I bob. O'Zbekistonda valyuta siyosatining keng miqyosda erkinlashtirish


jadval Oltin-valyuta zahiralari yirik hajmda bo’lgan ba'zi bir davlatlar ro’yxati


Download 107.34 Kb.
bet11/11
Sana23.02.2023
Hajmi107.34 Kb.
#1225290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VALYUTA SIYOSATI (2)

jadval
Oltin-valyuta zahiralari yirik hajmda bo’lgan ba'zi bir davlatlar ro’yxati
(mlrd. AQSH dollarida)




Chet el valyutasi

Valyuta va oltin






1990

1996

1997

1990

1996

1997

Rivojlangan mamlakatlar:

589,1

789,2

777,2

895

1065,5

1023,4

Yaponiya

78,5

216,6

221,1

87,8

225,6

229,2

AQSH

72,3

64,0

56,8

173,1

160,7

144,3

Germaniya

67,9

83,2

80,8

104,5

118,3

112,6

Ispaniya

51,2

57,9

63,4

57,2

63,7

68,6

Italiya

62,9

45,9

42,2

88,6

70,6

64,5

Shveytsariya

29,2

38,4

35,0

61,3

69,2

62,9

Frantsiya

36,8

26,8

29,0

68,3

57,0

56,4

Gollandiya

17,5

26,8

27,7

34,4

39,6

36,1

Norvegiya

15,3

26,5

28,5

15,8

27,0

28,8

Avstriya

9,4

22,9

20,6

17,2

26,8

24,0

Rivojlanayotgan mamlakatlar:

318,2

780,1

842,4

373,3

838,6

895,0

Xitoy

29,6

107,0

122,8

34,5

111,7

127,1

Tayvan

72,4

88,0

90,0

77,7

93,0

94,6

Singapur

27,7

76,8

80,7

27,7

76,8

80,7

Gonkong

24,6

63,8

67,6

24,6

63,8

67,6

Braziliya

7,4

58,3

55,8

9,2

59,7

57,2

Janubiy Koreya

14,8

34,0

34,0

14,9

34,2

34,2

Tailand

13,3

37,7

31,4

14,3

38,6

32,2

Indiya

1,5

20,2

25,7

5,6

24,9

30,0

Malayziya

9,8

27,0

26,6

10,7

27,9

27,4

Meksika

9,9

19,4

23,8

10,2

19,5

23,9


«Luvr kelishuvi» iqtisodiyot va pul-kredit siyosatini muvofiqlashishiga olib kelmadi, chunki unda hisob stavkasini o’zgartirish kelishuvi doirasidan chetga chiqilmadi hamda AQSH davlat byudjeti taqchilligi muammosini hal etish masalasi va xalqaro to’lovlarni balanslashtirilmaganligiga erishilgani yo’q.
Oxirgi yigirma yil davomida valyuta siyosatidagi barqaror holatni olib borish maqsadida hamda o’z valyutalarining kuchli pozitsiyasini ushlash uchun bir qancha rivojlangan va shunisi kizikarliki, rivojlanayotgan mamlakatlar ham yigayotgan oltin-valyuta zahiralarining ko’payishi bilan izohlash mumkin. Oltin va valyuta zahiralarining yetarliligi bir qancha Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy inqiroz paytida interventsiya qilishga asosiy manba bo’lib xizmat qildi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki haqidagi qonunning 42-moddasida xalqaro zahiralar to’g’risida quyidagicha qayd etib o’tilgan:
«Markaziy bank o’zining balans hisoblarida O’zbekiston Respublikasining xalqaro zahiralarini shakllantiradi. Bu zahiralar quyidagilarni:

  • oltin va boshqa qimmatbaho metallarni;

  • naqd chet el valyutasini;

  • chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va depozitlarda
    bo’lgan chet el valyutasi qoldiqlarini;

  • chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari chiqargan yoki
    kafolatlangan chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlarni o’z ichiga oladi.

Markaziy bank O’zbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta siyosatini amalga oshirish uchun, shuningdek, xalqaro operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni ta'minlash uchun yetarli bo’lgan darajada xalqaro zahiralar saqlab turilishiga yordam beradi.
Mamlakat valyuta siyosatini takomillashtirish quyidagi vazifalarni samarali bajarishga ko’p jihatdan bog’liq:

  1. Markaziy bankning pul-kredit instituti sifatida iqtisodiyotdagi mavqei avvalo, uning banknota emissiyasi sohasidagi monopol mavqei va pul-kredit siyosatining ta'sirchanligi bilan belgilanadi. Bu esa, o’z navbatida, hal qiluvchi darajada Markaziy bankning hukumatdan mustaqilligiga bog’liq.

  2. Markaziy bankning valyuta siyosati doirasidagi bajaradigan barcha operatsiyalarini 3 asosiy turi mavjud, ya'ni:

  1. valyuta interventsiyasini boshqarish bilan bog’liq operatsiyalar;

  2. rasmiy oltin-valyuta zahiralarini boshqarish bilan bog’liq operatsiyalar;
    v) hukumatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq operatsiyalar.

Yuqoridagi paragraflarda amalga oshirilgan tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ta'sirchanligini oshirish borasida bir qator muammolar mavjud va ularni hal qilish dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi.
Markaziy bankning valyuta siyosatining ta'sirchan-ligini oshirish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qilish lozim:
1. Hukumatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq operatsiyalarni to’liq Markaziy bank ixtiyoriga berish.
Ushbu masala hal qilinmasa, Markaziy bank valyuta mablag’lari harakatini pul massasiga ta'siri bilan bog’liq jihatlarini to’liq nazorat qilish imkoniyatiga ega emas.
Shu narsa yaqqol ko`rinib turibdiki, Markaziy bank hukumatning tashqi qarzini to’lash bilan bog’liq valyuta mablag’larining harakatida bevosita ishtirok etish huquqiga ega emas. Hukumatning o’zini moliyalashtirish manbalariga ega ekanligi markaziy bankning ushbu jarayondagi ishtirokini cheklab qo’yadi. Buning ustiga, hukumatning tashqi qarzini to’lashda manba bo’lib xizmat qiluvchi Respublika Valyuta Fondi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank xuzuridadir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan, AQSH, Germaniya, Avstriya Markaziy bankning hukumatning tashqi qarzini to’lashdagi ishtiroki kattaligini ko’rish mumkin.
2. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida amalga
oshiradigan asosiy vazifalaridan biri - mamlakatda tijorat tusidagi valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi. Hozirgi kunda muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va murakkab masala bo’lib turibdi. Buning uchun esa, joriy bozorni rivojlantirish zarur. Avvalo, Respublika Valyuta Birjasini likvidli-ligini to’liq ta'minlash zarur. Chunki, har qanday turdagi muddatli valyuta operatsiyasi - «svop», «Forvard», valyutaviy optsionlar va fyucherslar bilan bog’liq operatsiyalar pirovard natijada SPOT bozorining likvidliligiga bog’liq.
Markaziy bank «GOLD-SVOP» operatsiyalari vositasida SPOT bozorining likvidliligini ma'lum vaqt mobaynida ta'minlab turishi mumkin. Ammo, bunda SPOT bozoridagi likvidlilik doimiy tusga ega bo’lishi lozim. Aks holda «GOLD-SVOP» operatsiyalari jiddiy zarar keltirishi mumkin. Bunda SPOT bozorining likvidliligi yanada pasayib ketishi mumkin.
3 . O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta siyosatining ta'sirchanligini oshirish bilan bog’liq muhim masalalardan biri, iqtisodiyotni chet el valyutalarida kreditlash jarayoniga kumaklashish mumkin.
Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish davom etayotgan hozirgi sharoitda chet el valyutalarida kredit olishga talab kuchli. Bu talab esa, o’z navbatida, tijorat banklari tomonidan «spred» darajasini yuqori belgilashga imkon beradi. Bu esa, investitsiya faolligini ma'lum darajada bugib kuyishi mumkin. Lekin, tijorat banklari yuqori darajada foyda olishga erishadilar. Sababi shundaki, ular kichik «spred» bilan kredit oladilar va yuqori darajadagi talabga asoslangan holda «spred» darajasini oshiradilar.
Ana shu holatga barham berish maqsadida Markaziy bank garovli kreditlar mexanizmidan foydalanish kerak. Buning afzalligi shundaki, Markaziy bank tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlari qoldiqlarini ma'lum qismini garov sifatida olib, bozor darajasidan past stavkada xorijiy valyutada kredit berish mumkin. Bunda berilgan kredit summasiga egalik qilish Markaziy bank tasarrufida koladi. Shu yo’l bilan Markaziy bank chet el valyutasidagi kreditlarning foiz stavkasiga ta'sir qiladi. Asosiy masalalardan biri, bu erda, garovga olingan summalarga foiz to’lash xususida bo’ladi. Sababi shundaki, bu summalarga bozor stavkasida foiz to’lash kerakmi yoki, undan past stavkada foiz to’lash zarurmi, degan savol tug`iladi.

XULOSA VA FIKIRLAR
Turli mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan TMKlar o’z mahsulotlarini turli xil tillarda «jarangdor» nomlanishiga erishishga harakat qiladilar, Masalan, «Djeneral Motors» kompaniyasi modellarni «Nova» deb nomlanishi Lotin Amerikasi bozorlarida oson qabul qilinadi, deb uylangan edi. Chunki, ushbu so’z ispan tilida «yulduz» degan ma'noni anglatar edi. Ammo, aholi ushbu modellarni «no va» deb kullay boshladi va bu u ispan tilida «ishlamaydi» degan tushunchani keltirib chiqardi. «Koka-kola» kompaniyasi o’z firma tovarlarini global kenglikda qo’llashga harakat qilardi. Ammo, tez orada «Dayet-Kouk» termini nemis va italyan tillarida kasallar uchun ishlatiladigan dieta, ya'ni u «dieta uchun Koka-kola ichimligi» degan ma'noni bildirishi ma'lum bo’ldi. Shu sababli, ushbu marka AQSH tashqarisida «Koka-kola Layt» (Yengil Koka-kola) nomini oldi.
Bir necha yillar davomida Buyuk Britaniyada «Maraton» va «Snikers» plitkali shokolad ishlab chiqaruvchi «Mars» kompaniyasi, ushbu mahsulotlar nomlanishini birlashtirib, yagona xalqaro markani yaratish ustida boshkotirdi. Shuningdek, bu choraga «Snikers» nomlanishini ko’pchilik hollarda, Angliyada ayollarning ichki kiyimini bildiruvchi «nikers» so’zi kabi talaffuz qilinishi ham turtki berdi.
Talaffuz bilan bog’liq yana bir qancha muammolar yuzaga chiqishi mumkin: savdo markasini nomlanishidagi tovush boshqa mamlakat tilida umuman yuk bo’lishi, yoki u ba'zan muomalada qo’llanilmaydigan axloksiz suzni bildirishi mumkin.
«Ronald Mak-Donald» Yaponiyada o’zini «Donald Mak-Donald» deb ataydi. Chunki, Yaponlar R xarfini talaffuz etishda kiynalishadi. Marsel Bich (Macel Bich) o’zining firmasi tomonidan ishlab chiqariladigan avtoruchkalarda o’z familiyasidagi oxirgi h xarfini yozishdan voz kechdi.
Aks holda, ushbu so’z ingliz tilida noxush ma'no beruvchi suzga aylanib kolardi.
Frantsiyaning alkogolsiz roxatbaxsh ichimliklar ishlab chiqaruvchi mashhur «Perve» (Perrier) firmasining ingliz tilida «Pshit»(Pschitt) deb talaffuz qilinadigan mahsulotlari, xaridorlar ishtaxasini ancha tushirib yubordi.
«Yunilever» firmasiga koyil kolsa bo’ladi. U muammoning echimini topganga uxshaydi. «Yunilever» o’z trikotaj mahsulotlarini yumshatishda qo’llaniladigan maxsus tovarni kadoklayotganda hech qanaqa nom emas, balki o’zining firma belgisi - o’yinchok ayikcha suratini tushirdi. AQSHda «Snaggl» (Snuggle) deb nomlana boshlagan ushbu mahsulot, Germaniyada Kyushelvaysh (Kuschelvviech) Frantsiyada «Kajolin» (Cajoline), Italiyada «Kokkalino» (Coccolino), Ispaniyada «Mimozin» (Mimosin) degan nom oldi. Xattoki, ingliz tilida so’zlashuvchi Avstraliyada «Snaggl» boshqacharok ma'noni berardi va shuning uchun firma uni «Xaggi» (Huggy) degan nom bilan almashtirdi.
Qiziq... agar O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovarlar chet ellarda ham ishlab chiqarila boshlansa, yoki sotilsa, xorijiy tillarda ular qanday ma'nolarni berarkin?

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuni. 1993 yil 7 may.
2. O’zbekiston bank tizimini islox qilish va erkinlashtirish bo’yicha qonunchilik hujjatlari to’plami. T.: O’zbekiston. 2000.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 22 iyundagi 263-sonli qarori.
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli qarori.
5. www.ziyonet.uz
6. www.nur.uz



Download 107.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling