I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari


Yengil va temirbeton konstruksiylari umumiy xossalari


Download 87.21 Kb.
bet16/19
Sana01.04.2023
Hajmi87.21 Kb.
#1318298
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
qqqqqqq

2.3.Yengil va temirbeton konstruksiylari umumiy xossalari.
Yengil beton komponentlari. Yengil betonlar tayyorlashda bog‘lovchi sifatida oddiy va tez qotuvchan shlakli hamda boshqa turdagi sementlar ishlatiladi. To‘ldirgich sifatida tabiiy va sun’iy g‘ovak toshlar issiqlik izolatsiyalovchi betonlar olishda organik to‘ldirgichlar ham ishlatiladi. Organik to‘ldirgichlar yog‘och, g ‘o ‘za, kanop poyasi kabi o‘simliklar chiqindilari va penopolistirol, penopoliuretan kabi polimer moddalar asosida tayyorlanadi.
Noorganik yengil to`ldirgichlar. Tabiiy yengil to`ldirgichlar - pemza, vulkanik tuf, chig‘anoqli ohaktosh va boshqa yengil tabiiy toshlami maydalab olinadi. Sun’iy yengil to`ldirgichlar ikki xil usulda tayyorlanadi: 1) mineral xomashyolami maxsus texnologiya asosida termik ishlov berib; 2) yoqilg`i shlaklari va fculi, metallurgiya shlaklari va shu kabilami qayta ishlab (granula holatida)
Yengil betonlar tayyorlashda keramzit, agloporit bilan birgalikda ko‘p-chitilgan perlit, vermikulit, shungizit va shu kabilar ishlatiladi. Ko‘pchitilgan perlit tarkibida kimyoviy bog`langan suv bo`lgan shishasimon vulkanik jinslarni 95.0-1200°S haroratda pishirib olinadi, hajmi 10-20 marta ortadi.
Vermikulit tarkibida suv bo`lgan sludalar kuydirib olinadi. U boshqa g‘ovak to`ldirgichlardan qatlam-qatlam tuzilishi bilan farqlanadi. Shungizit slanesli shungit jinslarini kuydirib olinadi. Shungizit yuqori mustahkam va suvli muhitlarga chidamlidir.
Donador metallurgik va shlaki maxsus granulyatorlarda dona 5-7 mm. (10 mm.) yiriklikda olinadi. Shlakli pemza metallurgiva shlaklarini tezlikda sovitish natijasida ko‘pchitib olinadi, maydalanadi va elanadi, olingan g‘ovak shlak mayda hamda yirik to`ldirgich sifatida ishlatiladi. G‘ovak mayda to`ldirgich mayda qum - 1,2mm va yirik qum - 1,2-5 mm. gacha. Ular 5-10, 10-20, 20-40 mm. fraksiyalarda bo`ladi.
G‘ovak to`ldirgichlar asosida beton tayyorlanganda, sement toshi miqdori kam bo`lishi zarur, aks holda mahsulot og`irlashadi va issiqlik izolyatsiyasi xususiyati pasayadi.
G‘ovak to`ldirgichlar qum holatdagi to‘kma zichligiga (kg/ m) ko‘ra quyidagi markalarda bo`ladi: 250, 300, 350, 400, 500, 600, 800, 1000 va 1200. G‘ovak yirik to`ldirgich (chaqiqtosh, shag‘al) mustahkamligi (kgs/ sm) po`lat silindrda ezish usulida aniqlanganda 5 dan kam boMmasligi va 25-200 bo`lishi kerak. G‘ovak to`ldirgichlaming issiqlik-fizik gigiyena xossalari standart usullarda aniqlanadi. Ular tarkibidagi kislota qoldiqlari, tuzlar, loy va changsimon aralashmalar, radioaktiv moddalar miqdori standart me’yoridan yuqori bo`lmasligi shart.

Download 87.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling