini) izohlaydi va bosh gapda quyidagicha birikadi: Ergash gapning kesimi shart maylida buldi. Masalan: Kimda gumon bulsa uni kuzdan kochirma gapi tarkibidagi ergash gap (kimda gumon bo‘lsa) bosh gapda uni tuldiruvchisini izoxlagan. To‘ldiruvchi ergash gap -ki bog‘lovchisi orkali birikadi. Masalan: Men hech bir vaqt inkor qilmaymanki, yolgiz o‘z g‘arazli yo‘lida ish qiluvchi kishilar bizda ham yo‘q emas. (A.Qodiriy) Download 118.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling