I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari


Download 87.21 Kb.
bet13/19
Sana01.04.2023
Hajmi87.21 Kb.
#1318298
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
qqqqqqq

Bog‘lanuvchanlik - beton qorishmasining tashqi fizik-mexanik omillar ta’sirida qatlamlanmaslik xususiyatidir. Beton qorishmasining qatlamlanishi beton strukturasining buzilishiga va xossalarining yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Uni oshirish uchun tarkibini to‘g‘ri tanlash zarur. Beton tarkibida sement miqdorining ko‘p bo`lishi, suv miqdorining kamayishi qorishmaning qatlamlanishini keskin pasaytiradi.
Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi - uning tarkibidagi suvning miqdoriga bevosita bog`liq bo`ladi. Beton qorishmasiga qo‘shilgan suv sement gidratatsiyasi va to`ldirgichlar yuzasini ho`llash uchun sarf bo`ladi. Beton qorishmasini qorish, jarayonlami hisobga olib, suv miqdori ko‘paytiriladi. Mayda va yirik to`ldirgichlar miqdori muayyan mutanosiblikda belgilanmasa, beton qorishmasining suvga bo`lgan talabi oshib ketadi. Betonning asosiy xossalari o‘zgarmas bo`lishi uchun suvsement nisbati ham o‘zgarmas bo`lishi kerak.


Beton markalari va klasslari.Beton va temirbeton konstruksiyalami loyihalashda betonga mustahkamlik, sovuqqa chidamlilik va suv o‘tkazmaslik ko‘rsatkichlari bo'yicha klasslar (markalar) belgilanadi. Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha loyiha markasi kub shaklidagi etalon namunalarining o ‘qi bo‘yicha siqilishdagi qarshiligiga (kgs/sm) nisbatan belgilanadi. Betonning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha loyiha markasi prizma shaklidagi maxsus namunalarni o‘qi bo‘yicha cho‘zilishdagi qarshiligiga (kgs/sm) nisbatan belgilanadi. Ushbu marka betonning cho‘zilishdagi qarshiligi asosiy ahamiyatga ega bo‘lganda belgilanadi.
Betonning sovuqqa chidamlilik bo‘yicha loyiha markasi namunalarni sovuqqa chidamlilik sinovlari natijalari bo‘yicha belgilanadi, betonga ko‘p marta muzlash va erish ta’sir etishi mumkin bo‘lgan hollarda belgilanadi. Betonning suv o ‘tkazmaslik bo‘yicha loyiha markasi namunalarni bir tomonlama gidrostatik bosimda (kgs/sm) suv o ‘tkazmaslik standart sinovlar natijalari bilan belgilanadi va beton markalari betonga zichlik hamda suv o‘tkazmaslik bo‘yicha maxsus talablar qo‘yilganda belgilanadi.
Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 28 sutkada, texnik shartlarda ko‘rsatiIgan muddatlarda aniqlanadi.
Namunalar 24 soat usti namlangan mato bilan yopilgan qoliplarda, keyin (qolipdan yechilgan) maxsus kamerada nisbiy namlik 95-100 foiz va harorat 20±2°S normal sharoitda 28 sutka saqlanadi. Sinaladigan namunalar o‘lchamlari yirik to‘ldirgichning fraksiyasiga bog`liq bo‘ladi.
Betonning loyihadagi kafolatlangan markasini uning mustahkamligini me’yorlash ko‘rsatkichi vositasida belgilash mumkin. Beton klassi aynan shunday ko‘rsatkich vazifasini o‘taydi.
Beton sinfi 0,95 koeffitsiyent bilan kafolatlangan betonning birorbir xossasini belgilaydigan ko‘rsatkichdir.
Betonning muayyan xossasi klass bo‘yicha 100 dan 95 holatda kafolatlanishini va faqat 5 holatdagina chekinish bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Betonlar quyidagi klasslarga bo‘linadi: Bl; Bl,5; B2; B2,5; B3,5; B5; B7,5; B10; В 12,5; В 15; B20; B25; B30; B40; B45; B50; B55; B60.
Betonning klasslari va mustahkamlik bo‘yicha markalari nisbati, normativ variatsiya koeffitsiyenti B=13,5 bo‘lsa, R = B/0.778 bo‘ladi, masalan, B10 klassdagi betonning siqilishidagi mustahkamligi R(i =12,85 MPa. Beton mustahkamligining variatsiya koeffitsiyenti alohida namunalar mustahkamliklarini o‘rtacha mustahkamlikka, o‘rtacha kvadrat chekinishlarini o‘rtacha mustahkamlikka bo‘lgan nisbati bilan o`lchanadigan kattalik bo‘lib, oddiy betonlar uchun В = 3,5%deb qabul qilinishi mumkin. Umuman, variatsiya koeffitsiyenti 20 %dan oshmasligi shart.

Download 87.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling