I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari
Beton qorishmasini tayyorlash, tashish va ishlatish
Download 87.21 Kb.
|
qqqqqqq
2.2. Beton qorishmasini tayyorlash, tashish va ishlatish.
Beton qorishmasining texnik xossalari. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi (qoliplanuvchanligi) muhim ahamiyatga ega. Bunda beton qorishmasi tanlangan zichlashtirish usulida, yaxlitligini saqlagan holda, qolipga yaxshi (to‘liq) joylashishi nazarda tutiladi va harakatchanligi, bikrligi (J) va bog‘lanuvchanligi orqali izohlanadi. Beton qorishmasining harakatchanligi qorishmaning strukturaviy mustahkamligiga, bikrlik qorishmaning dinamik oquvchanligiga va bog‘lanuvchanIik qorishmaning suv ushlashlik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. H arakatchanlik. Beton qorishmasining harakatchanligi uning xususiy massasi ta’sirida harakatlanishini bildiradi va konus cho‘kishi (OK) bilan sm. da ifodalanadi (6.1-rasm). Beton qorishmasining konus cho‘kishi ikki marta o‘tkazilgan tajribalar natijalarining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan o ‘lchanadi. Beton qorishmasining konus cho‘kishi nolga teng bo‘lsa, uning qulay joylanuvchanligi bikrlik bilan ifodalanadi. 6.1-rasm. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligini aniqlash. a) beton qorishmasining harakatchanligini aniqiash asbobi (konus). 1.bikr qorishma; 2.harakatchan qorishma; 3 konus cho‘kishi. b) beton qorishmasining bikrligini aniqlash asbobi. 4.sinash sxemasi. Bikrlik - qolipga quyilgan beton qorishmasi konusining zichlashib, tekis holatga kelguncha sarf bo‘lgan vaqt (soniya) bilan ifodalanadi Beton qorishmasining bikrligi quyidagicha aniqlanadi: btlandligi 200 \ a ichki diametri 240 mm. bo‘lgan silindr shaklidagi halqa laboratoriya vibratsiya stoliga mahkam o ‘rnatiladi; halqaga (Undart konus o‘matiladi, yuqorida ko‘rsatilgan usulda beton qorishmasi bilan to`ldiriladi va qolip olinadi; asbob diski shtativ yordamida beton qorishmasi yuzasiga tekkuncha pastga tushiriladi; bir vaqtning o‘zida vibrostol va sekundomer ishga tushiriladi va beton qorishmasi zichlashib tekislanadi; beton qorishmasining zichlashishi natijasida ajralib chiqqan sement xamiri diskning diametrdagi teshiklaridan suzib chiqishi bilan vibratsiya to‘xtatiladi. Bikrlik ko‘rsatkichi ikki marta o‘tkazilgan tajribalar natijalarining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan belgilanadi. Download 87.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling