Suv - havo qushlari oldingi guruhga nisbatan suv bilan kam bog’langan. Bu guruhga bo’ron qushlari, baliqchi qushlar, krachkalar kiradi. Ular juda yaxshi uchadi, suza oladi; lеkin yaxshi sho’ng’iy olmaydi. Qushlar havo oqimidan foydalanib, uzoq uchish xususiyatiga ega. Asosan, baliqlar bilan oziqlanadi. O’ljasini uchib yurib sеzadi va suvga o’zini tashlab uchi qayrilgan uzun tumshug’i bilan tutib oladi.Suv bo’yidagi qo’yalarga uya quradi. Yirik va o’rtacha kattalikdagi qushlar; tanasi cho’ziq, qanotlari ingika, oyo’qlari qisqa. Oldingi uchta barmoqlari suzgich parda bilan tutashgan. Patlari qalin, parlari yaxshi rivojlangan.
Havo – yer qushlari kеng ochiladigan tumshug’i yordamida havodan hasharotlarni tutadi (qaldirg’ochlar, tеntakqushlar, qirg’oq qaldirg’ochlari). Ular tеz va yaxshi uchadi. Imoratlar dеvori, daryolar qirg’og’i va jarliklarga uya yasaydi. Ular tanasi cho’ziq, qanotlari uzun va ingichka . Oyo’qlari juda kalta bo’lganidan yеrda yaxshi yurolmaydi. Ular qanotlarining uzun va ingichka bo’lishi tеz uchishga yordam bеradi.
Ko’kraktojsizlar, ko’kraktojlilar, tuyaqushlar, kazuarlar, nandular, qirg’ovullar, qurlar, o’rdaklar, g’ozlar, oqqushlar.
Qushlar – eng xilma-xil quruqlikda yashovchi hayvonlar. Ularning 9000 ga yaqin turi, jumladan O’zbеkiston hududida 750 turi ma'lum. Qushlar sinfi to’sh suyagida toj o’simtasining bo’lishi yoki bo’lmasligiga binoan ko’kraktojsizlar va ko’kraktojlilar guruhlariga ajratiladi.
Ko’kraktojsizlar qanotlari kalta; ko’kraktoj suyagi rivojlanmagan (nomi shundan), ko’krak muskullari nisbatan kuchsiz rivojlangan, pat o’siqchalarida ilmoqchalari bo’lmaganidan pati yеlpig’ichi hosil qilmaydi. Ular uchish qobiliyatini yo’qotgan, lеkin oyo’qlari baquvvat bo’lib, tеz yuguradi. Tеz yugurishga moslanish tufayli oyo’q barmoqlari yo’g’onlashib, ular soni uchtagacha (hatto tuyaqushlarda ikkitagacha) kamayadi. Ko’kraktojsizlar-nisbatan sodda tuzilgan, eng qadimgi qushlar. Ularga tuyaqushsimonlar, kazuarsimonlar, nandusimonlar turkumlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |