I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari
Download 87.21 Kb.
|
qqqqqqq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chaqiqtosh vulkanik
Yirik to‘ldirgich. Oddiy og‘ir beton tayyorlashda yirik to‘ldirgich sifatida shag‘al va chaqiqtoshlar ishlatiladi. Yirik to‘ldirgich 5-70 mm fraksiyada bo‘ladi. Massiv monolit inshootlar qurilishida beton qorishmasiga 150 mm. yiriklikkacha to‘ldirgich kiritiladi. Shag‘al tarkibi tosh va qisman qumdan iborat boMib, chang, tuproq, sluda va organik chirindilar aralashgan bo‘ladi. Shag‘al donalari oval, yapaloq shaklda boMib, yuzasi tekis bo‘ladi. Tog‘ shag‘alining yuzasi g‘adir-budur bo‘ladi. Daryo, dengiz shag‘ali tog‘ shag‘aliga nisbatan tozaroq bo`ladi.
Chaqiqtosh vulkanik - metamorfik va suv muhitiga chidamli zich cho‘-kindi tog‘ jinslarni maydalab tayyorlanadi. Chaqiqtosh serqirra va yuzasi g‘adir-budur boMishi sement toshi bilan yaxshi tishlashishini ta’minlaydi. Shuning uchun yuqori markadagi betonlar tayyorlashda chaqiqtosh ishlati-ladi. Chaqiqtosh tarkibida tuproq, chang va organik aralashmalar kam bo‘ladi. Yirik to`ldirgich sifati mineral tarkibi, tog‘jinslarining mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi, donador tarkibi, donalaming shakli, mineral va organik zararli aralashmalaming miqdori bilan belgilanadi. Yirik to`ldirgich jinsining suv shimgandagi mustahkamligi beton mustahkamligiga nisbatan 1,5-2 marta katta bo‘lishi kerak. Betonning zichligi, mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi yirik to`ldirgichning donador tarkibiga bevosita bogliq. Yirik to‘ldirgich donalarining uzluksiz fraksiyalarda bo‘lishi sementni tejaydi. Yirik to`ldirgich 5-10, 10-20, 20—40 va 40-70 mm. fraksiyalarda bo`ladi. Beton tayyorlashda muayyan fraksiyarlami ishlatish konstruksiyaning o`lchamlari, armaturalar orasidagi masofalar bilan belgilanadi. Temirbeton to‘sinlar, kolonnalar, ramalar va shu kabilami tayyorlashda yirik to`ldirgich donasining katta tomoni o`lchami armatura sterjenlari orasidagi masofaning 3/4 qismidan kichik bo`lishi shart, qavatlararo va tom yopma plitalari uchun esa plita qalinligining 1/2 qismidan kam bo‘lishi kerak. Temirbeton buyumlar tayyorlashda, odatda, 5-10 va 10-20 mm. to`ldirgichlar 2:3 nisbatda aralashtirib ishlatiladi. Konstruksiyalar yiriklashgan sari yirik to`ldirgich fraksiyalari ham ortib boradi. Chaqiqtosh donalari shakli bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: kubsimon, saralangan va oddiy. Tuxumsimon va sharsimon shakldagi chaqiqtoshlami ishlatish maqsadga muvofiq. Ular tarkibida plastinasimon (cho‘zinchoq) va ignasimon shakldagi donalar 15; 25 va 35 foiz (massa bo‘yicha) mutanosiblikda bo‘lishi mumkin. Yirik to‘ldirgichning oraliq bo‘shlig‘i 45 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Uning tarkibida yumshoq va yemirilgan donalar 10 foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak; sovuqqa chidamliligi F 15, F 25. F 50, F 100, F 150, F 200 va F 300. Suvning qisman to`ldiruvchilar uchun sarf bo‘lishi beton tayyorlash texnologiyasida hisobga olinishi shart. Download 87.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling